Kompyuterning tizimli periferiyali interfeysi. EHM portlari

Kompyuterning tizimli periferiyali interfeysi. EHM portlari

O'quvchilarga / Informatika va AT
Kompyuterning tizimli periferiyali interfeysi. EHM portlari - rasmi

Material tavsifi

Reja: Periferiyali interfeys Kengaytirish shinalari Lokal shinalar Periferiya shinalari Yangi universal ketma-ket periferiya shinalari USB portlar COM ketma - ket portlari Paralel interfeys LPT - port 1. PERIFERIYALI INTERFEYS Interfeys (interface - Kompyuterra tegishli adabiyotda ba'zida «interfeys» atamasi o'rniga «nazoratchi» yoki «adapter» atamalari ishlatiladi. qatiy aytganda, bu to'g'ri emas, chunki «nazoratchi» (controller) interfeysni boshqaradi va uning ishlashini ta'minlaydi, «adapter» (adapter) interfeyslarning to'g'ri (mos) kelishini ta'minlaydi) - ulanish va aloqa vositalari to'plami bo'lib, u tizimlarning yoki ular qismlarining o'zaro samarali harakatini ta'minlaydi. Interfeysda odatda ulanish masalalarining mexanik (simlar soni, aloqa elementlari, ulanish tiplari, kontaktlar nomerlari va sh.o'.) va mantiqiy (tushunarli signallar, ularning uzunligi, kutbliligi, chastotasi va amplitudasi, o'zaro harakat bayonnomalari ) darajalari ko'zda tutilgan. Mashina ichidagi interfeys - EHM tarmoqlari va bloklarining o'zaro aloqa va ulanish tizimidir. U elektr aloqa liniyalari (simlar), kompyuter komponentalari bilan ulanish sxemalari, signallarni uzatish va o'zgartirish bayonnomalari (algoritmlar) yig'indisi ko'rinishiga egadir. Mashina ichidagi interfeysni tashkil etishning 2 varianti mavjud. Ko'p aloqali interfeys. SHK ning har bir bloki boshqa bloklar bilan o'zining lokal simlari orqali bog'langan; ko'p aloqali interfeys ba'zida tizimli interfeysni to'ldiruvchi periferiyali interfeysi sifatida (SHK ning tashqi qurilmalari bilan aloqa qilish uchun ) qo'llaniladi, sistemali interfeys sifatida esa faqat ba'zi xonadon kompyuterlarida ishlatiladi. Bir aloqali interfeys. SHK ning barcha bloklari bir-biri bilan umumiy yoki tizimli shina orqali bog'langan. Nisbatan ko'pchilik zamonaviy SHK larda tizimli interfeys sifatida tizimli shina ishlatiladi. Tizimli shinaning strukturasi va tarkibi SHK ning funkcional-strukturali tashkil etilishi bobida ko'rib chiqilgan. Tizimli shinaning muhim funkconal tavsiflari quyidagilardir: u xizmat ko'rsatadigan qurilmalar soni va uning o'tkazish qobiliyati, ya'ni axborotni uzatishning eng yuqori mumkin bo'lgan tezligi. Shinaning o'tkazish qobiliyati uning razryadliligiga (8,16,32 va 64 razryadli shinalar bor ) va shina ishlaydigan taktli chastotaga bog'liq. Tizimli shina sifatida turli SHK larda quyidagilar ishlatilgan va ishlatilishi mumkin: kengaytirish shinalari - ko'p sonli juda rang-barang qurilmalarni ulash imkonini beruvchi umumiy vazifali shinalar; lokal shinalar - uncha katta bo'lmagan aniq bir sinfdagi qurilmalarga xizmat ko'rsatishga ixtisoslashgan. 2. KENGAYTIRISH SHINALARI Multibus 1 shinasi 2 ta modifikaciyaga ega: PCXT bus va PC AT bus. PCXT bus shinasi - 4,77 MGc taktli chastotaga mo'ljallangan 8-razryadli qiymatlar shinasi va 20-razryadli adreslar shinasidir; apparatli uzulishlar uchun 4 ta liniyaga va xotiraga to'g'ridan-to'g'ri murojaat qilish uchun 4 ta kanalga ega ( DMA - Direct Memory Access kanallari). Adreslar shinasi mikroprocessorning adres kengligini 1 Mbayt kattalik bilan chegaralaydi. 8086, 8088 MP bilan ishlatiladi. PCAT bus shinasi - 8 MGc gacha ishchi taktli chastotada ishlovchi 16-razryadli ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 43.9 KB
Ko'rishlar soni 93 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:00 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 43.9 KB
Ko'rishlar soni 93 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga