Kompyuter texnikasi vositalari

Kompyuter texnikasi vositalari

O'quvchilarga / Informatika va AT
Kompyuter texnikasi vositalari - rasmi

Material tavsifi

Kompyuter texnikasi vositalari Логотип 8-sinf Informatika va hisoblash texnikasi asoslari 3-mavzu Zamonaviy kompyuterlarni xotiraning qattiq disk (ing. HDD, Hard - qattiq, Disk - disk, Drive - dvigatel) deb ataluvchi turisiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Bu xotirani asosiy xotira qurilmasi deb ham atash mumkin. Bundan tashqari, shu kompyuter foydalanuvchilarining amaliy dastur, hujjat va boshqa turdagi ma'lumotlari ham shu diskda saqlanadi. Qattiq disklarga axborotni yozish va o'qish magnitlash asosida bo'lganligi uchun qattiq magnit disk deb ham atashadi. Birinchi vinchester 1973-yilda IBM firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan. Disk sirti nuqtalar majmui sifatida, nuqtalar esa, o'z navbatida, alohida bit sifatida ko'rilib, ularning har biriga 0 yoki 1 qiymat (magnitlangan yoki magnitlanmagan - magnit ekvivalenti deb ham yuritiladi) beriladi. Disk formatlanganda konsentrik aylanalar ko'rinishidagi yo'llarga ajratiladi hamda yo'llar sektorlarga bo'linadi. Sektor va yo'llar o'z tartib raqamlariga egadir. Axborot disk sektorlarining yo'llari bo'ylab yoziladi. Kompyuterga turli shakldagi axborotlarni kiritish yoki chiqarish uchun xizmat qiluvchi qurilmalar ma'lumotlarni kiritish-chiqarish qurilmalari deb yuritiladi. Eng asosiy ma'lumotlarni kiritish-chiqarish qurilmalari safiga monitor va klaviatura kiradi. Monitor kompyuterning ish jarayonida vujudga keladigan axborotlarning zarur qismini ekranda yoritib berishni ta'minlaydi. Monitor matn yoki grafik holatida ishlaydi. Magnit tasmalardan, odatda, zaxiraga nusxalash va katta hajmli axborotlarni (arxivda) saqlash uchun foydalaniladi. Magnit tasma sirti magnitlanuvchan maxsus qatlam bilan qoplangan. Egiluvchan magnit disklar - (yoki qisqacha disketlar) asosan, ikki xil bo'lib, himoya g'ilofi ichidagi egiluvchan doira shaklidagi plastinka - disk diametrlari bilan farqlanadi (3,5 dyumli - 89 mm, 5,25 dyumli - 133 mm). Optik disklar yuzasiga yupqa qatlam maxsus kimyoviy vosita sepilgan bo'lib, ularga axborot CD-ROM yoki DVD-ROM qurilmalari orqali yoziladi va o'qiladi. CD (ing. Compact - zich) kompakt disk, DVD (ing. Digital Versatile Disk) - raqamli universal disk deb o'qiladi. Hozirgi kunda axborotlarni tashish va saqlashning juda qulay vositalaridan biri bo'lgan USB-yig'uvchilardan flash-xotira va flashdisklar xizmat qilmoqda. Flash-xotiraning axborot sig'imi 16 Mbaytdan bir necha o'n Gbaytgacha bo'lgan turlari mavjud. Flash-xotira va flash-disklarning kun sayin axborot sig'imi kattalari ishlab chiqarilmoqda. Printer - ma'lumotlarni qog'ozga chiqarish qurilmasi. Printerlarning bosma turidan hozirgi kunda deyarli foydalanilmaydi. Hozirgi kunda printerlarning uch turi mavjud: bosma (matritsa-o'yma qolipli), purkovchi, lazerli. Plotter (grafyasagich) - chizmalarni qog'ozga chiqarish uchun xizmat qiluvchi qurilma. Qog'ozda tasvirlanadigan chizmalar tushlangan pero bilan hosil qilinadi. Skaner - fotosurat, grafik va matn shaklidagi axborotlarni kompyuterga kiritish uchun ishlatiladi. Web-kamera eng zamonaviy vositalardan biri bo'lib, ko'zchasi qamrovidagi harakatli video axborotlarni kompyuter xotirasiga o'tkazish uchun xizmat qiladi. Savol va topshiriqlar 1. Qattiq disklar haqida ma'lumot bering. 2. Tashqi xotiraning qanday turlarini bilasiz? 3. Optik ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.6 MB
Ko'rishlar soni 85 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:56 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.6 MB
Ko'rishlar soni 85 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga