Konstruktorlik hujjatlarining yagona tizimi

Konstruktorlik hujjatlarining yagona tizimi

O'quvchilarga / Informatika va AT
Konstruktorlik hujjatlarining yagona tizimi - rasmi

Material tavsifi

Konstruktorlik hujjatlarining yagona sistemasi ( tizimi ) Reja: 1. Kirish. 2. Standartlarning ta'rifi va vazifasi 3. Standartlarning ta'sir doirasi. 4. YeSKD standartlarining tarkibi 5. Formatlar. GOST 2.301 - 68 ( ST SEV 1181-78) 6. Masshtablar (GOST 2.302-68) (ST. SEV 1180-78) 7. Chiziqlar (GOST 2.303-68) (ST SEV 1178-78) 8. Chizma shriftlari. GOST 2.304-81 (ST SEV 851-78-ST SEV 855-78). Kirish. Chizma-buyumning yoki buyum bir qismining grafik tasviri bo'lib, shu buyumli tayyorlashda asosiy hujjat hisoblanadi. Har bir buyumning konstruktor tomonidan avval loyihasi tuziladi. Buyumning loyihasini tuzishda davrida rasmlar, eskizlar, sxemalar, chizmalar chiziladi. Jamiyat, ishlab chiqarish kuchlarining taraqqiy etishi bilan chizmalarning rasmiylatirilishi va ularning mazmuni xam o'zgara boradi. muhandislik grafikasi bo'lajak bakalavrlarga texnikaviy g'oyalarni chizmalar vositasida bayon etish, shuningdek berilgan chizmalar orqali texnik buyumlarni ishlash prinsiplarini tushunish malakasini o'rgatadi. muhandislik grafika fani bakalavrlar uchun, konstruktorlik hujjatlarni rasmiylashtirishning asosiy qoidalarini o'rganishlarida birinchi bosqich hisoblanadi. Chizmalarga qarab to'lik texnik fikr yuritish va ularni ishlab chiqarish hujjatlari sifatida bilish, muhandislik grafikasidan yetarli malaka va ko'nikmaga ega bo'lish, tegishli mutaxassislik yo'nalishi bo'yicha barcha texnik fanlarni mukammal o'rganish, kurs ishi va diplom loyihalarini bajarish bilan erishiladi. Chizmalarga taluqli standartlarni mukammal o'rganish hisoblash-grafik ishlarini bajarish jarayonida amalga oshiriladi. 2. Standartlarning ta'rifi va vazifasi. Konstruktorlik hujjatlarining yagona sistemasi-korxona va tashkilotlar ishlab chiqarayotgan va foydalanayotgan konstruktorlik hujjatlarini tayyorla, rasmiylashtirish va ishlatish bilan bog'lik bo'lgan tartib va qoidalarni belgilovchi davlat standartlari komplesidir. YeSKD standartlarining asosiy vazifasi-korxona va tashkilotlarda konstruktorlik hujjatlariga rioya qilish, rasmiylashtirish hamda ulardan foydalanishda yagona tartib va qoidalarni joriy etishdan iborat. Bu qoidalar yordamida; 1. Korxona va tashkilotlar o'zaro konstruktorlik hujjatlarini qayta rasmiylashtirish almashtira olish imkoni yaratiladi. 2. Ishlab chiqarishda hujjatlarni takror ishlab chiqarishining oldi olinadi, hamda komplektlari barqarorlashtiriladi. 3, Sanoat buyumlarining konstruktorlik loyihalarini unifikatsiyalash imkonini kengaytiradi. 4. Konstruktorlik hujjatlarining formalari va grafikaviy tasvirlarining soddalashtirilishi, sermehnat loyiha-konstruktorlik ishlarini kamaytiradi. 5. Ishlab chiqarishning texnikaviy tayyorlik sharoiti yaxshilanadi. 6. Ishlab turgan korxonalarni qayta sozlashda zarur hujjatlarni tezlikda tayyorlash imkoni yaratiladi. 3. Standartlarning ta'sir doirasi. 1. Hujjatlarni tayyorlash, rasmiylashtirish va ulardan foydalanishda YeSKD standartlarida belgilangan tartib va qoidalar quyidagilarga ta'sir etadi; a) konstruktorlik hujjatlarining barcha turlariga; b) konstruktorlik hujjatlariga uzgartirishlar kirituvchi va hisobga oluvchi hujjatlarga; v) texnikaviy normativ va texnologik hujjatlarga. 2. YeSKD standartlari konstruktorlik hujjatlarini tuzish va ulardan foydalanish bilan bog'liq bo'lgan hujjatlar hamda texnikaviy-normativ adabiyotlarni nashr etish uchun asos bo'ladi. 4. YeSKD standartlarining tarkibi. YeSKD kiruvchi standartlarning tarkibi Davlat standartlar komiteti tomonidan belgilangan tartibda e'lon qilinadigan ruyxatlarda ko'rsatiladi. YeSKD standartlarining klassifikatsiya gruppalari bo'yicha bo'linishi 1-jadvalda keltirilgan. YeSKD standartlari klassifikatsiyalash gruppasi asosida belgilanadi. ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 134.45 KB
Ko'rishlar soni 140 marta
Ko'chirishlar soni 17 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:00 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 134.45 KB
Ko'rishlar soni 140 marta
Ko'chirishlar soni 17 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga