Kompyuterning tashqi xotirasi bilan ishlash haqida umumiy ma'lumot

Kompyuterning tashqi xotirasi bilan ishlash haqida umumiy ma'lumot

O'quvchilarga / Informatika va AT
Kompyuterning tashqi xotirasi bilan ishlash haqida umumiy ma'lumot - rasmi

Material tavsifi

Kompyuterning tashqi xotirasi bilan ishlash 8-sinf Informatika va hisoblash texnikasi asoslari 13-mavzu Kompyuterning tashqi xotirasi haqida avvalroq ma'lumot bergan edik. Ular magnit tasma, egiluvchan magnit disk - disket, optik disk - CD va DVD, flash-xotiralar edi. Disket yuzasi temir ikki oksidli (Fe2O3) maxsus magnit qatlam bilan qoplangan. Magnit tasmada ham, magnit diskda ham axborot qattiq magnit disk kabi usulda yoziladi. Ya'ni disket formatlanganda konsentrik aylanalar ko'rinishidagi yo'llarga ajratiladi hamda yo'llar sektorlarga bo'linadi. Axborot disk sektorlarining yo'llari bo'ylab yoziladi. Disketlarda ham fayl sistemasi ish yuritadi va shuning uchun har bir sektorda identifikatsiya qilish uchun joy ajratiladi (adres maydoni), qolgan joylariga esa ma'lumotlar yoziladi. Disk yurituvchiga joylashtirilgan disketni formatlash quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi: 1. «Мой компьютер»sistema katalogi ochiladi. 2. Диск 3,5 (А:) disk yurituvchi tanlanib, sichqonchaning o'ng tugmasi bosiladi. 3. Ochilgan kontekst-menyudan Форматировать (Formatlash) amali tanlanadi, natijada quyidagi muloqot oynasi hosil bo'ladi: Qattiq disklar Disk yurituvchi Flash xotira Tashqi xotira hajmini ko'rish Formatlash fayl sistemasini tanlash Tashqi xotiraga nom berish Formatlash usulini tanlash Formatlash jarayonini boshlash 4. Disketni formatlash uchun Начать (Boshlash) tugmasi, aks holda Закрыть (Yopish) tugmasi tanlanadi. 5. Operatsion sistema disketdagi ma'lumotlar bexosdan o'chib ketishining oldini olish uchun quyidagi ko'rinishda ogohlantiradi: 6. Formatlash jarayonini davom ettirish uchun OK tugmasi tanlanadi. 7. Keyingi muloqot oynalarida OK va Закрыть tugmalarini tanlash bilan formatlash jarayoni tugatiladi. Disketdagi fayl yoki katalogni ochish yoki o'chirish uchun ham, asosan, kontekst-menyudan foydalanilishi, bunda Enter yoki Delete klavishlaridan foydalanish mumkinligi quyi sinflardan sizga ma'lum. Flash-xotira va flash-disk sistema blokidagi maxsus portga ulanadi. Bu port USB (Universal Serial Bus, ya'ni universal ketma-ket sig'im) deb ataladi. Flash-xotira va flash-disk ustida amallar disketlardagi kabi bajariladi. Vinchester ham disket kabi tashqi xotira sifatida qaralishi mumkin. Vinchester xotirasidan unumli foydalanish maqsadida uni bir-biriga bog'liq bo'lmagan turli hajmdagi bir necha bo'laklarga (mantiqiy disklarga) ajratish mumkin. Kompakt diskdagi ma'lumotlarni o'qish uchun CD-ROM qurilmasi bo'lishi yetarli, lekin ma'lumot yozish uchun kompyuterga CD Writer qurilmasi o'rnatilgan bo'lishi kerak. Kompakt diskka ma'lumot yozishni Windows XP operatsion tizimi vositalari yordamida amalga oshirish mumkin. Lekin diskka yozish, nusxa ko'chirish, o'chirish va yangilash masalalarini mukammal darajada bajarish uchun maxsus dasturlardan, masalan, Ahead Nero Burning ROM dasturidan foydalanish tavsiya etiladi. Shaxsiy kompyuterda DVD larni ochish uchun unga DVDROM qurilmasi o'rnatilgan bo'lishi kerak. DVD-ROM qurilmasi nafaqat DVD, balki CD larni ham ochish imkoniyatini beradi. a) diskni tozalash (keraksiz ma'lumotlarni o'chirish); b) diskdagi ba'zi axborotlarni arxivlash; d) diskni defragmentatsiyalash. Operatsion sistemalar qattiq disk, flash-xotiralar bilan ishlash uchun quyidagi muloqotli servis xizmatlarini taklif etadi: Savol ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.31 MB
Ko'rishlar soni 139 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:59 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.31 MB
Ko'rishlar soni 139 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga