Kompyuter yordamida matn terish va uni kompyuter xotirasida saqlash hamda qayta yuklash Reja: 1. Matn va grafik muharrirlari. 2. Lexicon matn muharriri. 3. Paint grafik muharriri. 4. Kompyuterda matn va grafik muharrirlariga doir amaliy topshiriq bajarish. Matn va grafik muharrirlari Axborotlarni saqlashning eng qadimiy usullaridan biri yozuv hisoblanadi. Qadimgi odamlar yashagan g'orlar devorlaridagi rasm va yozuvlar buning yaqqol isbotidir. Yozuv texnologiyasi asrlar davomida deyarli o'zgarmadi. Faqatgina yozish vositalari takomillashib bordi. Avval toshlarga o'yib yozilgan bo'lsa, keyinchalik turli bo'yoqlar yordamida yozildi. Hayvon terilariga ishlov berish natijasida toshlarga emas, teriga yozish yo'lga qo'yildi. Qog'oz ishlab chiqarish bilan yozish yanada qulaylashdi. Shu bilan birga yozuv quroli ham takomillashib bordi. Yozish uchun toshlar, turli moyqalam, qamish-perolar, g'oz patlaridan foydalanildi. Patlar o'rnini peroli ruchkalar, ularni avtoruchkalar, avtoruchkalar o'rnini esa yozuv mashinkalari egalladi. Lekin asosiy jarayon-matn o'zgartirilishi kerak bo'lsa, uni qaytadan yozish zarurligi o'zgarmadi. Bu juda ko'p kuch va mehnat talab qiladi. Kompyuterlar matn yozish texnologiyasini tubdan o'zgartirib yubordi. Undan tashqari grafik ko'rinishidagi axborotlar hayotimizda muhim ahamiyatga ega. Ular yordamida oddiy ko'z bilan ko'rish mumkin bo'lmagan holatlarni tasvirlash (masalan, kimyoviy reaksiyalarda atomlar harakati), kerakli chizma, shakl, rasmlarni (masalan, bo'lajak avtomobil yoki imoratlar) hosil qilish va ularni qayta ishlashimiz lozim bo'ladi. Matnlarni va grafik ko'rinishidagi axborotlarni yozish, saqlash, qayta ishlash, qog'ozga chop etish kabi ishlarni bajarishga mo'ljallangan ko'plab dasturlar yaratildi. Bu dasturlar, asosan quyidagi turlarga bo'linadi: matn muharrirlari, matn prosessorlari va grafik muharrirlari. Matn muharriri kompyuterda eng ko'p ishlatiladigan dasturlar qatoriga kiradi. Ixtiyoriy rusumli kompyuterlar uchun matn muharrirlari yaratilgan. Hatto bir rusumli kompyuter uchun yaratilgan o'nlab matn muharrirlarini ko'rsatish mumkin. Masalan, Praves kompyuterlarida «ReD», «Volna», «Punktir», IBM kompyuterlarida «WD», «Foton», «Lexicon» va hokazo. Deyarli barcha matn muharrirlari quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi: ma'lumotlarni kiritish; xatolarni tuzatish; belgilar, so'zlar, satrlar, abzaslar o'rnini almashtirish yoki o'chirib tashlash; matnni biror «qolipga solish», yani chap va o'ng tomonlarini to'g'rilash, satrlar orasidagi masofani o'zgartirish; matnni diskda saqlash; matinni diskdan o'qish(yuklash); chop etish. Matn muharrirlarida, asosan matnning mazmuniga e'tibor beriladi. Ularda matnning ekrandagi va qog'ozdagi ko'rinishi (bezagi) unchalik ahamiyatga ega bo'lmaydi. Matn muharrirlari yordamida matn fayllari hosil qilinadi. Matn prosessorlari matnning faqat mazmuni emas, balki tashqi ko'rinishi ham katta ahamiyatga ega bo'lganda qo'llaniladi. Matn prosessorlari matnning tashqi ko'rinishiga ta'sir etish imkoniyatiga ega. Masalan, matnga turli rasm va jadvallar joylashtirish, belgilarning o'lchamini, rangi va ko'rinishlarini o'zgartirish va hokazo. Matn prosessorlari odatda rasmiy hujjatlar tayyorlashda ko'proq qo'llaniladi. Matn prosessori yordamida tayyorlangan matn hujjat deb yuritiladi. Matn prosessorlari yordamida hosil qilingan hujjat faqatgina matn emas, balki uning ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:44:12
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
77.2 KB
Ko'rishlar soni
79 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:57
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:44 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
77.2 KB
Ko'rishlar soni
79 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:57 ]
Arxiv ichida: doc