Kompyuter tarmoqlari - dasturiy, yuklanuvchi, makro va tarmoq viruslari

Kompyuter tarmoqlari - dasturiy, yuklanuvchi, makro va tarmoq viruslari

O'quvchilarga / Informatika va AT
Kompyuter tarmoqlari - dasturiy, yuklanuvchi, makro va tarmoq viruslari - rasmi

Material tavsifi

Kompyuter tarmoqlari: dasturiy, yuklanuvchi, makro va tarmoq viruslari Reja: Kirish Lokal va global kompyuter tarmog'i Virus dasturlar haqida tushuncha Dasturiy, yuklanuvchi,makro va tarmoq viruslari Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish Ushbu mustaqil ishni yozar ekanman, Komyuter tarmoqlarining rivojlanishi virus dasturlar rivojlanishining tezlashishiga olib kelgani aytib o'tmoqchiman. Ayniqsa global tarmoqlarning ommalashishi virusli dasturlarning ko'payishiga sabab bo'la boshladi. Shu sababdan ushbu mustaqil ishimda viruslar haqida mulohaza olib borishdan avval tarmoqlar haqida tushunchalar bermoqchiman. Tarmoqlar - bu tezda murojaat qilsa bo'ladigan ma'lumotning cheksiz olamidir. Firmani samarali boshqarish tijorat va moliya bozorlarining holatini uzluksiz kuzatmasdan va o'zining filiali va xodimlari faoliyatini tezkor o'zaro muvofiqlashtirmasdan iloji yo'qdir. Aytilgan jarayonlarni amalga oshirish, ko'pincha bir-biridan hudud jihatdan uzoqlashgan ko'p sonli turli xil mutaxassislarning boshqarishda birgalikda qatnashishini talab еtadi. Bunday vaziyatda bu mutaxassislarning samarali o'zaro harakatlanish tizimini tashkil еtishning markazita taqsimlangan axborot-hisoblash tizimlari quyilishi kerak. Ma'lumotlarni taqsimlangan qayta ishlash - hududiy jihatdan taqsimlangan tizim ko'rinishiga еga bo'lib, bir-biriga bog'liq bo'lmagan, lekin o'zaro bog'langan kompyuterlarda bajariladigan ma'lumotlarni qayta ishlashdir. Axborotni taqsimlangan qayta ishlash tizimining birinchi vakillari ma'lumotni teleqayta ishlash tizimlari va ko'p mashinali hisoblash tizimlari bo'lgan еdi. Ma'lumotlarni teleqayta ishlash tizimlari - bu axborot-hisoblash tizimi bo'lib, ularda, aloqa kanallari bo'yicha qayta ishlash markazita kelib tushuvchi qiymatlarni masofadan turib markazlashgan ravishda qayta ishlash bajariladi. Ko'p mashinali hisoblash tizimlari - bu bir nechta bir xil yoki mustaqil ravishda turli xil kompyuterlarni o'z ichiga olgan tizim bo'lib, unda kompyuterlar bir-biri bilan ma'lumotlarni almashish qurilmasi, xususan, aloqa kanallari bo'yicha bog'langan. Aloqa kanallari bo'yicha bog'langanda gap ma'lumot-hisoblash tarmoqlari ustida yuritiladi. Lokal kompyuter tarmog'i Hududiy taqsimlanishi jixatidan kompyuter tarmoqlarini uch guruhga ajratish mumkin. 1. Lokal tarmoqlar (LAN-Local Area Network), bir korxona, muassaning bir yoki bir nechta yaqin binolardagi ob'ektlarni boglaydi. Lokal tarmoqdagi kompyuterlar orasidagi masofa uncha katta emas, agar radiokanal aloqasidan foydalansa 20 kmni tashkil qiladi. Lokal tarmoqda kompyuterlarni birlashtiruvchi sim (kabel) sifatida qalin koaksil, ingichka koaksil, juft-juft qilib o'ralgan (toking Ring «vitaya para») optik to'qima (tola) simlari ishlatilishi mumkin. Kompyuter tarmog'i maxsus operatsion tizim boshqaruvida ishlaydi. Hozir ko'p ishlatilayotgan Windows-XP, 7 8 operatsion tizimlari tarkibida lokal tarmoqda ishlash imkonini beruvchi dasturlar mavjud. Lokal kompyuter tarmoqlari boshqa kompyuter tarmoqlari turlaridan quydagi xususiyatlari bilan farq qiladi: O'zining o'lchamlari ; Axborot almashish texnologiyasi bilan; Topologiyasi (tuzilishi) bilan Lokal kompyuter tarmog'ining o'lchamlari uncha katta bo'lmaganligi sababli, ular o'ziga xos dizayniga ega bo'lishi mumkin. Ko'p hollarda ular bitta kabeldan tashkil topgan axborot tashish texnologiyasiga ega bo'ladi. Lokal kompyuter tarmog'ining axborot uzatish tezligi 10 Mbsek dan 100 Mbsekgacha bo'ladi. Hozirgi kunda gigabit ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 29.89 KB
Ko'rishlar soni 100 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:54 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 29.89 KB
Ko'rishlar soni 100 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga