Ko'p xonali jamlagichlar

Ko'p xonali jamlagichlar

O'quvchilarga / Informatika va AT
Ko'p xonali jamlagichlar - rasmi

Material tavsifi

Ko'p xonali jamlagichlar Ko'p xonali sonlarni jamlash usuli bo'yicha jamlagichlar ketma-ket va parallel jamlagichlarga bo'linadi. Ko'pxonali ketma-ket jamlagich qo'shiluvchilarning ketma-ket kodini ular yig'indisining ketma-ket kodiga aylantiradi. Ikkita ko'p xonali sonlarni qo'shish kichik xonadan boshlanib ketma-ket xonalar bo'yicha bajariladi. Qo'shish taktlarining soni qo'shiluvchilar xonalarining soniga teng bo'ladi. Har bir i- taktde Pi o'zgaruvchi sifatida oldingi taktda olingan ko'chirish *?iymati Ri+1 ishlatiladi. Ko'chirish qiymatlarini hosil qilish va ishlatish usullari bo'yicha ko'p xonali ketma-ket jamlagichlar ikki turga - ko'chirish qiymatlarini kechiktiruvchi va xotirlash jamlagichlariga bo'linadi. Ko'chirish qiymatlarini kechiktiruvchi jamlagichlarda Pi+1 signal jamlagichning ri kirish yo'liga kechiktirish vaqti Tk bo'lgan zanjir orqali beriladi. Kechiktirish vaqti Tk quyidagi munosabatdan aniq lanadi: Tk = T - Tj, bu yerda T - qo'shiluvchilar kodlarining takrorlanish davri (bir taktning davomiyligi), Tj - bir xonali jamlagich hosil qilgan kechiktirish vaqti. 2.64-rasm, a da kechiktirish vaqti maxsus element yordamida amalga oshirilgan ko'p xonali ketma-ket jamlagich sxemasi be-rilgan. 2.64-rasm, b da ko'chirish qiymatlarini xotirlovchi ko'p xonali ketma-ket jamlagichning sxemasi berilgan. Bu sxemada xotirlash vazifasini maxsus trigger elementi bajaradi. qo'shiluvchilarning to'g'ri (ai, bi) va teskari (ai, bi) kodlari bir xonali kombinatsion jamlagichning kirish yo'llariga hamda HAM1, va HAM2, mantiqiy sxemalar orqali triggerning alohida kirish yo'llariga beriladi. HAM2 sxemaning chiqish yo'lida ai, bi = 1 signal bo'lsa, trigger nol holatiga o'tadi. Agar HAM1 sxemaning chiqish yo'lida ai bi =1 signal bo'lsa, trigger bir (1) holatiga o'tadi. HAM1, va HAM2 sxemalarning kirish yo'llariga taktlovchi signal vt beriladi. Triggerning chiqish yo'llaridan ko'chirish qiymatlari signallari pi, va pi olinadi. Hamda bir xonali kombinatsion jamlagichning mos kirish yo'llariga beriladi, ya'ni ko'p xonali ikkili sonlarni qo'shish jarayonida (i-1)-kichik = xonadan i-katta xonaga ko'chish qiymati signalini uzatish amalga oshiriladi. Ikkita n xonali sonni qo'shish uchun talab kilinadigan vaqg quyidagiga teng: Tc- nT, bu yerda T - taktlovchi signallar berilishi davri. Ko'p xonali ketma-ket jamlagichlarning asosiy fazilati uskuna sonining kamligidir. Kamchiligi sifatida tezkorligining pastligini ko'rsatish mumkin. Parallel jamlagichlar soni qo'shiluvchilar xonalarining soniga teng bo'lgan bir xonali jamlagichlar asosida urilib, unda qo'shiluvchilar kodining hamma xonalari bir vaqtda ishlanadi. Ishlatiladigan bir xonali jamlagichlarning xiliga qarab kombipatsion va to'plovchi parallel jamlagichlar bo'ladi. Jamlagichlarda ayirish amali manfiy sonlarni qo'shimcha yoki teskari kodda ifodalab, keyin qo'shish yo'li bilan bajariladi. Sonlar teskari kodda ifodalanganda ayirishning musbat natijasiga hamda manfiy sonlarni qo'shish natijasiga tuzatish, kiritish zarur. Tuzatish eng katta xona chiqish yo'lidan eng kichik xona kirish yo'liga teskari bo'g'lanishni - siklik uzatish zanjirini - tashkil qilish orqali bajariladi. 2.65-rasmda uch kirish yo'lli n bir xonali kombinatsion jamlagichlardan ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 27.64 KB
Ko'rishlar soni 79 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:52 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 27.64 KB
Ko'rishlar soni 79 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga