Kompyuterlar tarmog'ida iqtisodiy axborotlar xavfsizligi va uni ta'minlash usullari

Kompyuterlar tarmog'ida iqtisodiy axborotlar xavfsizligi va uni ta'minlash usullari

O'quvchilarga / Informatika va AT
Kompyuterlar tarmog'ida iqtisodiy axborotlar xavfsizligi va uni ta'minlash usullari - rasmi

Material tavsifi

KOmpyuterlar Tarmog'ida Iqtisodiy Axborotlar Xavfsizligi Va Uni Ta'minlash Usullari REJA: Axborot xavfsizligi muammosi. Axborot xavfsizligini ta'minlash usullari va yo'nalishlari. Kompyuter viruslaridan himoyalanish usullari va vositalari. Iqtisodiy axborotlar xavfsizligini ta'minlash bo'yicha amaliy tavsiyalar. Internetdagi tarmoq xavfsizligi programmaviy vositalari. «Fuqarolarning axborot sohasidagi huquq va erkinliklarini ta'minlash masalasi insonning axborot olish, axborotni va o'z shaxsiy fikrini tarqatish huquqi va erkinligini o'zida mujassam etgan bo'lib, bu O'zbekistonda demokratik jamiyat asoslarini barpo etishning muhim sharti, ta'bir joiz bo'lsa, tamal toshi hisoblanadi». Islom Karimov O'zbekiston Respublikasining 2002-yil 12-dekabrdagi №439-ii-sonli «Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to'g'risida»gi qonunida axborot va uning turlari to'g'risida quyidagi ta'riflar keltirilgan: axborot - manbalari va taqdim etilish shaklidan qat'i nazar shaxslar, predmetlar, faktlar, voqealar, hodisalar va jarayonlar to'g'risidagi ma'lumotlar; axborotni muhofaza etish - axborot borasidagi xavfsizlikka tahdidlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish choratadbirlari; Ommaviy axborot - cheklanmagan doiradagi shaxslar uchun mo'ljallangan hujjatlashtirilgan axborot, bosma, audio, audiovizual hamda boshqa xabarlar va materiallar; Hujjatlashtirilgan axborot - identifikatsiya qilish imkonini beruvchi rekvizitlari qo'yilgan holda moddiy jismda qayd etilgan axborot; Maxfiy axborot - foydalanilishi qonun hujjatlariga muvofiq cheklab qo'yiladigan hujjatlashtirilgan axborot. Konfedensial axborot - hujjatlashtirilgan axborot, undan foydalanish qonun hujjatlariga muvofiq chegaralanadi. Axborot xavfsizligi - ma'lumotlarni yo'qotish va o'zgartirishga yo'naltirilgan tabiiy yoki sun'iy xarakterdagi tasodifiy va qasddan qilingan ta'sirlardan axborot va uni qo'llab-quvvatlab turuvchi infrastrukturaning himoyalanganligi tushuniladi. Bugungi kunda axborot xavfsizligini ta'minlaydigan uchta asosiy tamoyil mavjud: - ma'lumotlar butunligi - axborotni yo'qotilishiga olib keluvchi buzilishlardan, shuningdek ma'lumotlarni mualliflik huquqi bo'lmagan holda hosil qilish yoki yo'q qilishdan himoya qilish; - axborotning konfedensialligi. Axborot va uning tashuvchisining holatini belgilaydi va unda axborot bilan ruxsatsiz tanishishning yoki uni ruxsatsiz hujjatlashtirishning (nusxa ko'chirishning) oldini olish ta'minlangan bo'ladi; - foydalanish huquqlariga (mualliflikka) ega barcha foydalanuvchilar axborotdan foydalana olishliklari. Axborotning himoyasi - boshqarish va ishlab chiqarish faoliyatining axborot xavfsizligini ta'minlovchi va tashkilot axborot zaxiralarining yaxlitliligi, ishonchliligi, foydalanish osonligi va maxfiyligini ta'minlovchi qat'iy reglamentlangan dinamik texnologik jarayonga aytiladi. Axborot xavfsizligi nuqtai nazaridan axborotni quyidagicha turkumlash mumkin: Maxfiylik - aniq bir axborotga faqat tegishli shaxslar doirasigina kirishi mumkinligi, ya'ni foydalanilishi qonuniy hujjatlarga muvofiq cheklab qo'yilib, axborotni saqlash va arxivlash so'rovlar bo'yicha axborotlarni tanlash, axborotni qayta ishlash, saqlash uchun axborotlarni tizimlashtirish, tartibga solish va o'girish, axborotdan foydalanish, olingan axborotlarni foydaliligi va aniqligi bo'yicha hisobot ma'lumotlari birlamchi axborot. Axborotlarni yangilab turish eski axborotlarni yo'qotish hujjatlashtirilganligi kafolati. Bu bandning buzilishi o'g'irlik yoki axborotni oshkor qilish, deyiladi. Konfidentsiallik - ishonchliligi, tarqatilishi mumkin emasligi, maxfiyligi, kafolati. Yaxlitlik - axborot boshlang'ich ko'rinishda ekanligi, ya'ni uni saqlash va uzatishda ruxsat ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 959.89 KB
Ko'rishlar soni 92 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:57 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 959.89 KB
Ko'rishlar soni 92 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga