Кompyuterning grafikasi va ularning turlari Reja: 1. Кompyuter grafikasi tushunchasi. 2. Corel Draw grafik muhariri 3. Fotoshop dasturlari Кompyuter grafikasi va animasiyasi tushunchasi Corel Draw vektorli paketi rasm chizishdan tashqari turli grafiklarni tayyorlash va rastrli tasvirlarni taxrirlash ishlarini bajara oladi. Bu dastur fayllarni boshqarish, kompyuter displeyida slayd-filmlar namoyish etish, «qo'lda» chizish va tasvir qatlamlari bilan ishlash, uch o'lchamli maxsus effektlarni qo'llash, matnni qayta ishlash vositalari bilan ta'minlangan. Windows muxitida ishlovchi Adobe PhotoStyler, SGI va Macintosh kompyuterlari uchun mo'ljallangan Barco Creator, Live Picture, Scitex Blaze, Linotype Da Vinci, Eclipse, Pixelfx dasturlari ham keng tarqalgan. Barco Creator dasturi o'zining ishlash tezligi, hamda keng funksional imkoniyatlari bilan ajralib turadi. CorelDRAW 10 vektor grafikasi muharririning ishchi oynasidagi asosiy elementlari bilan tanishib chiqamiz. Windows muhitida ishlovchi boshqa dasturlar kabi oynaning yuqori qismida oyna sarlavhasi va menyusi joylashgan. CorelDRAW 10 dasturida o'z interfeysini o'zgartirish imkoniyatlari kengaytirilgan. Dastur oynasining markazida varaq rasmi joylashgan, u ishchi soha deb yuritiladi. Ishchi sohada va undan tashqarida tasvir chizish imkoniyati mavjud, biroq chop qilinayotganda faqat ishchi sohada chizilgan tasvir chiqariladi. Ranglarni boshqarish uchun oynaning o'ng qismida joylashgan ranglar majmuasidan foydalaniladi. Xususiyat paneli)ga e'tibor bering, ularning ko'rinishi har bir uskunaga mos ravishda o'zgaradi. Shu bilan birga holat satridagi ma'lumotlar ko'rinishi ham o'zgaradi. Muharrir sozlangandan so'ng tasvir bilan ishlashingiz va turli xildagi vektor obyektlar yaratishingiz mumkin. Corel DRAW imkoniyatlari COREL DRAW OYNASI ANIMATSIYALI TUGMALAR YARATISH O'z ko'rinishini o'zgartiradigan tugma yaratish tartibini ko'rib o'tamiz. Dastlab tugma bosilgan va bosilmagan holatlarini ko'rsatuvchi ko'rinishlarni yaratish lozim bo'ladi. Atroflari yoysimon to'rtburchak yaratamiz va uni qora rangga bo'yaymiz. Ushbu to'rtburchak nusxasini undan sal yuqori va chaproqda joylashtiramiz, so'ngra uni oq rang bilan bo'yaymiz. Uning ichiga yozuv yozamiz, yozuv atrofini qora rang, uning ichini esa oq rang bilan bo'yaymiz. Bosilmagan holatdagi tugma ko'rinishi tayyor bo'ldi Endi ulardan foydalanib o'zgaruvchi obyektlar yaratish mumkin. OBYEKT SOYALARINI YARATISH Obyekt soyasini unga hajm o'rnatish orqali ham hosil qilish mumkin bo'lsa-da, maxsus uskuna yordamida unga soya o'rnatish qulayroqdir. Bunda yarim shaffof bo'lgan, turli tomonlar bo'yicha tushib turgan soyalarni hosil qilamiz. Yordamchi paneldagi interaktiv uskunalardan «Interactive Drop Shadow Tool» ni tanlab, siqchoncha ko'rsatkichini tuzilgan obyekt markaziga o'rnatish, so'ngra tugmasini bosib turib sichqonchani chetga ko'chirish lozim. Ekranda soya konturlari va sozlash vektori hosil bo'ladi . Sichqoncha tugmasini qo'yib yuborganda obyekt soyasi chizilgan bo'ladi . Soya tushish yo'nalishini o'zgartirish uchun vektor oxirini ko'chirib, sozlash vektori markazida joylashgan konturli to'rtburchakni vektor oxiriga yaqin qismga ko'chiriladi, bunda soya yanada to'q tuslanadi. Property Bar (Xususiyatlar) panelining «Interactive Transparensy Tool» satriga ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:44:12
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.17 MB
Ko'rishlar soni
95 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:59
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:44 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.17 MB
Ko'rishlar soni
95 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:59 ]
Arxiv ichida: pptx