Kompyuter ta'minoti va uning turlari Reja: 1. Kompyuter avlodlari va ularning klassifikasiyasi 2. Kompyuterning arxitekturasi va ishlash prinsiplari 3. Shaxsiy kompyuterlarning ta'minoti va uning turlari 4. Kompyuterning asosiy va atrof qurilmalari va ularning xarakteristikalari 5.Kanalli va shinali sistemotexnika 6. Mikroprosessor va kompyuter xotirasi, uzishlar tizimi Kompyuter avlodlari va ularning klassifikasiyasi, kompyuterning arxitekturasi va ishlash prinsiplari, shaxsiy kompyuterlarning ta'minoti va uning turlari, kompyuterning asosiy va atrof qurilmalari va ularning xarakteristikalari, kanalli va shinali sistemotexnika, mikroprosessor va kompyuter xotirasi, uzishlar tizimi haqidagi bilimlar va tushunchalar bilan tanishtiriladi. 1. Kompyuter avlodlari va ularning klassifikasiyasi Jamiyatga kompyuter texnikasi jadallik bilan kirib keldi va kelmoqda. Kompyuter texnikasi ish yuritish, yangi hujjatlar va har xil axborotlarni tez va sifatli tayyorlash va tahlil qilish, almashish, murakkab hisob kitoblarni bajarish, ishlab chiqarish jarayonini ba'zi bir qismlarini avtomatlashtirishni osonlashtiradi. Yaqin kelajakda kompyutersiz hayotni tasavvur qilib bo'lmaydi. Shuning uchun kompyuter bo'yicha bilimlar juda kerak bo'ladi. 1930-yilda amerikalik olim Vannevar Bush tomonidan kompyuterning katta elektromexanik analogi - differensial analizatori yaratilgan unda ma'lumotlarni saqlash uchun elektron lampalar qo'llanilgan. 1941- yilda nemis injeneri Z3 nomli birinchi bo'lib dasturlarda ishlovchi hisoblash mashinani yaratdi. 1943- yilda Buyuk Britaniya maxfiy laboratoriyalarida Alan Tyuring boshchiligida elektron lampalarda ishlovchi Koloss nomli birinchi EHM yaratildi. 1944- yilda AQSHning harbiylari uchun amerikalik injener Govard Eyken elektromexanik rele asosida og'irligi 35 tonnali EHM yaratdi. Bu mashina MARK-1 deb nomlangan edi. Lekin uning tezligi zamon talablariga javob bermas edi. 1946- yilda amerikalik olimlar Djon Mochli va Prespera Ekerta birinchi universal to'liq elektron hisoblash mashinani yaratdilar. Ushbu mashina elektron lampalar asosida ishlaydigan ENIAC nomini olgan. 1947-yilda BELL laboratoriya xodimlari V. Shokli, J. Bardini va V. Berteyn tomonidan birinchi tranzistor kashf etildi. 1948-yildan esa elektron lampalar o'rniga kashf etilgan tranzistorlar qo'llana boshlandi. 1949-yilda Djey Forrester tomonidan magnitli xotira uskunalari yaratildi va shu yilda Kembridj universitetida birinchi xotiraga ega EHM - EDSAC nomli EHM yaratildi. 1959 -yilda Robert Noys (INTEL firmasini yaratgan shaxs) bitta plastinada bir nechta tranzistorlarni joylashtirib integral sxemalarni yaratgan. 1968- yilda Burroughs firma tomonidan integral sxemalarda ishlaydigan birinchi kompyuterni ishlab chiqardi. Amerikalik injiner Duglas Endjelbart hozirgi sichqoncha qurilma vazifasini bajaruvchi uskunani 1968- yilda yaratdi. 1970-yildan boshlab INTEL firmasi xotiraning integral sxemalarini chiqara boshladi. Marshian Edvard Xoff mikroprotsessorni kashf etgan (bitta kremniy chipda bir nechta integral sxemalarni joylashtirdi). 1973-yildan EHM yangi variantlari, shaxsiy kompyuterlar yaratila boshlandi. Shu yilda Fransiyadagi TRUONG TRONG TI firmasi tomonidan birinchi shaxsiy kompyuter (ShK) yaratildi. 1973-yilda dunyoga taniqli XEROX firmasi tomonidan Alto nomli ShK yaratilgan. Ushbu kompyuterda birinchi bo'lib ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:44:12
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
178.12 KB
Ko'rishlar soni
94 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:54
Arxiv ichida: docx
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:44 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
178.12 KB
Ko'rishlar soni
94 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:54 ]
Arxiv ichida: docx