Kompyuter grafikasi. Asosiy tushunchalar

Kompyuter grafikasi. Asosiy tushunchalar

O'quvchilarga / Informatika va AT
Kompyuter grafikasi. Asosiy tushunchalar - rasmi

Material tavsifi

Kompyuter grafikasi. Asosiy tushunchalar Reja: 1. Tasvirlarni yaratish va taxrirlash. 2. Tasvirlarni yaratish va taxrirlash. 3. Elektron jadvallar. boshlang'ich tushunchalar. 4. Ishchi kitoblar bilan ishlash . Gafika so'zining lugaviy manosi bo'yoqsiz, faqat chiziqlar bilan rasm solish san'ati va shunday rasmlarning o'zidir. Ammo kompyuter grafikasi ranglarning xamma jilosidan (16,5 milliontagacha turli ranglar) foydalanib chizilgan rasm, grafik va tasvirlarni hosil qilish, yaratish vositalarini anglatadi. Kompyuter grafikasi programmalarini rastrli, vektorli va fraktal grafiklarga ajratiladi. Elektron va multimedia nashrlarini tayyorlashda rastr grafikasidan foydalanishadi. . Nuqta- rastr grafikasining asosiy elementidir. Ekrandagi nuqtani piksel deyiladi Operatsion tizim va ekranning xal qilish imkoniyatiga qarab ekranga 640x480, 800x600, 1024x768 va undan ko'p pikselli tasvirlar joylashishi mumkin. Tasvirni o'lchamlari uni xal qilish imkoniyati bilan boglanadi. Tasvirni xal qilish imkoniyati deb bir dyuym(25,4mm) ga joylashgan piksellar soniga aytiladi. Tasvirni xal qilish imkoniyatining birligi dpi (dots per inch) deb nomlanadi. Demak dpi bir dyuymga joylashgan piksellar soni ekan. Fazoda nuqta 3 ta (x,y,z) koordinatalar bilan aniqlanadi. Demak, har bir piksel haqidagi to'liq ma'lumotni saqlash uchun uch o'lchovli massivning bir elementi mos kelishi kerak. Agar monitor diagonali 15 dyuym bo'lsa tasvirni ekrandagi o'lchami taxminan 28x21sm maydonni egallaydi. Monitor 800x600 pikselli usulda ishlaganda tasvirni xal qilish imkoniyati 72 dpi bo'ladi. O'lchami 10x15 sm bo'lgan foto-suratda taxminan 100x1500 piksel bo'ladi. Demak, fotosurat 1,5 million nuqtadan tashkil topadi. U rangli bo'lsa, har bir nuqta rangini berish uchun 3 bayt xotira sarflansa bu surat uchun 4 Mbayt xotira kerak bo'ladi. Rastrli tasvirni saqlash uchun katta xajmdagi xotira talab qilinishi rastrli grafikaning asosiy kamchiligidir. Bundan tashqari rastrli tasvirni masshtabini kattalashtirilganda rasmning ko'rinishi yomonlashadi. Bu hodisaga pikselizatsiya effekti deyiladi. Rastrli grafikani bu ikki kamchiligi undan foydalanishni chegaralab turadi. hozircha Internet tarmogida tasvirlarni uza-tishni faqat rastrli grafikasi turi qo'llanilmoqda. Rastrli grafikani ko'proq mavjud tasvirlarni qayta ishlash uchun foydalaniladi. Vektorli grafika ko'proq rasmlarni yaratish uchun qo'lla-niladi. Bunday vositalar taxririyat va nashriyotlarda, dizay-nerlik byurolarida, reklama bo'limlarida keng qo'llanilmoqda. Chiziq vektorli grafikaning asosiy tushunchasidir. Chiziq - bu vektorli grafikaning elmentar obyektidir. Vektorli tasvirdagi xamma narsa chiziqdan tashkil topadi. Murakkabroq obyektlar sodda obyektlarni bog'lanishidan hosil qilinadi. Masalan, to'gri to'rtburchakni to'rtta boglangan chiziqdan, kub yoki 12 ta boglangan chiziq yoki 6 ta boglangan to'rtburchakdan hosil qilinishi mumkin. Masalani echilishi qanday obyektni tasvirlashga bog'liq bo'lganligi uchun Vektorli grafikani obyektga yo'naltirilgan deyiladi. Vektorli grafikada obyektlarning parametrlarigina xotirada saqlanadi. Shuning uchun katta xotira kerak bo'lmaydi. Ammo bu usulda ham tasvirlar ekranda nuqtalar yordamida beriladi. Tasvirdagi nuqtalarning koordinatalari berilgan formula yordamida hisoblanadi. Shu sababli vektorli grafikani hisoblanadigan grafika ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 81.41 KB
Ko'rishlar soni 96 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:53 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 81.41 KB
Ko'rishlar soni 96 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga