Kompyuter texnologiyalari

Kompyuter texnologiyalari

O'quvchilarga / Informatika va AT
Kompyuter texnologiyalari - rasmi

Material tavsifi

Kompyuter texnologiyalari Reja: Informatika fanining predmeti va rivojlanish tarixi. Sanoq sistemalari. Matematik mantiqning informatikadagi roli. EHM ning strukturasi va ishlash tamoyili. Berilganlarning EHM xotirasidagi ko'rinishi. Kompyuterning programmaviy ta'minoti. Programmalash tillari va texnologiyalari Informatika fanining predmeti va rivojlanish tarixi. Informatsiya, axborot yoki ma'lumot kabi tushunchalar bizga kundalik hayotimizda tanish bo'lishiga qaramasdan, informatsiya tushunchasining qatiy ta'rifi mavjud emas. Biror o'rganilayotgan jonli yoki jonsiz obyekt to'g'risidagi yig'ilgan og'zaki, yozma (matn, jadval, rasm-chizma, sxema) yoki boshqa turli ko'rinishdagi ma'lumotlar (axborotlar) yoki berilgan to'plamni, biz odatda informatsiya deb qabul qilamiz. XX asr o'rtalariga kelib, bu tushuncha keng manoda tushiniladigan «Informatsiya» so'ziga aylandi. Informatsiya so'zi bilan, planetalar bo'ylab jo'natiladigan signallardan tortib, to o'simlik va hayvonot olami va hattoki, inson organizmining eng kichik tuzilmalari ─ genlarida saqlanadigan ma'lumotlar ham ifodalanadi. Lekin, har qanday ma'lumotlar to'plami obyekt to'g'risida aniq ma'lumot bermaydi va shu bilan birgalikda yig'ilgan ma'lumotni tahlil qilish uchun maxsus usullar va texnik qurilmalar zarur bo'lishi ham mumkin. Informatsiya bu bizni o'rab turgan moddiy olamning obyektlari, voqea-hodisalari, jarayonlar va ularning o'zaro ta'siri, rivojlanishi va haka'zolar haqidagi ma'lumotlar to'plamining inson tomonidan, uning sezish organlari yoki yordamchi texnik vositalar yordamida anglanishi, o'rganilishi natijasida hosil bo'lgan xulosa va ma'lumotlardir. Informatsiya odatda uzluksiz (analog) va raqamli (diskret) ko'rinishlarda bo'ladi. Uzluksiz informatsiyaga misol sifatida odam tovushini, musiqa asarini, raqamli signalga esa, 0 va 1 sonlar kombinatsiyalari orqali ifodalangan uzlukli ma'lumotlarni keltirish mumkin. Informatika ─ bu fransuzcha Informatique so'zi bo'lib, Information (Informatsiya) va Avtomatique (Avtomatika) so'zlaridan tashkil topgan va informatsiya yig'ishni, qayta ishlashni, uzatishni, kompyuter yoki boshqa texnik vositalar yordamida avtomatik tarzda amalga oshirishni o'rganishga bag'ishlangan fandir. Bu fan G'arbiy Yevropadavlatlari va Amerikada «Somruter Science», MDH va Sharqiy Yevropadavlatlarida esa «Informatika» nomi bilan yuritiladi. Bu o'rinda elektron hisoblash mashinalari juda katta hajmdagi informatsiyani qayta ishlashga imkon beradigan samarali quroldir. Ikkinchi muhim tushinchasi «Informatsion texnologiyalar» tushunchasidir. Odatda, «texnologiya» so'zi moddiy ishlab chiqarish sohasiga nisbatan ishlatilib, biror materialni qayta ishlash yoki predmetni tayyorlash jarayonining maxsus texnik usullarini ifodalash maqsadida ishlatiladi. Informatsion texnologiyalarda qayta ishlash uchun «xomashyo» sifatida «informatsiya» qaraladi va u kompyuter-programma va qo'shimcha texnik vositalar yordamida avtomatik tarzda qayta ishlanadi. Hozirgi kunga kelib, «Informatsion texnologiyalar» informatika fanining ajralmas bir qismi bo'lib, u inson faoliyatining turli sohalarida uchraydigan informatsiyalarni, apparat-programma vositalari va usullari yordamida qayta ishlash kabi vazifalarni bajarishga mo'ljallangan. Bu ta'rifdan ko'rinib turibdiki, informatika va informatsion texnologiyalar tushunchalari bir-biriga juda yaqin. Informatsion texnologiyalarning asosiy apparat vositasi elektron hisoblash mashinasidir. Dunyo bozorida mavjud turli-tuman EHM parklari orasida IVM (International Business Machine Corporation) kompyuterlari ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 99.28 KB
Ko'rishlar soni 86 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:56 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 99.28 KB
Ko'rishlar soni 86 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga