Kompyuter tushunchasi. Hisoblarni bajarish, shu jumladan elektron shakldagi axborotni oldindan belgilangan algoritm bo'yicha qabul qilish, qayta ishlash, saqlash va ishlov berish uchun mo'ljallangan elektron mashina. Kompyuter so'zi ingliz tilidagi to compute, computer, so'zlarining hosilasi bo'lib, ular hisoblash, hisoblagich deb tarjima qilinadi. Dastlab ingliz tilida bu so'z, mexanik qurilmani jalb qilib yoki uning ko'magisiz arifmetik hisoblarni bajaradigan insonni anglatgan. Keyinchalik uning manosi mashinalarning o'ziga ko'chirildi, biroq, zamonaviy kompyuterlar matematika bilan bevosita bog'liq bo'lmagan ko'plab masalalarni ham bajaradilar. XX asrning 90-yillaridan boshlab, kompyuter atamasi elektron hisoblash mashinalari (EHM) atamasini amalda siqib chiqardi. Kompyuter quyidagi asosiy bloklardan iborat: - asosiy xotira; - protsessor; - tashqi qurilmalar. Kompyuter - bu turli hajmdagi, har xil ko'rinishdagi axborotlarni tezlik bilan ishlab berishni taminlovchi universal avtomatik qurilmadir. Noutbuk va netbuklar. Noutbuk - mobil ixcham shaxsiy kompyuter. Uning asosiy qismi va monitori birlashgan holda bo'ladi. Bunday kompyuterlarning ko'pchiligi deyarli standart klaviaturaga, kompyuter grafikasi vositalariga ega. Bunday kompyuterlar unchalik katta bo'lmagan qattiq disklar yoki optik disklar bilan ishlaydi. Netbuk - Internetdan foydalanish va ofis dasturlari bilan ishlash uchun mo'ljallangan kichik noutbukdir. Netbuklar ixcham o'lchamlari, kichik vazni, kam energiya istemoli va nisbatan arzon narxlari bilan ajralib turadi. Netbuklar Noutbuklarga nisbatan yengil, ixcham va foydalanishda juda qulaydir. Netbuklarda Noutbuklarga nisbatan ayrim tashqi qurilmalar mavjud bo'lmaydi, masalan, kompakt disklarni o'qish qurilmasi. Sichqoncha, klaviatura, monitor va ularning vazifalari. Sichqoncha (ingl. mouse - sichqon) ma'lumot kiritish qurilmasi bo'lib, biror tekislik bo'ylab harakatlantirilganda tagidagi lazer nuri harakat haqidagi ma'lumotni kompyuterga uzatadi va ekrandagi ko'rsatkich (kursor) mos yo'nalishlarda harakatlanadi. Sichqonchaning tugmalari yordamida kompyuterga biror buyruq berish, undagi dasturlar va jarayonlarni ishga tushirish hamda hujjatlarni ochish mumkin. Klaviatura (ingl. keyboard) muayyan qurilmani boshqarish yoki axborotni kiritish uchun mo'ljallangan tugmalar (klavishalar) to'plamidan iborat bo'lgan qurilma yoki ekrandagi tasvir. Texnik va mexanik qurilmalarni (kalkulyator, kompyuter, telefon, kassa apparati) boshqarish uchun alifbo-raqamli klaviaturalar qo'llaniladi. Klaviaturalardagi har bir tugmaga bir yoki bir necha belgi biriktiriladi. Tugma birikmalari klaviaturadan bajariladigan amallarning sonini ko'paytirishga imkon beradi. Monitor kompyuterning ish jarayonida vujudga keladigan axborotlarni ekranda yoritishga xizmat qiladigan qurilma. Monitor grafik yoki matn holatida ishlashi mumkin. Matn holatida belgi o'rinlari deyiluvchi alohida qismlarga, grafik holatida esa piksel nomli nuqtalarga bo'linadi. Monitordagi piksellarning umumiy miqdori hamda ranglar soni monitorning imkon darajasini (kengligini) belgilaydi. Videoproyektor va ekran. proyektorlar va ekranlar ma'lumotlarni yirik o'lchamda tasvirlash uchun ishlatiladigan qurilmalardir. Unda tasvir o'lchami ekranda yirik holatda aks ettiriladi. Bu qurilmalar kompyuter bilan birgalikda foydalanishga mo'ljallangan bo'lib, ko'proq katta auditoriyalarda va zallarda hamda turli majlislarda prezintatsiya va videoroliklarni namoyish qilish ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:44:12
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
628.37 KB
Ko'rishlar soni
77 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:57
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:44 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
628.37 KB
Ko'rishlar soni
77 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:57 ]
Arxiv ichida: pptx