Reja: Fanni o'qitishdan maqsad 2. Axborotlarni saqlash va himoya qilish texnologiyalari 3. tashkil kilinadigan aygokchiliklar Axborotlar urushi Fanni o'qitishdan maqsad Kompyuter tizimlarida axborotlarni himoyalash fanini o'qitishdan maqsad talabalarga kompyuter axbootlarini turli xil yullar bilan yukolib ketishi yoki turli xil garazli maqsadlar yo'lida foydalanishlarning oldini olish usullari bo'yicha bilimlar berishdir. Ishlab chiqarishda shu malum bulmokdaki, axborot va u bilan bog'liq informatsion texnologiyalar jamiyatning rivojida juda katta rol uynamokda. Malakali bo'lgan xar bir xodim - xuxukshunos, muhandis, iqtisodchi, jurnalist va x.k. - hozirgi kunga kelib ma'lumotlar to'plamini qiyinchilik bilan boshqara olyapti. Shuning bilan birgalikda informatikada informatsion texnologiyalar, yani inson mehnatini kisman eki tula engillashtirishga qaratilgan texnologiyalar kuplab yaratilmokda. Ushbu texnologiyalar yordamida iqtisodiy tizimda mavjud bo'lgan, ishlab chiqarish jarayonlari to'g'risidagi moddiy va nomoddiy resurslar, ishlab chiqarishni boshqarish bilan bog'liq, moliyaviy jaraenlar hamda turli boshqarish tizimlari o'rtasida ayriboshlanadigan iqtisodiy xarakterdagi axborotlar tuplanadi va qayta ishlanadi. Bu axborotlarning butunligi himoyalash va usullarning turli xil yullar bilan tarqalishining oldini olish hozirgi zamon kompyuter texnologiyasidan foydalanuvchilar oldiga juda ko'p muhim bo'lgan muammolarni kuyadi. Axborotlarni saqlash va himoya qilish texnologiyalari Axborot tizimlarining davlat korxonalarida, moliyaviy tuzilishlarida, harbiy-ishlab chiqarish majmuasida va ulardan markazlashgan holda foydalanishning keng yulga kuyilishi, axborot manbalariga ruxsat berilmagan holda kirishdan himoya qilishning usullarini va vositalarini ishlab chiqarishni talab kilmokda. AKSh Markaziy Razvedka boshqarmasining 1996 yiligi hisoboti bo'yicha yuqorida kayd etilgan sohada katta muammolar mavjuddir. Oxirgi yillarda turli xildagi kompyuter tarmoqlaridan foydalanishda maxfiy bo'lgan axborotlarga talab ortib bormokda. Axborotlarni himoya qilishning usullari va vositalarini ishlab chiqarish, axborotlar tizimiga bulaetgan xavflar oldini olishda birinchi bosqich hisoblanadi. AKSh Mudofaa Vazirligi koshidagi axborotlar xavfsizligi bilan shugullanaetgan guruh quyidagi xavflarni ajratib kursatmokda:bilimsiz xodimlar; xakerlar va kreekerlar;o'z mansabidan konikmagan xizmatchilar;vijdonsiz xizmatchilar;tashkil qilingan aygokchilik; uyushtirilgan jinoiy guruhlar; siyosiy dissidentlar; terroristik guruhlar;harbiy, siyosiy va iqtisodiy aygokchilik; «axborotlar urushida» bor axborotlarni yuk qilish maqsadida rakiblarning strategik xujumlari. Ekspertlarning fikricha, o'z sohasida malakasi past bo'lgan xodimlar uzlarining nourin harakatlari bilan axborotlar tizimini ishdan chiqishga olib kelishadi. Bunday xavf asosan axborotlar tizimi boshqaruvchisining yaxshi tayyorlanmaganligidan kelib chiqishi mumkin. Ular qandaydir subyektiv omillarga asoslangan holda bu mavkega erishib olishganlar. Xakerlar va krekerlar texnik jihatdan yuqori bilimga egadirlar. Ular axborotlar tizimining barcha jaraenlarini batafsil bilishadi va ular axborotlar manbasini buzishga harakat qilishadi. Xakkerlar ko'p va turlicha bo'lib,ularning oddiy xazilkashlaridan tortib, judayam usta bo'lib ketganlarigacha uchratish mumkin. Krekerlar xam xakerlarga o'xshashadi, lekin ular tijorat uchun ishlab chiqilgan dasturiy vositalarni sindirishib nolegach holda sotishga harakat qilishadi. o'z mansabidan konikmagan xizmatchilar korxonaning ichki xavfini tashkil qiladi. Chunki ularning axborotlarga legal kirishga ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:44:12
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.6 KB
Ko'rishlar soni
86 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:56
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:44 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.6 KB
Ko'rishlar soni
86 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:56 ]
Arxiv ichida: doc