Maruza Кompyuterli va mikroprotsessorli tibbiyot komplekslarining arxitekturasi Avtomatlashtirish, robotlashtirish, aqilliy qurulmalar, smart tv, tyunerlar, mikroto'lqinli pechlar, muzlatgichlar, konkulyator, audiopleyirlar, to'lov terminallari, MRT va UZD kabi murakkab amallarni bajaruvchi texnikalarda zamonaviy echimlarni mikroprotsessor asboblari va tizimlaridan foydalanmasdan tasavvur qilib bo'lmaydi. Bu texnikalarning barchasi mikroprotsessorlar bilan jihozlangan.Shuning uchun ular aqilliy qurulma (smartdipaysislar) biron vazifani tez va samaraliy bajara oladilar. Mikroprotsessor tarixi Intel kompaniyasiga 1968 yil 18 iyulda Fairchild kompaniyasida ishlagan ikki muhandis Gordon Mur va Robert Noys tomonidan asos solingan. Biroz vaqt o'tgach, kompaniyaning yana bir asoschisi - Endryu Grove paydo bo'ldi. O'sha paytda muhandislar allaqachon aniq maqsadni - yarimo'tkazgich xotirasini amaliy va arzon qilish uchun o'z oldiga qo'ygan edi. 1970 yilga kelib Intel xotira chiplarining muvaffaqiyatli yetkazib beruvchisi sifatida allaqachon mashhur bo'lgan, o'sha paytda birinchi bo'lib eng sig'imli 1 kilobayt xotira modulini yaratgan. 1970 yil aprel oyida Intel muhandis Frederiko Fagginni Xoff ishiga muvofiq 4004 boshqaruv chipini loyihalash uchun yolladi. 4004 seriyali mikrosxemalar ustida ish 1971 yil mart oyida yakunlandi va o'sha yilning iyun oyida ommaviy ishlab chiqarish yo'lga qo'yildi. Protsessorning keyingi versiyasi 8080 1974 yil aprel oyida taqdim etilgan. Ushbu chip 6 mingga yaqin tranzistorni o'z ichiga olgan va 64 kilobayt xotiraga murojaat qila olgan. Aynan u Altair 8800 birinchi shaxsiy kompyuterini o'rnatishda foydalanilgan. Mikroprotsessor (MP) Bu, Shahsiy Kompyuter(ShK)dagi markaziy blok bo'lib, mashinaning barcha bloklari bajaradigan ishlarni boshqarish hamda axborot bilan arifmetik va mantiqiy operatsiyalar bajarish uchun mo'ljallangan. Mikroprotsessor tarkibiga quyidagi qurilmalar kiradi. Boshqarish qurilmasi (BQ): mashinani hamma bloklariga kerakli vaqtda aniq boshqarish signallarini shakllantiradi va uzatadi (boshqaruvchi impulslarni), bu signallar bajarilayotgan amal xususiyati va oldingi amallar natijalari bilan belgilanadi; bajarilayotgan amal ishlatadigan xotira yacheykalari adreslarini shakllantiradi va bu adreslarni EHM ni mos bloklariga uzatadi; boshqarish qurilmasi impulslarning tayanchli ketma-ketligini taktli impulslar generatoridan oladi. Arifmetik-mantiqny qurilma (AMK) - sonli va belgili axborot ustida barcha arifmetik va mantiqiy amallarni bajarish uchun mo'ljallangan (SHK larning ba'zi modellarida amallarni bajarilishini tezlashtirish uchun qo'shimcha matematik soprocessor ulanadi). Interfeys (interface) - kompyuter qurilmalarini o'zaro moslash va aloqa qurilmalari to'plami bo'lib, ularning o'zaro samarali ishlashini ta'minlaydi. Kiritish-chiqarish porti (IO port) - ulash texnik aviyurasi bo'lib, mikroprotsessorga boshqa qurilmalarni ulash imkonini beradi. Taktli impulslar generatori chastotasi shaxsiy kompyuterning asosiy tavsiflaridan biri hisoblanadi va ko'p jihatdan uning ishlash tezligini aniqlaydi, negaki mashinadagi har bir amal ma'lum taktlar soni davomida bajariladi. Tizimli shina - kompyuterning asosiy interfeysli tizimi bo'lib, u kompyuterning barcha qurilmalari orasidagi o'zaro ulanishni va aloqani ta'minlaydi. Registr- qurilmalarning o'ziga xos tengliklar birlashmasini anglatadi, ularning vazifasi ma'lumotlarni ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:44:12
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
197.88 KB
Ko'rishlar soni
83 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:58
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:44 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
197.88 KB
Ko'rishlar soni
83 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:58 ]
Arxiv ichida: pptx