O'zbekiston RespublikaSI Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy Universitet O'zbek filologiyasi fakulteti O'zbek tili yo'nalishi Qabul qildi: Tosheva D. Topshirdi: Yunusova R. MUSTAQIL ISH Toshkent - 2014 yil. Ko'pchilikning fikricha, fan shu kun tashvishlari bilan yashaydi. Shu kun talablari bilan yaratiladi, shu kunda tatbiq qilinadi va samara beradi. Aslida, fan ko'proq ertangi kunga qaratiladi (10, 20, hattoki 50 yillarni nazarda tutadi). Demak, fanning asosiy vazifasi mavjud holatni tanqid qilish, yangi bosqichga ko'tarish, yangi yo'nalishlar ochish, ertangi kun imkoniyatlari va talablariga mos ravishda rivojlantirishdir.Insoniyat bugungi kun holati, bugungi kun ko'nikmalari, bugungi kun imkoniyatlari, iqtisodiyoti va siyosati bilan cheklanmasligi kerak. Ayniqsa, talabalar (5, 10, 20 yildan keyin jamiyatda o'zini ko'rsatadigan mutaxassislar) uchun yuqorida aytilgan fikr muhim. Olimlar zimmasida yangiliklarga nafaqat mutaxassislarni, balki keng ommani, ishbilarmonlar, homiylar, ayniqsa, yuqori lavozimdagi rahbarlarni tayyorlash vazifasi turadi. Kompyuter lingvistikasi Kompyuter lingvistikasi fani, an'anaviy lingvistikadan farq¬li o'laroq, bugungi kundan tashqari, ertangi kunga ham qaratilgan. Albatta, fanning ikkinchi katta tomoni lingvistik muammolarni yechishda kompyuterdan unumli foydalanishdir. XXI asrda insoniyat faoliyatining juda katta qismi axborot (oldingi zamonlardagidek faqat moddiy boyliklar: yer, qazilma boyliklar emas) bilan bog'liq, axborotni uzatish, yig'ish, qayta ishlash katta ahamiyatga ega bo'lib qoldi. Dunyodagi eng badavlat inson Bill Geyts (Misrosoft kompaniyasi bosh direktori): «Axborotga ega bo'lish hamma narsaga ega bo'lishdir», - deb bejiz aytmagan. Biz axborot ummonida yashayapmiz. «O'zini hurmat qilgan XXI asr insoni» axborotni bilishi, undan foydalana olishi kerak.Axborot (geografiya, tarix, siyosat, iqtisodiyot, huquqshunoslik, madaniyat, biznes) tarmoqlar shunchalik kengayib ketganki, ular bilan faqat kompyuter vositasida ishlashingiz mumkin. Axborot asosan tasvir, ovoz yoki matn ko'rinishida bo'ladi. Demak, xilma-xil. Shunga qaramay, uni yagona tilda - matematika tilida (kompyuter tilida) bayon qilish, saqlash, uzatish va kompyuterda ishlash mumkin. Inson fikrlash va fikrini og'zaki yoki yozma ravishda chiroyli bayon qila bilishi juda katta ahamiyatga ega ekani hammaga ma'lum. Fikrni bayon qilish u yoki bu til orqali amalga oshirilishini hisobga olsak, tilning roli qay darajada kattaligini tushunamiz. Tilni o'rganish, tilga o'rgatish, boshqa tillar bilan qiyoslash masalalarining samaradorligini oshirish tilshunoslik (lingvistika) fanining asosiy vazifalaridandir. Jadal rivojlanayotgan fan-texnika davrida juda katta hajmdagi axborot ustida tezlik bilan ishlashga to'g'ri keladi. Bu jarayonni boshqarishda inson imkoniyatlari (xotira, tezlik) chegaralangan. Samaradorlikni oshirishning yagona yo'li kompyuterdan foydalanishdir. Bu, o'z navbatida, hamma sohalarning kompyuterda ishlashga moslashtirilgan ko'rinishlarini yaratishni taqozo etadi. Kompyuter meditsinasi, kompyuter iqtisodiyoti, kompyuter huquqshunosligi qatorida tilshunoslikda ham kompyuter lingvistikasi yo'nalishining paydo bo'lgani tabiiy hol. O'zbek kompyuter lingvistikasini yaratish oldimizda turgan dolzarb masaladir. Bu o'zbek tilini kompyuterga olib kirish, ya'ni ona ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:44:12
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.31 MB
Ko'rishlar soni
85 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:54
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:44 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.31 MB
Ko'rishlar soni
85 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:54 ]
Arxiv ichida: pptx