Kompyuter viruslari va ulardan himoyalanish

Kompyuter viruslari va ulardan himoyalanish

O'quvchilarga / Informatika va AT
Kompyuter viruslari va ulardan himoyalanish - rasmi

Material tavsifi

Kompyuter viruslari va ulardan himoyalanish Reja: Virus va uning turlari Antivirus dasturlari Hozirgi kunda kompyuter viruslari g'arazli maqsadlarda ishlatiluvchi turli xil dasturlarni olib kelib tatbiq etishda eng samarali vositalardan biri hisoblanadi. Kompyuter viruslarini dasturli viruslar deb atash to'g'riroq bo'ladi. Avtonom ravishda ishlash, boshqa dastur tarkibiga o'z-o'zidan qo'shiluvchi, ishga qodir va kompyuter tarmoqlari va alohida kompyuterlarda o'z-o'zidan tarqalish xususiyatiga ega bo'lgan dasturga dasturli virus deyiladi. Viruslar bilan zararlangan dasturlar virus tashuvchi yoki zararlangan dasturlar deyiladi. Zararlangan disk - bu ishga tushirish sektorida virus dastur joylashib olgan diskdir. Hozirgi vaqtda 6500 dan ko'p bo'lgan virus dasturlari borligi aniqlangan. Bu viruslarning katta guruhini kompyuterning ish bajarish tartibini buzmaydigan, yani ta'sirchan bo'lmagan viruslar guruhi tashkil etadi. Viruslarning boshqa guruhiga kompyuterning ish tartibini buzuvchi viruslar kiradi. Viruslarning ta'siri bo'yicha tasnifi 1-rasmda keltirilgan. Bu kabi viruslar odatda professional dasturchilar tomonidan tuziladi. 1-Rasm Viruslarning ta'siri bo'yicha tasnifi. Kompyuter virusi - bu maxsus yozilgan dastur bo'lib, boshqa dasturlar tarkibiga yoziladi, yani zararlaydi. Kompyuter virusi orqali zararlanish oqibatida kompyuterlarda quyidagi o'zgarishlar paydo bo'ladi: ayrim dasturlar ishlamaydi yoki xato ishlay boshlaydi; bajariluvchi faylning hajmi va uning yaratilgan vaqti o'zgaradi; ekranda anglab bo'lmaydigan belgilar, turli xil tasvir va tovushlar paydo bo'ladi; kompyuterning ishlashi sekinlashadi va tezkor xotiradagi bo'sh joy hajmi kamayadi; disk yoki diskdagi bir necha fayllar zararlanadi (bazi xollarda disk va fayllarni tiklab bo'lmaydi); vinchester orqali kompyuterning ishga tushishi yo'qoladi. Viruslar asosan disklarning yuklanuvchi sektorlarini va exe, com, sys va bat kengaytmali fayllarni zararlaydi. Viruslarning hajmi bir necha baytdan to o'nlab Kb gacha bo'lishi mumkin. Fayllarni tarkibini buzmaydigan viruslar: a) tezkor xotira qurilmasida ko'payuvchi; b) operatorni ta'sirlantiruvchi; v) tarmoq viruslari. Fayl tarkibini buzuvchi viruslar: a) foydalanuvchining ma'lumotlari va dasturlarni buzuvchi; b) tizim ma'lumotlarni buzuvchi. Qurilmalarni buzuvchi: a) displeyning lyuminafor qatlamini kuydiruvchi; b) kompyuterning mikrosxemasini ishdan chiqaruvchi; v) printerni ishdan chiqaruvchi; g) MDni buzuvchi. Operatorga ta'sir etuvchi: Operator texnikasiga ta'sir etuvchi. Viruslardan tashqari fayllar tarkibini buzuvchi troyan dasturlari mavjud. Virus ko'pincha kompyuterga sezdirmasdan kiradi. Troyan dasturini foydalanuvchining o'zi foydali dastur sifatida diskka yozadi. Malum bir vaqt o'tgandan keyin buzg'unchi dastur o'z ta'sirini ko'rsatadi. Troyan dasturlari (TD) foydalanuvchiga zarar keltiruvchi bo'lib, ular buyruqlar (modullar) ketma-ketligidan tashkil topgan, omma orasida juda keng tarqalgan dasturlar (tahrirlovchilar, o'yinlar, tarnslyatorlar) ichiga o'rnatilgan bo'lib, bir qancha hodisalar bajarilishi bilan ishga tushadigan mantiqiy bomba deb ataladigan dasturdir. TD o'z-o'zidan ko'paymasdan, kompyuter tizimi bo'yicha dasturlovchilar tomonidan tarqatiladi. Virus hayoti odatda quyidagi davrlarni o'z ichiga oladi: qo'llanilish, inkubatsiya, replikatsiya (o'z-o'zidan ko'payish) va hosil bo'lish. Inkubatsiya davrida virus passiv bo'lib, uni ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.49 KB
Ko'rishlar soni 82 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:57 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.49 KB
Ko'rishlar soni 82 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga