Kompyuterlarga dasturiy yordam ko'rsatish. Dasturiy ta'minot

Kompyuterlarga dasturiy yordam ko'rsatish. Dasturiy ta'minot

O'quvchilarga / Informatika va AT
Kompyuterlarga dasturiy yordam ko'rsatish. Dasturiy ta'minot - rasmi

Material tavsifi

Kompyuterlarga dasturiy yordam ko'rsatish. Dasturiy ta'minot Reja: I. Kirish 1) Dasturiy ta'minot haqida tushuncha. II. Asosiy qism Sistemaviy dasturiy ta'minot. OS, Drayverlar, Utilitlar. Amaliy dasturiy ta'minot. MS Officce 2003dasturlar paketi. Kompyuter grafikasi. Dasturlash tеxnologiyasining uskunaviy vositalari. Dasturlash tillari. II. Xulosa. IV. Foydalanilgan adabiyotlar. Kirish. Dasturiy ta'minot haqida tushuncha. Hozirgi kunda axborot texnologiyalarining asosiy qismini kompyuterlar tashkil etadi. Ma'lumotlarni qayta ishlash texnik asosi sifatida kompyuterning imkoniyatlari uning dasturiy ta'minotiga bog'liqdir. Dastursiz kompyuterlar esa temir dan boshqa narsa emas. Chunki biror bir dastursiz kompyuter xech qanday bilimga ega emas. Shuning uchun biror kompyuterning qo'llanish sohasi undagi dasturlar to'plamiga chambarchas bog'liqdir. Kompyuterlar inson amaliy faoliyatining turli sohalarida qo'llanishi tufayli foydalanuvchi, ya'ni kompyuterni ishlatuvchi shaxs ham undan turli imkoniyatlarni talab etadi. Talab etilgan imkoniyatlarning borligi ma'lum darajada dasturiy ta'minotga ham bog'liqdir. Dastur (program, routine)-vazifani yechish uchun kompyuter buyruq (ko'rsatma) larining tartiblashgan ketma-ketligidir. Kompyuter texnikasi texnik vositalar (Hardware) va dasturiy vositalar (software) ning birligi sifatida qaraladi. Dasturiy vositalar-kompyuter tomonidan ishlatiladigan barcha dasturlar to'plamidir. Ingliz tilida bu qism software deb ataladi va yumshoq qismlar degan ma'noni bildiradi. Bu so'z dasturiy ta'minot bilan kompyuterlarning mutanosibligini, dasturlarning takomillashishi, rivojlanuvchanligi va moslashuvchanligini ifodalaydi. Insonning dastur bilan va dasturning inson bilan o'zaro muloqoti-foydalanuvchi interfeysi deyiladi. Dastur ishlash muhitiga (holatiga) qarab, dastur nografik (grafikli bo'lmagan yoki matnli-1-rasm) yoki grafik (4-rasm) interfeysga ega deyish mumkin. 1-rasm. Kompyuterda ishlayotgan dasturlarni shartli ravishda quyidagi 3 turga ajratish mumkin: Bu ajratishning shartli ravishda deyilishiga sabab shuki, dasturiy ta'minotning keskin rivojlanishi va kompyuterlar qo'llanish sohasining kengayibborishi ba'zi dasturlarning bir turdan boshqa turga o'tib qolishiga sabab bo'lmoqda. Masalan, ba'zi amaliy dasturlarning qo'llanilish sohasi chuqurlashib borganligidan uskunaviy dasturga aylanib bormoqda (Makromedia Flash, AutoCad va b). Hozirgi kunda dasturiy ta'minotni quyidagi o'zaro bog'langan guruhlar orqali ifodalash mumkin: Operatsion sistemalar va qobiq-dasturlar (MS DOS, Windows, Unix, Linux, Norton Commander, Total Commander, Far va b. ); dasturlash sistemalari (BASIC, Visual Basic, Paskal, Delphi, C++); Uskunaviy sistemalar; Ma'lumotlar omborini boishqarish tizimlari-MOBT (FoxPro, Acces,Paradox); Mashina grafikasi sistemalari(ilmiy, o'quv, animatsion, ijodiy); Integrallashgan dasturlar paketi(Word, excel, Acces); Amaliy dasturiy ta'minot; Sistemaviy dasturiy ta'minot. OS, Drayverlar, Utilitlar. Sistemaviy dasturiy ta'minot - asosan boshqarish va tekshirish vazifalarini bajaruvchi dasturlar, masalan: kompyuter qurilmalarini boshqarish (protsessor, xotira, kiritish-chiqarish); foydalanilayotgan ma'lumot nusxalarini xosil qilish; kompyuterning ishlash imkoniyatlarini tekshirish; kompyuter haqida ma'lumotlar berish va hokazo; Sistеmaviy dasturiy ta'minot (SDT) quyidagilarni bajarishga qaratilgan: kompyutеrning va kompyutеrlar tarmog'ining ishonchli va samarali ishlashini ta'minlash; kompyutеr va kompyutеrlar tarmog'i apparat qismining ishini tashkil qilish va profilaktika ishlarini bajarish. Sistеmaviy dasturiy ta'minot ikkita tarkibiy qismdan - ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 1.89 MB
Ko'rishlar soni 91 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:58 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 1.89 MB
Ko'rishlar soni 91 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga