Reja: 1. Kompyuterning ichki qurilmalari. 2. Kompyuterning tashqi qurilmalari. 3. Kompyuterga qo'shimcha o'lanuvchi qurilmalar. 4. Asosiy tushunchalar. 5. MS DOS (Microsoft Disk operation system) operatsion sistemasining tashkil etuvchilari. 6. MS DOS operatsion sistemasida ishlash texnologiyasi. SHaxsiy kompyuterlarning asosiy qurilmalari quyidagilardan iborat: 1. Sistemalar bloki (protsessor)- bu kompyuter ishini boshqaruvchi va hamda hisob-kitobni bajaruvchi qurilma. 2. Klaviatura - bu kompyuter xotirasiga simvol kiritish vazifasini bajaradi. Z. Monitor (displey)- bu qurilma tekst va grafik ko'rinishidagi ma'lumotlarni tasvirlaydi. 4. Bosmaga chiqarish qurilmasi - bu qurilma orqali tekst va grafik ko'rinishidagi ma'lumotlarni qog'ozga bosib chiqarish uchun xizmat etadi. 1. Kompyuter (sistemalar bloki) quyidagi ichki qurilmalardan tashkil topgan: a) asosiy mikroprotsessor - bu kompyuterning butun ishini boshqaradi va hamda hamma hisob-kitobni bajaradi. b) tezkor xotirada kompyuter bajaradigan dastur hamda shu dastur uchun foydalanadigan ma'lumot joylashgan bo'ladi. Bu xotiraning hajmi 640 Kbaytdan 512 Mbaytgacha hatto undan ham katta bo'lishi mumkin. v) elektron sxemalar (kontrolerlar) kompyuter tarkibiga kiruvchi qurilmalarning ishlarini boshqaruvchisi hisoblanadi. g) kiritish - chiqarish porti, bu orqali protsessor tashqi qurilmalar bilan ma'lumot almashtirish uchun xizmat qiladi. Portlar 2 xil ko'rinishda: parallel (LPTI-LPT4) va ketma-ket (som1-som2). Ketma-ket portlar kiritish chiqarishni katta tezlikda bajaradi. d) magnit disklari bilan ishlovchi blok - odatda bu blok sistema blokiga o'rnatilgan bo'lib, egiluvchan magnitli diskdagi axborotlarni o'qish va axborotlarni saqlash ishlarini bajaradi. 2. Kompyuterning tashqi qurilmalariga klaviatura, monitor, printer, egiluvchan magnit disklari va boshqalar kiradi. Kompyuter klaviaturasi unga ma'lumotni kiritish va uni boshqarish uchun mo'ljallangan. Tugmalarining soniga ko'ra standart 84 va kengaytirilgan (101) klaviaturalari mavjud. Bundan tashqari klaviaturalar lotin harflarining joylashishiga ko'ra Angliya va amerika standarti bilan farqlanadi. Klaviaturada lotin harflari ingliz yozuv mashinkasidagidek, kirillitsa harflari esa rus mashinkasidagidek joylashgan bo'ladi. O'zbekcha O',Q,G',H harflari uchun maxsus tugmalar mavjud emas. Bu maxsus o'zbek drayveri asosida harflar boshqa belgilar tugmalari orqali ifodalanadi. Odatda kompyuter ishga tushirilishi bilan lotin alifbosining bosh va kichik harflarini kiritish holatida ishlaydi. Kichik harflarni kiritish uchun harfga moc keluvchi tugmani bosish, bosh harflarni kiritish uchun esa, [Shift] tugmasi bilan birgalikda harfga mos tugmalarni bosish lozim (Ikki tugmani birgalikda bosish kerak deyilganda birinchisini bosib, quyib yubormasdan ikkinchisini bosish tushuniladi). Klaviatura klavishlarini shartli ravishda maydonlarga bo'lish mumkin: asosiy maydon; kursorni boshqarish klavishlari maydoni; sonlar bilan ishlovchi kichik klavishlar va funktsional klavishlar. Asosiy maydonda oq rangli alifbolar klavishlari va ko'k rangli maxsus boshqarish klavishlari joylashgan. Oq rangli klavishlarda lotin va kirill harflari, raqam va belgilar joylashgan. Odatda Kirill harflari qizil rangga sirlangan bo'lib, pastki o'ng tarafda yozilgan. Lotin harflari esa qora rangli ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:44:12
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
27.11 KB
Ko'rishlar soni
136 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:00
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:44 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
27.11 KB
Ko'rishlar soni
136 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:00 ]
Arxiv ichida: doc