Kompyuterning rivojlanish tarixi, uning avlodlari va qurilmalari

Kompyuterning rivojlanish tarixi, uning avlodlari va qurilmalari

O'quvchilarga / Informatika va AT
Kompyuterning rivojlanish tarixi, uning avlodlari va qurilmalari - rasmi

Material tavsifi

Kompyuterning rivojlanish tarixi, uning avlodlari va qurilmalari Reja: 1. Kompyuterning tarixi va avlodi 2. Kompyuterning asosiy va qo'shimcha qurulmalari. Kompyuterning tarixi va avlodi XX asrning 30-40 yillarida kompyuter ning dastlabki loyixalari paydo bula boshladi. Birinchi kompyuter yaratish ishlari 1937 yilda AQSH ning Ayova shtatida joylashgan universitetning professori A. Atanasov tomonidan boshlangan. Bu olim tomonidan yaratilmoqchi bo'lgan kompyuter matematika va fizikaning ayrim masalalarini yechishga mo'ljallangan edi. Ammo 2 jahon urushi bu ishlarni oxirigacha yetkazish imkonini bermadi. Atanasovning buyuk xizmatlaridan biri shu bo'ldiki, kompyuterda 2 lik sanoq sistemasi qo'llanishining qulayligini ko'rsatdi. Kompyuterning yaratish davri 1945 yilda AQSH da Ekkert va Mouchli tomonidan yaratilgan ENIAC nomli mashinadan boshlandi. Barcha imkoniyatlarga ega bo'lgan daslabki kompyuter lardan biri 1949 yil Angliyada yaratilgan EDSAC nomli mashinadir. 1951 yili Kievda akademik S.A.Lebedev raxbarligida birinchi MESM (Малая электронная счетная машина yoki kichik elektr hisoblash mashina) mashinasi yaratilda. Shu davrdan boshlab sobiq Sovet ittifoqida kompyuter larni yaratish yillari rivojlanib ketdi. Kompyuterni avlodlarga ajratish 2 xil no'qtai nazardan qaraladi: birinchidan, kompyuter ning qanday elementlaridan tashqil topganligi; Ikkinchidan, kompyuter ning imkoniyatlari, matematik ta'minotining rivojlanishi. Kompyuterning taraqqiyotida 1-yunalish (fizik nuqtai nazar) bo'yicha qilingan ishlar uning hajmini kichrayishda, tezligi va xotira hajmini oshishiga, kompyuter bilan inson orasidagi muloqotni osonlashtirishga qaratilgan bo'lsa, 2 yunalishda (matematika nuqtai nazardan) qilingan ishlar 2 guruhga ajratilgan: 1 guruh-dasturlash jarayonini avtomatlashtirishga qaratilgan bo'lib, unda mashina tilidan (2 lik) avtokod yoki assembler tillariga, avtokoddan algoritmik yoki dasturlash tillariga, bulardan universal va muammoga mo'ljallangan tillarga utiladi. 2 guruh-dasturning kompyuterdan o'tish jarayonini avtomatlashtirishga qaratilgan bo'lib, natijada operatsion sistema (OS) vujudga keldi. I avlod kompyuter tarixi Birinchi avlod mashina elementlari elektron lampalardan iborat bo'lib, tezligi sekundiga 10-20 ming amal bajara oladi, xotira hajmi chegaralangan bo'lib, kiritish-chiqarish qurilmalarini imkoniyatlari ham chegaralangandir. Birinchi kompyuterni yaratishda M.V.Keldsh, S.A.Lebedev, M.A.Lovrentev kabi buyuk olimlarning xissasi kattadir. Bu avlodlarga quyildagi kompyuter lar kiradi: Strela, BESM-1, M-2, M-3, M-20, Minsk-1,12,14, BESM-2, Ural-1. Birinchi avlod kompyuter lardan foydalanish ochik holatda bo'lib, unga ko'ra har bir dasturchi kompyuterni o'zi boshqarar edi. Shuning uchun ham kompyuterni foydali ish vaqti foydalanuvchining malakasiga bog'liq edi. Bu davr standart dasturlar yaratish, dasturlar kutubxonasini tashqi xotirada saqlash va undan foydalanish bilan ajralib turadi. II avlod kompyuter tarixi 2-avlod elementlari tranzistorlardan tashqil etib, kiritish-chiqarish qurilmalarining imkoniyatlari, ichki xotiraning hajmi, tezligi oshirilgan va dasturlash tuzish rivojlangan. Bu avlod kompyuterlarida dasturlar asosan algoritmik tillarda tuzilib, ularni tushinish uchun traslyator (tarjimachi dasturlar) lar yaratildi. Bu dasturlash jarayonini avtomatlashtirishdagi muhim qadamlardan biri bo'ldi. Bu davrga kelib, dasturchilar uchun yopiq holat joriy etildi ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 44.32 KB
Ko'rishlar soni 91 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:59 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 44.32 KB
Ko'rishlar soni 91 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga