Kompyuterning amaliy dasturiy ta'minoti Reja: I. KIRISH II. ASOSIY QISM. 1. Tizimli dasturlar va ularning turlari. 2. Amaliy dasturlar. Ularni ko'rinishi. 3. Kompyuterning ishlash prinsipi va tashkil etuvchilari II. XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR I. KIRISH Kompyuter dasturiy ta'minoti orasida eng ko'p qollaniladigani amaliy dasturiy ta'minot (ADT)dir bunga asosiy sabab - kompyuterlardan inson faoliyatining barcha sohalarida keng foydalanishi, turli predmet sohalarida avtomatlashtirilgan tizimlarning yaratilishi va qo'llanishidir. Amaliy dasturiy ta'minot quyidagicha tasniflash mumkin. Muammoga yo'naltirilgan ADTga quyidagilar kiradi: -buxgalteriya uchun DT; -personalni boshqarish DT; -jarayonlarni boshqarish DT; -bank axborot tizimlari va boshqalar. Umumiy maqsadli ADT- soha mutaxasisi bo'lgan foydalanuvchi axborot texnologiyasini qo'llaganda uning ishiga yordam beruvchi ko'plab dasturlarni o'z ichiga oladi. Bular: -kompyuterlarda ma'lumotlar bazasini tashkil etish va saqlashni ta'minlovchi ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimlari (MBBT); -matnli hujjatlarni avtomatik ravishda bichimlashtiruvchi,ularni tegishli holatda rasmiylashtiruvchi va chop etuvchi matn muharrirlari; -grafik muharrirlar; -hisoblashlar uchun qulay muhitni tanlovchi elektron jadvallar; -taqdimot qilish vositalari, ya'ni tasvirlar hosil qilish, ularni ekranda namoyish etish, slaydlar, animatsiya, filmlar tayyorlashga mo'ljallangan maxsus dasturlar. Ofis ADT idora faoliyatini tashkiliy boshqarishni ta'minlovchi dasturlarni o'z ichiga oladi. Ularga quyidagilar kiradi: -rejalovchi yoki organayzerlar, ya'ni ish vaqtini rejalashtiruvchi, uchrashuvlar bayonnomalarini, jadvallarni tuzuvchi, telefon va yozuv kitoblarini olib boruvchi dasturlar; -tarjimon dasturlar, ya'ni berilgan boshlang'ich matnni ko'rsatilgan tilga tarjima qilishga mo'ljallangan dasturlar; -skaner yordamida o'qilgan axborotni tanib oluvchi va matnli ifodaga binoan o'zgartiruvchi dasturiy vositalar; - tarmoqdagi uzoq masofada joylashgan abonent bilan foydalanuvchi orasidagi o'zaro muloqotni tashkil etuvchi kamunikatsion dasturlar. Kichik nashriyot tizimlari axborot texnologiyasini ta'minlaydi, matnni bichim solish va taxrirlash, avtomatik ravishda betlarga ajratish, xat boshlarini yaratish, rangli grafikani matn orasiga qo'yish va xoka'zolar bajaradi. Multimedia dasturiy vositalari dasturiy mahsulotlarning nisbatan yangi sinfi hisoblanadi. U ma'lumotlarni qayta ishlash muhitining o'zgarishi, lazerli disklarning paydo bo'lishi, ma'lumotlarning tarmoqli texnologiyasining rivojlanishi natijasida shakllandi. Sun'iy intellekt tizimlari. Bu sohadagi izlanishlarni to'rt yo'nalishga bo'lish mumkin: -ijodiy jarayonlarni imitatsiya qiluvchi tizimlar. Ushbu yo'nalish kompyuterda o'yinlarni (shaxmat, shashka va x.k.) avtomatik tarjima qilishni va boshqalarni amalga oshiradigan dasturiy ta'minotni yaratish bilan shug'ullanadi. Bilimlarga asoslangan intelektual tizimlar. Ushbu yo'nalishdagi muhim natijalardan biri ekspert tizimlarning yaratilishi hisoblanadi. Shu tufayli sun'iy intellekt tizimlarini ma'lum va kichik sohalarning eksperti sifatida tan olinishi va qo'llanishi mumkin. EXMlarning yangi arxitekturasini yaratish. Bu yo'nalish sun'iy tafakkur mashinalari (beshinchi avlod EXMlari) ni yaratish muammolarini o'rganadi. Intelektual robotlar. Bu yo'nalish oldindan qo'yilgan manzil va maqsadga erisha oladigan intelektual robotlar avlodini yaratish muammolari bilan shug'ullanadi. hozirgi paytda dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalarini yaratish bilan bog'liq yo'nalish tez suratlar bilan ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:44:12
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
73.43 KB
Ko'rishlar soni
140 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:58
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:44 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
73.43 KB
Ko'rishlar soni
140 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:58 ]
Arxiv ichida: doc