Kopyuterlarni viruslardan himoyalash Reja: 1. Dastur viruslari 2. Yuklanuvchi viruslar 3. Makroviruslar 4. Kompyuter viruslaridan himoyalanish usullari 5. Virusga qarshi himoya vositalari 6. Antivirus dasturlar va ular bilan ishlash texnologiyasi Dastur viruslari Kompyuter virusi - bu dastur kodidan iborat bo'lib, boshqa dastur, hujjat yoki axborot tashish vositasining malum bir kismiga o'rnashib olib, ruxsat berilmagan o'zgartirishni amalga oshiradi. Kompyuter viruslarining asosiy turlariga kuyidagilar kiradi: Dastur viruslari yuklanuvchi viruslar makroviruslar Kompyuter viruslari safiga troyants dasturlari xam kiradi. Dastur viruslari bu dastur kodlaridan iborat bo'lib, boshqa amaliy dasturlar tarkibiga kirishni muljallab yo'naltirilgan dasturlardir. Amaliy dastur ishga tushirilganda u o'zining tarkibidagi virus kodini xam ishga tushiradi.Bu virus kodining ishi natijasida foydalanuvchidan yashirin tarzda kompyuter qattiq diskining fayllar sistemasiga yoki boshqa bir dasturning tarkibiga o'zgartirish kiritiladi.Masalan, virus kodi boshqa dasturning tarkibida o'zining kodini hosil qilishi mumkin.Bu protsess ko'payishi deb ataladi. Malum bir vaqt o'tgandan so'ng, dastur virusi etarlicha sondagi nusxalarni hosil qilib bo'lgach, kompyuterni buzishga kirishadi, yani operatsion sistema va dastur ishining izdan chiqishi, kattiq diskda saqlanaetgan axborotlarning o'chib ketishi va x.k. Bu jarayon virus xujumi deb ataladi. Eng xavfli viruslar qattiq diskni formatlab yuborishi xam mumkin.Diskni formatlash uzoq vaqt talab qiladigan jarayon bo'lib, bunda foydalanuvchi sezib qolishi mumkin bo'lganligi sababli ko'pchilik xollarda virus qattiq diskning sistema sohalarini buzish bilan kifoyalanadi, chunki bu fayllar joylashuvi jadvalini yo'qotish bilan barobar. Bu holatda qattiq diskdagi ma'lumotlar qoladi, ammo maxsus vositalarsiz ulardan foydalanib bo'lmaydi.Chunki kaysi sektorlarda kaysi fayllar joylashganligi nomalum. Xech qanday virus kompyuterning apparat taqsimotini ishdan chikara olmaydi, deb hisoblashadi. Ammo shunday xollar buladiki, dastur buzilishi apparat vositasini almashtirish orqali tuzatiladi. Masalan, ko'pchilik zamonaviy kompyuterlarda BIOS qayta yoziladigan doimiy eslash qurilmalarida yozilgan. Mikrosxema flesh xotirasi axborotni qayta yozish imkoniyati borligidan bazi viruslar BIOS ni o'chirishda foydalanadi. Bunday holda kompyuterning ishga yaroqsizligini tuzatish uchun yoki mikrosxemani almashtirish yoki maxsus dasturlarda BIOS ni qayta yozish kerak. Yuklanuvchi viruslar Yuklanuvchi viruslar dastur viruslaridan tarqalish usuli bilan farq qiladi. Ular dastur fayllarini emas, balki magnit vositalar(yumshoq va qattiq disk) ning sistema sohalarini buzadi. Bundan tashqari ular ishlab turgan kompyuter tezkor xotirasida vaqtincha saqlanib turishi mumkin. Odatda bunday virus bilan zararlanish sistema sohasi yuklanuvchi virus bo'lgan magnit vosita yordamida kompyuterni yuklashga harakat kilinganda sodir bo'ladi. Masalan, kompyuterni yumshoq diskdan yuklashga harakat kilinganda yuklanuvchi virus avval tezkor xotiraga o'tadi, sungra esa qattik diskning yuklanuvchi sektoriga o'tadi, shundan so'ng bu kompyuterning o'zi yuklanuvchi virusni tarkatuvchi vosita bo'lib xizmat qiladi. . Makroviruslar Bular viruslarning alohida turi bo'lib, bu viruslar makrokomanda ishlatiladigan amaliy dasturlarning hujjatlarini zararlantiradi. ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:44:12
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.74 KB
Ko'rishlar soni
80 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:00
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:44 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.74 KB
Ko'rishlar soni
80 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:00 ]
Arxiv ichida: doc