KIRISh Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so'ng malakali mutaxassislar tayyorlashga katta etibor berib kelinmoqda. yuqori malakali mutaxassis kadrlar tayyorlash bevosita ta'lim muassalarining moddiy-texnika va axborot bazasini mustahkamlash, yuqori sifatli o'quv adabiyotlar, darsliklar, elektron o'quv qo'llanmalar va ma'ruza matnlarini yaratish, elektron kutubxonalar tashkil etish bilan bog'liqdir. Keyingi yillarda Respublikamizda kompyuter va informatsion texnologiyalarini rivojlantirish borasida bir necha chora tadbirlar ishlab chiqilmoqda. Jumladan Respublikamiz maktablari, o'quv yurtlari va muassasalarini kompyuterlashtirish keng yo'lga qo'yilmoqda. Biroq davlat tilida yozilgan va informatika asoslariga doir adabiyotlar etarli emas. Bu muammo, mavjud kompyuterlardan samarali foydalanishda, informatikaga va kompyuter grafikasiga oid bilimlarni keng omma orasida yoyishda qiyinchiliklar tug'diradi. Shuni nazarda tutib, kompyuter grafikasi bilan ish boshlovchilar uchun etarli ma'lumotlarni o'z ichiga olgan ushbu qo'llanma foydalanuvchilar ehtiyojini malum darajada qondiradi. Tajriba shuni ko'rsatadiki, kompyuter grafikasi bilan ishlashni o'rganishni boshlagan foydalanuvchilar ShEHM qurilmalarining tuzilishi bilan tanishmasdan turib o'z bilimlarini mustaqil chuqirlashtira olmaydilar. Kompyuter grafikasi geometrik jismlar, shakl va tamoillarning matematik modellari hamda ularni namoyish etish usullari to'g'risidagi fan sifati qaralishi mumkin. Kompyuter tasvirlariga bo'lgan qiziqish ularda juda katta hajmdagi ma'lumotlar saqlanishi bilan izohlanadi: tasvirlarni yaqqol namoyish etish imkoniyati mavjud bo'lib, ularni tashkil etish uchun axborot texnologiyalari sohasida maxsus bilimlar talab qilinmaydi. Kompyuter grafikasi dastlab kesmalar yordamida chizish, ko'rinmas chiziqlarni o'chirish, murakkab sirtlarni akslantirish usullari, soyalarni shakllantirish, yoritilganlikni hisobga olish tamoillari sifatida mustaqil yo'nalish bo'lib paydo bo'lgan. Bu yo'nalish vektorli grafikani rivojlantirishga xizmat qildi. Keyinchalik uch uljovli (3D) grafika yo'nalishi paydo bo'ldi. Hozirgi kunda kompyuter grafikasining qo'llanish sohalari ancha kengaydi, yani uni keng tadbiq qilish imkoniyatlari paydo bo'ldi. Natijada kompyuter grafikasi faoliyati dasturlash va kompyuter texnikasi bilan bog'liq bo'lmagan mutaxassislarning ish vositasiga aylandi. Kompyuter grafikasining yangi yo'nalishlaridan biri haqiqiy tasvirlarni shakllantirishning uslub va tamoillarini ishlab chiqishga bag'ishlanadi. Kompyuter grafikasi ilm va fanning barcha sohalarida, ayniqsa iqtisodiy ko'rsatgichlarni tahlil qilishda muvaffaqiyatli qo'llanishi mumkin. Kompyuter grafikasi informatika sohasida o'rganiladigan ko'pgina fanlar o'quv rejalarining ajralmas qismi bo'lib hisoblanadi. Hozirgi davrda kompyuter grafikasi quyidagi: Informatika, informatsion texnologiyalar Informatika va dasturlash Iqtisodiyotda informatsion texnologiyalar va tizimlar Interaktiv dizayn Kompyuter tarmoqlari Internet asoslari va E-mail (elektron pochta) va boshqa kurslarning predmeti va tarkibiy qismi hisoblanadi. Berilgan ma'lumotlarni tahlil qilishda, olingan natijalarni ko'rgazmali tarzda ko'rsatish va taqdimot (prezentatsiya) uchun materiallar tayyorlashda, tasvirlarni qayta ishlashda, yangi murakkab kompozitsiyalar yaratishda zamonaviy kompyuter grafikasi keng qo'llaniladi. Kompyuter grafikasi kursining vazifasi quyidagilardan iborat: o'quvchilarga hozirgi zamon kompyuter grafikasi bo'yicha nazariy va amaliy bilim ko'nikmasini hosil qilish; foydalanuvchilarning hozirgi zamon kompyuter grafikasi vositalari va ularni ishlatilishini o'zlashtirishlariga erishish; kompyuter grafikasining texnologik tuzilishini va har xil ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:44:12
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
118.75 KB
Ko'rishlar soni
95 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:54
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:44 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
118.75 KB
Ko'rishlar soni
95 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:54 ]
Arxiv ichida: doc