Kompyuter, uning tashkil etuvchilari

Kompyuter, uning tashkil etuvchilari

O'quvchilarga / Informatika va AT
Kompyuter, uning tashkil etuvchilari - rasmi

Material tavsifi

Reja: Kompyuterning arxiteturasi Kompyuterning asosiy qurilmalari Kompyuterning arxitekturasi 1945 yilda birinchi kompyuterlar yaratilayotgan vaqtda taniqli amerikalik matematik Djon fon Neyman kompyuterning axborotni qayta ishlovchi universal va samarali qurilma bo'lishi uchun qanday qismlardan iborat bo'lishi kerakligini yozgan. Bu kompyuter qurilmasining asoslari fon Neyman prinsiplari deyiladi. Avvalambor fon Neyman prinsiplariga asosan kompyuter quyidagi qurilmalarga ega bo'lishi kerak: Arifmetik-mantiqiy qurilma. Arifmetik-mantiqiy amallarni bajarish uchun; Dasturlarni bajarilishini tashkil etuvchi boshqarish qurilmasi; Dasturlar va ma'lumotlarni saqlash uchun xotira; Axborotlarni kiritish va chiqarish uchun tashqi qurilma. Kompyuter xotirasi raqamlangan bir qancha katakchalardan iborat bo'lib, ularning har birida qayta ishlanayotgan ma'lumot yoki dasturlarning instruksiyalari joylashgan bo'lishi mumkin. Xotiraning barcha katakchalari kompyuterning boshqa qurilmalari uchun ham qulay bo'lishi zarur. Quyidagi rasmda kompyuter arxiterturasi yani qurilmalari o'rtasidagi bog'liqlik ko'rsatilgan (bitta chiziq boshqarish aloqalarini, ikkita chiziq - axborotli aloqani bildiradi): Rasm. Kompyuter arxiteturasi. Kompyuterning asosiy qurilmalari IBM kompyuterlarining asosiy qurilmalariga quyidagilar kiradi: sistemali blok, monitor va klaviatura (sichqoncha bilan). Sistemali blokda markaziy protsessor, operativ (tezkor) xotira, qattiq disk, kontrollerlar, disektalar va lezerli kompakt disklar bilan ishlash uchun qurilmalar va boshqalar joylashadi. Markaziy protsessor. Kompyuterning eng muhim qismini markaziy protsessor, (yani protsessor va boshqaruv qurilmasi) tashkil etadi. Dastur yordamida berilgan ma'lumotlarni o'zgartiradigan, hamma hisoblash jaaryonlarini boshqaradigan hamda hisoblash ishlariga tegishla moslamalarning o'zaro aloqasini o'rnatadigan qurilma - protsessor deyiladi. Arifmetik va mantiqiy amallarni bajarish, xotiraga murojaat qilish, dasturdagi ko'rsatmalarning berilgan ketma-ketlikda bajarilishini boshqarish va boshqa amallar protsessorning vazifasidir. Mikroprotsessor. Mikroprotsessor katta bo'lmagan elektron sxema bo'lib, barcha hisoblarni bajaradi, axborotlarni qayta ishlaydi, dasturlarning ishlashini ta'minlaydi va kompyuter boshqa qurilmalari ishini boshqaradi. U kompyuterning ishlash tezligini ta'minlaydi. IBM RS kompyuterlarida odatda Intel firmasi va unga muvofiq boshqa firmalarning mikroprotsessorlari o'rnatiladi. Kompyuterlar mikroprotsessor turlari bilan farqlanadi. Mikroprotsessorlarning Intel-8088, 80286, 80386, 80486, Pentium kabi turlari mavjud. 1993 yildan boshlab Intel firmasi Pentium mikroprotsessorini ishlab chiqarmoqda. Operativ xotira. Operativ xotira o'zida kompyuterda ishlatilayotgan dasturlar va ma'lumotlarni saqlaydi. ma'lumotlar doimiy xotiradan operativ xotiraga ko'chiriladi, olingan natijalar zarur bo'lgan holda diska qayta yoziladi. Kompyuter o'chirilishi bilan operativ xotiradagi ma'lumotlar o'chiriladi. Bu xotira ikki qismdan iborat bo'ladi. 1-qism operatsion sistema va amaliy programmalar uchun mo'ljallangan. 2-qismi tashqi xotira bo'lib, xizmat uchun foydalaniladi. Qattiq disk (vinchesterlar) kompyuter bilan ishlaganda foydalaniladigan axborotni doimiy saqlashga mo'ljallangan. Masalan, operatsion tizim dasturlari, ko'p ishlatiladigan dasturlar paketlar, hujjatlar tahrirlagichlari, dasturlash tillari uchun translyatorlar va boshqalar. Diskning ish tezligi ikki ko'rsatkich bilan aniqlanadi: 1. diskning aylanishlar soni. Bir minutda 5600-7200 marta aylanadi. 2. diskdan ma'lumotlarni o'qish va unga ma'lumotlar yozish tezligi. ma'lumotlarni qidirish tezligi o'rtacha - 10 ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 11.25 KB
Ko'rishlar soni 87 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:57 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 11.25 KB
Ko'rishlar soni 87 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga