Kompyuterlarni ta'mirlash xizmatini ko'rsatish veb saytini yaratish

Kompyuterlarni ta'mirlash xizmatini ko'rsatish veb saytini yaratish

O'quvchilarga / Informatika va AT
Kompyuterlarni ta'mirlash xizmatini ko'rsatish veb saytini yaratish - rasmi

Material tavsifi

Kompyuterlarni ta'mirlash xizmatini ko'rsatish veb saytini yaratish MAZMUNNOMA Shaxsiy kompyuterlarni ta'mirlash masalasi qaralgan bo'lib, shaxsiy kompyuterlarni ta'mirlash veb sayti yaratildi. Turli dasturiy vositalardan foydalanib veb sayt yaratildi, shuningdek ma'lumotlar bazasi yaratildi. Ta'mirlash jarayonida asosiy e'tibor ta'mirlash qurilmalarini o'zaro mosligiga va dasturlar mosligiga qaratilgan. KIRISh Bugun kompyuter texnologiyalari dunyoda jadallik bilan rivojlanayotgan sohalardan biriga aylanib bormoqda. Kompyuterlar asta-sekin insonlar hayotiga kirib bormoqda. Ya'ni, faol ish yurituvchini internet global tarmog'isiz, intellektual ishchini esa ish joyida kompyutersiz tasavvur qilish qiyin. Kompyuter texnologiyalari inson hayot tarzida, kichik va katta korxonalarda, kompaniyalarda, o'quv dargohlarida, davlat muassasalarida behad katta ahamiyat kasb etmoqda. Ҳozirgi vaqtda har bir tashkilot qaysi soxada ish olib bormasin, dunyo bozoriga chiqish uchun o'z faoliyatida internetdan foydalanish zarurligiga katta etibor qaratmokda. Internetda axborotni joylashtirish uchun uning ekrandagi ko'rinishi qulay bo'lishiga, ya'ni Web-sahifasiga e'tibor berish zarur, chunki saxifadagi foydalanuvchi axborot har tomonlama bo'lishi mumkin va u Web-saytga joylashtiriladi. Aql bilan yaratilgan sayt, qoida bo'yicha, informastion yagona bus-butun bo'lishi va joylashtirilgan axborotning ahamiyatiga qarab, ma'lum standartga ega bo'lishi kerak. Yuqorida keltirilganlardan Web-saytni yaratish va uni loyihalash jarayonlarini o'rganib chiqish muammolarining kundalik zarurligi va dolzarbliligi kelib chiqmoqda. Bu o'quv qo'llanma internetda ishlash bo'yicha ma'lum bilim va tajribaga ega bo'lgan talabalar uchun mo'ljallangan. Kompyuterlarni ta'mirlash xizmatini ko'rsatish Web-sahifasini yaratish misolida amaliy dasturlashtirishning nazariy asoslarini va tamoyillarini, ularning funkstional va tuzulmaviy tashkil etilishini, maxsus dasturlash tillarini ishlatgan holda dinamik Web-sahiflari yaratish usullarini va uslubiyatlarini o'qitishdan iborat. Shu sababdan, ushbu yo'nalish mutaxassislariga, ularning informastion intellektual faolligi va zamonaviy texnologik madaniyatligiga yuqori talablar qo'yilmoqda. Tashkilot va muassasalarning samarali ishlashi mutaxassis va umuman, jamoaning muvaffaqiyati tadqiqodchi va foydalanuvchilarning zamonaviy kompyuter va Web-texnologiya uslublari va instrumental vositalarini qanday darajada o'zlashtirib olganliklariga ko'p jihatdan bog'liq bo'ladi. Shuning uchun Kompyuterlarni ta'mirlash xizmatini ko'rsatish informastion texnologiyaning yangi va samarali yo'nalishini o'rganishga yo'naltirilgan, shaxsan, Web-texnologiya va WW butun dunyo cho'lg'amining ishlab turish asoslarini, Web-sahifa-saytlarini yaratish va rejalashtirishni va ularni internetga joylash va reklama qilishning ahamiyati beqiyos katta desak, mubolag'a qilmagan bo'lamiz. I BOB. ShAXSIY KOMPYuTERLARNI TA'MIRLASh XIZMATINI KO'RSATISh TIZIMINING XOZIRGI XOLATI 1.1.Kompyuterlarni ta'mirlash xizmat ko'rsatish tizimining faoliyatini taxlili Kompyuterning asosiy qurilmalari quyidagilar: sistemali blok, monitor va klaviatura (sichqoncha bilan). Sistemali blokda markaziy prostessor, operativ (tezkor) xotira, qattiq disk, kontrollerlar, disketalar va lazerli kompakt disklar bilan ishlash uchun qurilmalar va boshqalar joylashadi. 1.1. Rasm. Kompyuterning asosiy qurilmalari Markaziy prostessor. Kompyuterning eng muxim qismini markaziy prostessor, (ya'ni prostessor va boshqaruv qurilmasi) tashkil etadi. Dastur yordamida berilgan ma'lumotlarni o'zgartiradigan, xamma xisoblash jarayonlarini boshqaradigan xamda xisoblash ishlariga tegishli moslamalarning o'zaro ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 2.5 MB
Ko'rishlar soni 77 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:58 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 2.5 MB
Ko'rishlar soni 77 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga