Kompyuterning dasturiy ta'minoti

Kompyuterning dasturiy ta'minoti

O'quvchilarga / Informatika va AT
Kompyuterning dasturiy ta'minoti - rasmi

Material tavsifi

Kompyuterning dasturiy ta'minoti Reja: 1. Dasturiy ta'minot haqida tushuncha. 2. Sistemaviy dasturiy ta'minot. 3. Amaliy dasturiy ta'minot. 4.Dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari (instrumental tizimlar). Dasturiy ta'minot haqida tushuncha Shaxsiy kompyuter ikkita tashkiliy qismdan iborat bo'lib, bular apparat ta'minoti va dasturiy ta'minotdir. Apparat ta'minoti - kompyuterning asosiy texnik qismlari va qo'shimcha qurilmalaridir. Dasturiy ta'minot kompyuterning ikkinchi muhim qismi bo'lib, u ma'lumotlarga ishlov beruvchi dasturlar majmuasini va kompyuterni ishlatish uchun zarur bo'lgan hujjatlarni o'z ichiga oladi. Kompyuterning apparat va dasturiy ta'minoti orasidagi bog'lanish interfeys deb ataladi. Kompyuterning turli texnik qismlari orasidagi bog'lanish - bu apparat interfeysi, dasturlar orasidagi o'zaro bog'lanish esa - dasturiy interfeys, apparat qismlari va dasturlar orasida o'zaro bog'lanish - apparat-dasturiy interfeys deyiladi. Insonning dastur bilan va dasturning inson bilan o'zaro muloqoti - foydalanuvchi interfeysi deyiladi. Kompyuterning dasturiy ta'minotini uch kategoriya bo'yicha tasniflash mumkin: sistemaviy dasturiy ta'minot; amaliy dasturiy ta'minot; dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari. Sistemaviy dasturiy ta'minot (System software)- kompyuterning va kompyuter tarmoqlarining ishini taminlovchi dasturlar majmuasidir. Amaliy dasturiy ta'minot (Aplication programm pascage) - bu aniq bir predmet sohasi bo'yicha malum bir masalalar sinfini yechishga mo'ljallangan dasturlar mujmuasidir. Dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari - yangi dasturlar ishlab chiqish jarayonida qo'llaniladigan maxsus dasturlar majmuasidan iborat vositalardir. Sistemaviy dasturiy ta'minot Sistemaviy dasturiy ta'minot (SDT) quyidagilarni bajarishga qaratilgan: -Kompyuterning va kompyuter tarmog'ining ishonchli va samarali ishlashini ta'minlash; -Kompyuter va kompyuter tarmog'i apparat qismining ishini tashkil qilish va profilaktika ishlarini bajarish. SDT ikkita tarkibiy qismdan - asosiy (bazaviy) dasturiy ta'minot va yordamchi (xizmat ko'rsatuvchi) dasturiy ta'minotdan iborat. Asosiy dasturiy ta'minot - bu kompyuter ishini taminlovchi dasturlar to'plamidir. Ularga quyidagilar kiradi: operatsion tizim, tarmoq operatsion tizimi. Operatsion tizim (OT) kompyuter yoqilishi bilan ishga tushadi va kompyuter va uning resurslarini (tezkor xotira, diskdagi o'rinlar va h.k.) boshqaradi, foydalanuvchi bilan muloqot tashkil etadi, bajarish uchun boshqa dasturlarni (amaliy dasturlarni) ishga tushiradi. OT foydalanuvchi va amaliy dasturlar uchun kompyuter qurilmalari bilan qulay muloqotni ta'minlaydi. 1981 yildan 1995 yilgacha IBM PC shaxsiy kompyuterlarining asosiy operatsion tizimi MS DOS edi. Shu yillar ichida u MS DOS 22 versiyasigacha bo'lgan rivojlanish bosqichlarini bosib o'tdi. Tarmoq OT. Tarmoqqa ulangan kompyuterlarni yakkaxol va birgalikda ishlashini taminlovchi maxsus dasturlar majmuasidan iborat OT - tarmoq operatsion tizimi deyiladi. Ushbu OT tarmoq ichra ma'lumotlarni almashish, saqlash, qayta ishlash, uzatish kabi xizmatlarni ko'rsatadi. Drayverlar. Ular OT imkoniyatini kengaytiradi. Jumladan, kompyuterning kiritish-chiqarish qurilmalarini (klaviatura, sichqoncha, printer va boshq.) boshqarishda yordam beradi. Drayverlar yordamida kompyuterga yangi qurilmalarni ulash yoki mavjud qurilmalardan nostandart ravishda foydalanish mumkin. Yordamchi (xizmat ko'rsatuvchi) DTga asosiy DT ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 1.51 MB
Ko'rishlar soni 85 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:59 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 1.51 MB
Ko'rishlar soni 85 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga