Kompyuter viruslari. Antiviruslar

Kompyuter viruslari. Antiviruslar

O'quvchilarga / Informatika va AT
Kompyuter viruslari. Antiviruslar - rasmi

Material tavsifi

Kompyuter viruslari Antiviruslar Umumiy tushuncha Kompyuter virusi o'zi nima? Ular ma'naviy qashshoq, hayotdan va boshqalardan alamzada dasturchilar tomonidan g'arazli maqsadlarda yozilgan dastur. Ular odatda, ko'p martalab nusxalanadi va ijrochi fayllarga yopishib oladi. Ularning ishga tushishi oqibatida goh displeyda turli yot yozuvlar paydo bo'lishi, goh diskdagi yozuvlar (fayllar) ni o'chirib yuborishi mumkin. Odatda foydalanuvchiga virus dasturlarining nomigina ma'lum bo'lishi mumkin. Masalan, Black Hole (qora teshik), Black Friday (qora juma), Friday 13 (o'n uchinchi juma), sekin ta'sir qiluvchi virus va hokazo. Mazkur viruslar ekranning chap burchagidan qora teshik ochishi yoki 13 sana juma kunlari ishlayotgan fayllarni yo'qotishi, bundan tashqari har 5 minutda kompyuter ishini bir necha yuz marotalab sun'iy sekinlashtirib yuborishi mumkin Buni bilish kerak! Virus dasturi kompyuterdagi ma'lumotlar butunligini buzishga yoki ularni o'chirishga mo'ljallangan bo'ladi. Ilk bor virus dasturlari AQSHda ishlab chiqarilgan, chunki aynan bu davlatda shaxsiy kompyuterlar keng tarqalgan edi. Ilk bor ishlab chiqarilgan virus dasturlari foydalanuvchini hotirjamligini buzishga va asabiga tegishga qaratilgan edi. Lekin keyinchalik ular zarar yetkazishni o'zining maqsadi sifatida qabul qilib oldi. Hozirgi paytda butun dunyo bo'yicha 300 dan ortiq virus dasturlari mavjud. Ular kompyuter viruslari bo'lib, kompyuterdagi ma'lumotlarga zarar etkazadi yoki kompyuterning ishlash samaradorligini tushirib yuboradi. Fayl viruslarini sinflarga ajratish. Fayl viruslari kompyuterlarda keng tarqalgan viruslar. Ular barcha viruslarning tahminan 80% ini tashkil etadi. Bu toifa kompyuter viruslari juda chidamli bo'lib, o'z vaqtida ehtiyot chorasi ko'rilmasa, haqiqiy epidemiyaga aylanadi. Masalan, RCE-1813 yoki Ierusalem (Quddus), Black Friday (qora juma) va boshqa o'ta xavfli viruslardir. Ko'pchilik tarqalgan fayl viruslari shtammlarga ega, ular baza versiyalaridan uncha farq qilmaydi. Shuning uchun fayl viruslarini quyidagi guruhlarga bo'lish mumkin: - Vena guruhi. Uning birinchi S-648 deb nomlanuvchi vakili Venada topilgan; - CASCADE guruhi. RC-1701 deb nomlanuvchi birinchi vakili 1988 yil o'rtalarida topilgan; - Quddus guruhi. RCE-1813 deb nomlanuvchi uning birinchi vakili 1987 yilning oxirida Quddus universitetida topildi; - TR viruslar guruhi - mazkur viruslar, taxminlarga ko'ra, Bolgariyada ishlab chiqilgan. O'z navbatida bu guruh uch kichik guruhga bo'linadi. VACSINE, musiqali qayta yuklash va o'z-o'zini yeb qo'yuvchilar. Buzish darajasi bo'yicha viruslarni shartli ravishda ikki turga -illyuzion va vandallar ga bo'lish mumkin. Illyuzion guruh qandaydir yoqimli musiqa sadosi yoki namoyish orqali virusni yuqtiradi. Boot viruslari fayl viruslaridan tubdan farq qiladi. Boot viruslarining soni fayl viruslariga qaraganda ancha kam va shuningdek, ular sekinroq tarqaladi. Fayl viruslari kabi ko'p tarqalgan Boot viruslari ham shtammlarga ega. Hozirgi vaqtda ushbu viruslarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: - Italiya guruhi. Bxl-1S-a deb nomlanuvchi uning birinchi vakili 1987 yilning oxirida paydo bo'ldi; ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 394.48 KB
Ko'rishlar soni 83 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:57 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 394.48 KB
Ko'rishlar soni 83 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga