Konteynerlar - rasmi

Material tavsifi

Konteynerlar Mundarija: Kirish CC++C# dasturlash tillarining qisqacha tarixi C++ dasturlash tilida STL bilan tanishish C++ dasturlash tilida xususiy konteynerlar yaratish Dastur yechimi Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish Hozirgi kunda ma'lumotlar ustida ishlash kundan kunga kattalashib bormoqda, shuning uchun yangi qo'shimcha ma'lumot toifalarini yaratsih ulardan foydalanish asosiy masalalardan biri hisoblanadi. Dasturlash tillarining kutubxonalari bilan kengroq tanishish ularning sintaksisini o'rganib, dinamik ma'lumotlar toifasini yaratgan holda ular ustida amallar bajarish. C++ dasturlsh tili imkoniyatlaridan keng holda foydalangan holda uning kutubxonalariga murojat qilish ularni ishlash prinsiplarini o'rganish va ular asosida xususiy konteynerlar yaratish. C++ Dasturlash tilining kelib chiqishi haqida ma'lumot C++ dasturlash tili C tiliga asoslangan. C esa o'z navbatida B va BCPL tillaridan kelib chiqqan. BCPL 1967 yilda Martin Richards tomonidan tuzilgan va operatsion sistemalarni yozish uchun mo'ljallangan edi. Ken Thompson o'zining B tilida BCPL ning ko'p hossalarini kiritgan va B da UNIX operatsion sistemasining birinchi versiyalarini yozgan. BCPL ham, B ham tipsiz til bo'lgan. Yani o'garuvchilarning ma'lum bir tipi bo'lmagan - har bir o'zgaruvchi kompyuter xotirasida faqat bir bayt yer egallagan. O'zgaruvchini qanday sifatda ishlatish esa, yani butun sonmi, kasrli sonmi yoki harfdekmi, dasturchi vazifasi bo'lgan. C tilini Dennis Ritchie B dan keltirib chiqardi va uni 1972 yili ilk bor Bell Laboratoriyasida, DEC PDP-11 kompyuterida qo'lladi. C o'zidan oldingi B va BCPL tillarining juda ko'p muhim tomonlarini o'z ichiga olish bilan bir qatorda o'zgaruvchilarni tiplashtirdi va bir qator boshqa yangiliklarni kiritdi. Boshlanishda C asosan UNIX sistemalarida keng tarqaldi. Hozirda operatsion sistemalarning asosiy qismi CC++ da yozilmoqda. C mashina arhitekturasiga bog'langan tildir. Lekin yahshi rejalashtirish orqali dasturlarni turli kompyuter platformalarida ishlaydigan qilsa bo'ladi. 1983 yilda, C tili keng tarqalganligi sababli, uni standartlash harakati boshlandi. Buning uchun Amerika Milliy Standartlar Komiteti (ANSI) qoshida X3J11 tehnik komitet tuzildi. Va 1989 yilda ushbu standart qabul qilindi. Standartni dunyo bo'yicha keng tarqatish maqsadida 1990 yilda ANSI va Dunyo Standartlar tashkiloti (ISO) hamkorlikda C ning ANSIISO 9899:1990 standartini qabul qilishdi. Shu sababli C da yozilgan dasturlar kam miqdordagi o'zgarishlar yoki umuman o'zgarishlarsiz juda ko'p kompyuter platformalarida ishlaydi. C++ 1980 yillar boshida Bjarne Stroustrup tomonidan C ga asoslangan tarzda tuzildi. C++ juda ko'p qo'shimchalarni o'z ichiga olgan, lekin eng asosiysi u obyektlar bilan dasturlashga imkon beradi. Dasturlarni tez va sifatli yozish hozirgi kunda katta ahamiyat kasb etmoda. Buni ta'minlash uchun obyektli dasturlash g'oyasi ilgari surildi. Huddi 70-chi yillar boshida strukturali dasturlash kabi, programmalarni hayotdagi jismlarni modellashtiruvchi obyektlat orqali tuzish dasturlash sohasida inqilob qildi. C++ dan tashqari boshqa ko'p obyektli dasturlshga ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 204.5 KB
Ko'rishlar soni 83 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:00 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 204.5 KB
Ko'rishlar soni 83 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga