Kompyuter lingafon sinflari, turlari va ularda ishlash usullari

Kompyuter lingafon sinflari, turlari va ularda ishlash usullari

O'quvchilarga / Informatika va AT
Kompyuter lingafon sinflari, turlari va ularda ishlash usullari - rasmi

Material tavsifi

Kompyuter lingafon sinflari, turlari va ularda ishlash usullari Reja: Kompyuter lingafon sinflari chet tilini o'rgatishning asosiy texnik vositasi sifatida. Zamonaviy kompyuter lingafon sinflari turlari. Kompyuter lingafon sinflarida qo'llanaladigan dasturiy vositalar. Kompyuter lingafon sinflarida bajariladigan mashg'ulotlar turlari va ularni boshqarish usullari. Tayanch so'z va iboralar: kompyuter lingafon sinfi, iSpring Sute paketi dasturlari, audio va video yozuvchi va namoyish etuvchi dasturlar: Bandicam, Comtasiya studio, Snagit, Listining darslari uchun Sound Forge dasturi. Sankt-Peterburgdagi Nord-LK kompaniyasi turli rusumdagi lingafon kabinetlarni va ular uchun dasturiy ta'minotni, Nord-masterni yaratdi.Bu dasturiy ta'minot turli lingafon kabinetlari turlarida o'z ishini ko'rsatmoqda. Nord-LK kompaniyasi turli rusumdagi lingafon sinflarini taqdim etadi. Eng avvalo bu ixtiyoriy rusumdagi multimediali sinflar: multimediali lingafon kabinetlar. Ixtiyoriy darajadagi multimediali sinflarga: multimediali kabinetlar, lingafon raqamli kabinetlar, multimediali elementli lingafon kabinetlar kiradi. Endi ularning har birining ishlash prinsipini ko'rib chiqamiz. Buning uchun multimedia elementli lingafon kabinetini ko'rib chiqamiz. U o'ziga hos o'qivchi joyidan va o'rganuvchilar joylaridan iborat.Ular jihozlangan. O'rganuvchi talabalarga o'quv joylarida talafuzni eshitish uchun moslamalar o'rnatilgan. O'qituvchining ish joyida videoproyektor, o'qituvchining pulti, analogli audioproigrovatel kabi uskunalar joylashgan. O'qituvchining ishchi joyi quyidagicha: O'qituvchining ishchi stolida proyektor, kompyuter, maxsus lingafon qurilma hamda audio-video axborotni akslantirish vositalari interaktiv doska, proyektor yoki ekran bilan ulanadi. Multimedia elementli lingafon kabineti Nord kompaniyasining lingafon kabinetlarining eng sodda ko'rinishlaridan biri. Uning yordamida dars jarayonida o'qituvchi talabalar bilan be'malol aloqada bo'lishi mumkin, suhbatlashishi va o'quvchisini eshitishi hamda teskari aloqani o'rnatish mumkindir. Talaba ham o'qituvchisi bilan ulanishi, suhbatlashishi mumkin bo'ladi. Talabaning ishchi joyida: Integrallshtirilgan boshqaruv pulti orqali talabalar sozlarning talafuzini o'rganishlari mumkin, buning uchun ularga maxsus oynali kabinalar yasalgan bo'lib, ular u yerda yozish va eshitish talaffuz qilish ko'nikmalarini o'rganishadi. O'qituvchi bilan bog'lanishlari mumkin bo'ladi. Boshqaruv pulti orqali talablar kollektiv yozma ish yozishlari hamda listening darslarini o'tishlari va bu orqali ko'nikmalarni hosil qilishlari mumkin. Lingafon kabinetni boshqarish o'qituvchi kompyuteridan amalga oshirildi. Kompyuterda o'qituvchi sinf sxemasini ko'radi, undagi kompyuterlarning sxematik joylashuvi haqiqatda joylashgani bilan bir hil. O'ng tomonda materiallarni tarqatish va dialog bo'limlari mavjud. Ekranning o'ng tomonida topshiriqlar hamda materiallar va dialoglar bo'limlari joylashgan. Pastda esa nazorat knopkalari joylashgan. Dasturning nazorati, mikrafon, konfernsiya, tashqi dinamiklar, jurnal va boshqa tugmalar joylashgan. Materiallar bo'limida o'qituvchi material sifatida videoni qo'yishi mumkin, bunda u materialni to'htatib turishi, oldinga yoki orqaga aylantirishi va talabalar diqqatini jalb qilib turishi mumkin. Talabalar uchun uchta turli hil topshiriqlarni yuklash imkoniyati mavjud. O'qituvchi kompyuteridan materialni yuklash, boshqa manbadan yuklash, internetdan yoki Windows Mediya player orqali ham materialni translyatsiya qilish mumkin. O'qituvchi talabani nazorat qilib turishi va ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 877.43 KB
Ko'rishlar soni 128 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:54 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 877.43 KB
Ko'rishlar soni 128 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga