Kompyuter texnikasi asoslari

Kompyuter texnikasi asoslari

O'quvchilarga / Informatika va AT
Kompyuter texnikasi asoslari - rasmi

Material tavsifi

Kompyuter texnikasi asoslari Reja: 1. Komp'yuterning yuzaga kelishi Komp'yuterning rivojlanish bosqichlari Komp'yuter xonasiga bo'lgan sanitariya va gigiyenik talablar Foydalanuvchi va kompyuter orasidagi muloqotni to'g'ri tashkil etish Komp'yuterning tashkil etuvchilari Axborot o'lchov birliklari Xotira yacheykasi, portlar va registrlar Disklar va fayllar sistemasi Kiritish - chiqarish va aloqa qurilmalari Shinalar, kontrollerlar, sistemali va periferiya qurilmalari Tayanch iboralar: printer, skaner, plotter, sichqoncha, axborot o'lchov birliklari, bit, bayt, xotira yacheykasi, portlar, registr, disklar, fayllar sistemasi, fayllar joylashish jadvali, shina, controller, universal, analogli, integral sxemalar, yarim o'tkazgichli, optoelektronli, perfokarta, tezkor xotira, display, mantiqiy element. 1. KOMP'YUTERNING YUZAGA KELISHI Komp'yuter - inglizcha so'z bo'lib, u hisoblovchi demakdir. Garchand u hozirda faqat hisoblovchi bo'lmasdan, matnlar, tovush, video va boshqa ma'lumotlar ustida ham amallar bajaradi. Shunga qaramasdan hozirda uning eski nomi - komp'yuter saqlangan. Uning asosiy vazifasi turli ma'lumotlarni qayta ishlashdan iborat. Avallo shuni aytish lozimki, ko'pchilikning tushunchasida go'yoki biz kundalikda foydalanadigan faqat shaxsiy komp'yuter bor xolos. Bunga albatta sabablar ko'p. Shulardan biri hozirgi zamon shaxsiy komp'yuterlar ilgari universal deb hisoblangan komp'yuterlardan tezligi va xotira hajmi jihatidan ancha oshib ketganligida bo'lsa, ikkinchi tomondan ko'p masalalarni yechish uchun bu komp'yuterlar foydalanuvchilarni qanoatlantirishidadir. Hozirda komp'yuter termini ko'p uchrasada, shu bilan birga EHM (elektron hisoblash mashinalari), HM (hisoblash mashinalari) terminlari ham hayotda ko'p ishlatib turiladi. Ammo biz soddalik uchun faqat komp'yuter terminidan foydalanamiz. Komp'yuterlarning amalda turli xillari mavjud: raqamli, analogli (uzluksiz), raqamli-analogli, maxsuslashtirilgan. Ammo, raqamli komp'yuterlar foydalanilishi, bajaradigan amallarning universalligi, hisoblash amallarining aniqligi va boshqa ko'rsatkichlari yuqori bo'lgani uchun, ular ko'proq foydalanilmoqda. Amalda esa hozir rivojlangan mamlakatlarda komp'yuterlarning besh guruhi keng qo'llanilmoqda. 2. KOMP'YUTERNING RIVOJLANISH BOSQICHLARI Informatika fanini rivojlanishiga XX asrda yaratilgan EHMlar, komp'yuterlar sezilarli darajada ta'sir o'tkazdi. EHM - informatsiya bilan ishlash uchun universal texnik vosita. Uning hayotimizga kirib kelishi axborotlarni saqlash, ishlov berish va uzatish sohasida tub burilish yasadi. Bu burilish moddiy ishlab chiqarish sohasidagina emas, balki hayotning intellektual, ma'naviy sohasini ham qamrab oldi. EHM yaratilishi va elementli asoslaridan foydalanish bosqichlari bo'yicha shartli ravishda quyidagi avlodlarga bulinadi: 1-avlod, 1950 yillar. Elektron vakuum lampalarda ishlovchi EHMlar. 2-avlod, 1960 yillar. Diskret yarim o'tkazgichli asboblar, ya'ni tranzistorlarda ishlovchi EHMlar. 3-avlod, 1970 yillar. Kichik va o'ta yuqori darajada integratsiyasi bo'lgan yarim o'tkazgichli integral sxemalarda ishlovchi EHMlar. 4-avlod, 1980 yillar. Katta va o'ta katta integral sxemalar-mikroprotsessorlarda ishlovchi EHMlar. 5-avlod, 1990 yillar. Bilimlarni qayta ishlashning samarali tizimlarini ko'rishga imkon beruvchi, bir qancha o'nlab parallel ishlovchi mikroprotsessorlari bo'lgan EHMlar. 6-va undan keyingi avlodlar. Ommaviy parallelizm va neyron tuzilmali - neyronli biologik tizimlar tuzilishini modellashtiruvchi, uncha murakkab ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 32.18 KB
Ko'rishlar soni 87 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:56 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 32.18 KB
Ko'rishlar soni 87 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga