Kompyuterning audio va video tizimlari

Kompyuterning audio va video tizimlari

O'quvchilarga / Informatika va AT
Kompyuterning audio va video tizimlari - rasmi

Material tavsifi

Reja: Multimedia Tovushli texnologiyalarni ta'minlovchi kompyuter vositalari Tovush sintezatori moduli Akustik tizimlar Mikrofon va ovoz kuchaytirgich ENT asosidagi videomonitorlar Monitor ekranining o'lchami Raqamli va uzluksiz monitorlar Vertikal (kadrli) yoyish Monitorlarning o'tkazish qobiliyati Monoxromli monitorlar Rangli monitorlar Monitorlarning ergonomikligi Suyuq kristalli indikatorlardagi videomonitorlar Videonazoratchilar (Videoaadapterlar) 1. MULTIMEDIA Multimedia - bu kompyuter texnologiyasining turli xil fizik ko'rinishta ega bo'lgan (matn, grafika, rasm, tovush, animaciya (hayvonlar tasviri), video va sh.o'.) va yoki turli xil tashuvchilarda mavjud bo'lgan (magnit va optik disklar, audio- va video-lentalar va h.k.) axborotdan foydalanish bilan bog'liq sohasidir. AppDataLocalDocuments and SettingsVASIApplication DataMicrosoftWordDocuments and SettingsZAFDiplom2005ERKINAKAOfis texnikasimndarslikalbumalbumkm26.JPGMultimedia (multimedia - ko'p muhitlilik) vositalari bu apparat va dasturlar to'plani bo'lib, u insonga o'zi uchun tabiiy bo'lgan juda turli-tuman muhitlarni: tovush, video, grafika, matnlar, animaciya va b. ishlatgan holda kompyuter bilan muloqat qilish imkonini beradi. Multimedia foydalanuvchiga fantastik dunyoni (virtual haqiqiy) yaratishda juda ajoyib imkoniyatlarni yaratib beradi, bunda foydalanuvchi chekkadagi sust kuzatuvchi rolini bajarmasdan, balki u yerda avj olayotgan hodisalarda faol ishtirok etadi; shu bilan birga muloqat foydalanuvchi uchun odatlangan tilda - birinchi navbatda tovushli va videoobrazlar tilida bo'lib o'tadi. Multimedia vositalariga quyidagilar kiradi: ma'lumotlarni audio - (nutqli) va videokiritish va chiqarish qurilmalari; yuqori sifatli tovushli (sound) va video - (video) platalar, videoqamrash platalari (video grabber), ular videomagnitofondan yoki videokameradan tasvirni oladi va uni SHK ga kiritadi; yuqori sifatli kuchaytirgichli, tovush kolonkali, katta videoekranli akustik va videoqabul qiladigan tizimlar, hozirdayok keng tarqalgan skanerlar (chunki ular kompyuterga bosma matnlarni va rasmlarni avtomatik kiritish imkonini beradi); yuqori sifatli printerlar va plotterlar. 2. TOVUSHLI TEXNOLOGIYALARNI TA'MINLOVCHI KOMPYUTER VOSITALARI Tovushli platalar (kartalar) Tovushli platalar (Sound Blaster) turli xil tovushli signallarni: musiqa, nutq, shovqinli effektlarni yaratish, yozish va eshitish uchun ishlatiladi. Tovushli yaratish rejimida plata xuddi musiqa asbobi kabi harakat qiladi. Tovushli plata yordamida yaratiladigan musiqa sintezlangan musiqa deyiladi. Tovushin eshitish rejimida plata raqamli audiopleyerga o'xshab ishlab, u xotiradan o'qilgan raqamli signallarni analogli tovushli signallarga o'zgartiradi. Tovushli yozish rejimida plata tovushli signallarni keyinchalik ularni kompyuter xotirasiga yozish uchun raqamlashni amalga oshiradi. Funkcional jihatdan plata bir nechta modullarni o'z ichiga oladi: tovushni yozish va eshitish moduli; tovushni sintezlovchi modul; interfeyslar moduli. Tovushni yozish va eshitish moduli tovushli raqamlash uchun uzluksiz-raqamli o'zgartirgichni ishlatadi. Ikkala holla ham tovush sifatiga o'zgartirgichlarning razryadliligi sezilarli ta'sir etadi. Raqamlash qanday amalga oshiriladi? Uzluksiz-raqamli o'zgartirgichda analogli tovushli signal qatiy aniqdangan ketma-ket vaqt oraliqlari (diskretlash oraliqlari) orqali o'lchanadi, uning amplitudasining ulchangan qiymatlari daraja bo'yicha kvantlanadi (signalning yaqin yotgan diskret qiymatlari bilan almashtiriladi) va mos ikkilik kodlari ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 52.32 KB
Ko'rishlar soni 82 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:59 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 52.32 KB
Ko'rishlar soni 82 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga