Kompyuter virusi nima

Kompyuter virusi nima

O'quvchilarga / Informatika va AT
Kompyuter virusi nima - rasmi

Material tavsifi

SAVOL Kompyuter virusi nima? JAVOB O'lchami bo'yicha katta bo'lmagan maxsus yozilgan dasturdan iborat bo'lib u o'zini boshqa dasturlarga yozib qo'yilishi, shuningdek Kompyuter turli noxush amallarni bajara olishi mumkin. Bunday dastur ishlashni boshlaganda dastlab boshqaruvni virus oladi. Virus boshqa dasturlarni topadi va unga yuqadi. Shuningdek qandaydir zararli amallarni bajaradi. Virus o'ziga tegishli amallarni bajarib bo'lgandan so'ng boshqaruvni o'zi joylashgan dasturga uzatadi. Virus joylashgan dastur odatdagidek ishini davom ettiradi. Tashqaridan dasturning ,,kasallanganligi' bilinmaydi. SAVOL Kompyuterga virus qaysi yo'llar bilan yuqadi? JAVOB * Viruslangan kompakt disk (CD) lardan ma'lumot ko'chirganda ; * Virusi bor fleshkalardan ma'lumot ko'chirganda ; * Kompyuter tarmoqlariga ulanganda ; SAVOL Kompyuterga virus yuqmasligi uchun nima qilish kerak? JAVOB * Lisenziyasiz dasturiy ta'minotdan foydalanmaslik ; * Tashqaridan kiritiladigan viruslarning oldini olish ; * Tizimga sanksiyasiz kiruvchi xakerlarga imkon bermaslik ; * Antivirus dasturlaridan foydalanish ; SAVOL Antivirus dasturlari nima? JAVOB Kompyuter viruslarini topish va zararlangan fayllarni davolash hamda profilaktika -operatsion tizimni zararkunanda kod bilan zararlanishining oldi olinishini ta'minlovchi dasturdir. Antivirus dasturiy ta'minoti kompyuterda virus va boshqa zararkunanda dasturlarni nafaqat topish, balki ular ko'payishining oldini olish, ularni yo'qotish uchun mo'ljallangan dasturlar majmuidan iborat. SAVOL Antiviruslarning turlari mavjudmi? JAVOB Bir nechta (o'n va yuzta) kompyuterlarni birlashtirgan tashkilotlarda foydalanish uchun mo'ljallangan antiviruslar uyda ishlatiladigan oddiy kompyuterdagi antivirus dasturlaridan farq qiladi. Sababi ular tizimni himoyalash uchun ishlatilib, turlari maqsadidan kelib chiqib farqlanadi: Server antiviruslari - asosiy, ya'ni server kompyuterini himoyasi uchun o'rnatiladi, u lokal tarmoqqa ulangan barcha kompyuterlarda amalga oshirilayotgan dasturiy amallarga reaksiya beradi; Ishchi stansiyalar uchun antiviruslar («endpoint»); Pochta serverlari uchun mo'ljallangan antivirus dasturlari; Shlyuzlar uchun qo'llaniladigan antiviruslar. SAVOL Qanday zamonaviy antivirus dasturlari mavjud? JAVOB Kasperskiy Internet Security. «Kasperskiy laboratoriyasi» dasturini mutaxassislar ham, aksariyat foydalanuvchilar ham eng yaxshi antivirus, ishonchli qo'riqchi ekanini biladi. «Kasperskiy laboratoriyasi»ning yangi mahsulotlari kompyuterni har qanday zamonaviy xavfdan himoya qila olishga qodir texno logiyalar bilan boyitilgan. Norton 360. Norton markali antiviruslar, ayniqsa, G'arbda juda taniqlidir. U ko'pincha, kompyuter va noutbuk olinganda baravar xarid qilinadi. Eset NOD32 Smart Security. NOD32 antivirusi boshqalarga nisbatan «yengil». Uning asosiy kamchiligi, Internet-saytlar bilan ishlash jarayoniga ta'sir etishidadir. Mazkur antivirus dasturi yuklangan kompyuterlarda reklama tarqatmalari yoki foydalanuvchi istagidan holi ravishda xonadon sahifalarining avtomatik ravishda paydo bo'lishi kuzatiladi. SAVOL Viruslar qanday ishlaydi? JAVOB Ma'lumki, kompyuterda dasturiy va oddiy fayllar mavjud. Odatda, virus o'z «tana»sini dasturiy faylga joylashtiradi va tizim ish jarayoni boshlanganidan, ya'ni kompyuter yuklanishi bilan faollashadi. Bundan tashqari, viruslar yuklovchi vositalarga o'rnashib, tizim ishga tushgan vaqtda uni ham ishga tushiradi. Virus ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 82.92 KB
Ko'rishlar soni 77 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:57 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 82.92 KB
Ko'rishlar soni 77 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga