Ko'p mashinali hisoblash kompleksi Reja: Ko'p mashinali hisoblash kompleksi haqida Kompyuter tarmogining hisoblash kompleksidan farqlari hisoblash tarmogi tuzilmasining sinflari Ko'p mashinali hisoblash kompleksi haqida Ko'p mashinali hisoblash kompleksi - qator o'rnatilgan hisoblash mashinalari guruhi bo'lib, maxsus tutashtiruvchi vosita yordamida birlashtirilgan. Ular birgalikda yagona axborot jarayonini bajaradi. Lokal kompyuterlar bitta binoda o'rnatilgan sharoitda o'zaro aloqa uchun maxsus asbob-uskuna va alohida aloqa kanali talab qilinmaydi; Masofali - kompleksning ayrim kompyuterlari markaziy EXMdan malum masofada o'rnatilgan bo'ladi va ma'lumotlarni uzatish uchun telefon aloqa kanallaridan foydalaniladi. Bu tamoqni quyidagi misollar yordamida tushuntirib o'tamiz: 1-misol. Axborotlarni paketli qayta ishlash rejimini taminlovchi maxsus qurilma EXMga bolovchi qurilma yordamida kichik EXM ga ulangan. Xar ikki EXM bitta mashina zalida turibdi. Kichik EXM keyinchalik meynfermdagi murakkab masalalarni yechishda foydalanadigan ma'lumotlarni tayyorlaydi va oldindan qayta ishlab chiqadi. Bu ko'p mashinali lokal kompleks hisoblanadi. 2-Misol. qayta ishlashga keladigan masalalarni qayta taqsimlash uchun kompleksga uchta EXM birlashtiriladi. Ulardan biri taqsimlovchi vazifasini bajaradi va qayta ishlovchi qolgan ikki EXMdan birining bandligiga ko'ra masalalar taqsimlanadi. Bu lokal ko'p mashinali kompleks hisoblanadi. 3-Misol. EXM ayrim mintaqalar bo'yicha ma'lumotlarni yigadi, ularni oldindan qayta ishlab chiqadi va keyinchalik foydalanish uchun telefon aloqa kanali orqali markaziy EXM ga uzatadi. Bu masofali ko'p mashinali kompleksdir. Kompyuter (hisoblash) tarmogi - bu, ma'lumotlarni taqsimlab qayta ishlash talablarini qondiruvchi yagona tizimga aloqa kanali yordamida ulangan kompyuterlar va terminallar jumlasidandir. Kompyuter tarmog'ining hisoblash kompleksidan farqlari Kompyuter tarmogi ko'p mashinali assotsiatsiyaning oliy shakli sanaladi. Kompyuter tarmogining ko'p mashinali hisoblash kompleksidan asosiy farqini quyidagilar tashkil etadi: Birinchi farq - xajm, o'lcham. Ko'p mashinali hisoblash kompleksi tarkibiga odatda bitta binoda joylashgan ikkita, ko'pi bilan uchta EXM kiradi. hisoblash tarmogi bir-biridan bir necha metrdan tortib o'n, yuz va xatto ming kilometr uzoqda joylashgan o'nlab yuzlab EXM dan iborat bo'lishi mumkin. Ikkinchi farq - vazifalarni EXMlar o'rtasida bo'linishi. Agar ko'p mashinali hisoblash klmpleksida ma'lumotlarni qayta ishlash, ularni uzatish va tizimni boshqarish bitta EXMda bajarilgan bo'lsa, hisoblash tarmogida bu vazifa turli EXMlar o'rtasida taqsimlangan. Uchinchi farq - tarmoqda hisoblarni marshirutlashtirish vazifasini hal etish zarurligi. Tarmoqda xabar bir EXMdan boshqasiga EXM larni bir-biri bilan boglovchi aloqa kanallarining ahvoliga qarab uzatilishi mumkin. hisoblash texnikasini, aloqa qurilmalari va ma'lumotlarni uzatish kanallarini bitta kompleksga birlashtirish ko'p mashinali assotsiatsiyasining har-bir elementi tomonidan o'ziga xos talablarga ega, shunindek maxsus atamalarning shakllanishi talab qilinadi. Tarmoq abonentlari - tarmoqda axborotlarni yuzaga keltiruvchi yoki istemol qiluvchi obyektlar. Alohida EXMlar, EXM komplekslari, terminallar, sanoat ishlari, raqamli dastur orqali boshqariladigan stanoklar va hokozo abonent bo'lishi mumkin. Xar qanday abonent ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:44:12
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
65.22 KB
Ko'rishlar soni
84 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:52
Arxiv ichida: docx
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:44 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
65.22 KB
Ko'rishlar soni
84 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:52 ]
Arxiv ichida: docx