Korporativ axborot tushunchalari. Tashkil etish

Korporativ axborot tushunchalari. Tashkil etish

O'quvchilarga / Informatika va AT
Korporativ axborot tushunchalari. Tashkil etish - rasmi

Material tavsifi

Kirish. Korporativ axborot tushunchalari. tashkil etish Reja: KATZ lar. Asosiy tushunchalar. ma'lumotlar bazasi (MB). Case-vositalar. Ishlab chiqish vositalari. Kalit so'zlar. Dasturiy ta'minot, o'zining 50 - yillikdan ortiq davrida juda katta o'zgarishlarga uchradi. U oddiy, yani mantiqiy va arifmetik operatsiya (amallar)dan tortib toki hozirgacha murakkab bo'lgan korxonalarni boshqaruvi tizimlaridan iboratdir. Dasturiy ta'minotda doim ikki asosiy yo'nalish rivojlanishini ajratish mumkin, bular: Hisoblash amallarini bajarish; 2. Axborotlarni yig'ish va qayta-ishlash. Oldingi kompyuterlar asosan birinchi yo'nalish uchun xizmat qilgan bo'lsa ( masalan: matematik hisoblashlar, yader quroli va raketa texnikasi sohasidagi hisoblashlar), hozirda ikkinchi yo'nalish ish xajmini belgilamoqda. Bu ikkiyo'nalishlarning funksiyalarini qayta taqsimlash manosini anglash oson, chunki harbiy sohaga qaraganda fuqarolik sohada kompyuter qo'llash keng ommaviy tus olib bormoqda. Ayniqsa, komyuterlar hozirga kelib ancha arzonlashganligi tufayli kichik korxona va oddiy fuqarolar ham sotib olish qurbiga egadirlar. Bugungi kunda korxona boshqaruvini kompyutersiz tasvvur qilib bo'lmaydi. Kompyuterlarda allaqachon buxgalter hisob-kitob, ombor(sklad) ishlari, asortiment (mahsulot turlari) va xarid kabi jarayonlarining dasturiy ta'minoti joriy etilgan. Ammo, zamonaviy biznes (tadbirkorlik) korxonalar boshqaruvida axborot texnologiyalarining keng qo'llanilishini talab etiladi. Axborot texnologiyalarining yashashga qodirligini va rivojlanishini shunday tushuntirish mumkinki, zamonaviy biznes boshqaruv xatolariga tez ta'sirchan bo'ladi. Savdo-sotiqni, ishlab-chiqarish yoki boshqa xizmat doirasidagi moliyaviy-xo'jalik faoliyatidagi aspektlar doim nazorat ostida bo'lishi talab qilinadi, bu esa boshqaruv yechimlarini aniqlash uchun aniqmaslik va tavakkalchilikni bevosita bartaraf etadi. Hozirgi davrda boshliqning fikri-zikri va kapital mablag'i birinchilar qatorini egallashga kamlik qiladi. Demak, boshqaruvga zamonaviy yondashish axborot texnologiyalariga mablag' ajratishni (hisobga olishni) ko'zda tutadi. Korxona qanchalik yirik bo'lsa, shunchalik ko'p mablag' ajratishni majburiy ravishda aniqlaydi. Hozirgi kuchli va murosasiz raqibatchilikda oldingi qatorda bo'lish va yutib chiqish uchun kim yaxshiroq ta'minlangan va samarali tashkil etilganligiga bog'liq, bu esa hayotiy zaruratdan iborat. Axborot tizimlari. Axborot tizimlari (ATZ) oddiy dasturiy mahsulot bo'lishiga qaramay, standart ko'rinishida bo'lgan amaliy dastur va tizimlardan bir qator keskin farqga egadir. ATZlar sohasiga ko'ra o'zining funksiyalari, arxitekturasi va joriy qilinishga qaraganda anchagina farqlanadi. Lekin, umumiy xossalarini ajratish mumkin: 1. ATZlar axborotlarni to'plash, saqlash va qayta-ishlash uchun mo'ljallangan va shuning uchun ular asosida saqlash va ma'lumotlarga kirish muhiti yotadi; 2. ATZlar eng ohirgi foydalanuvchilarga yo'naltirilgan bo'lib, ular hisoblash texnikasi sohasida yuqori malakaga ega bo'lmasliklari mumkin. Demak, ATZlarning mijoz ilovalari sodda, qulay va oson o'zlashtiruvchi interfeys yordamida bo'lishi lozim. Bunda oxirgi foydalanuvchi uchun zarur funksiyalardan foydalanilganda (ishlatganda) ortiqcha harakat qilish imkoniyati bo'lmasligi kerak. Shunday qilib, axborot tizimlarini ishlab chiqish jarayonida ikki asosiy masalani ko'zda tutadi, yani: 1. Axborotlarni saqlash uchun ma'lumotlar bazasini ishlab chiqish; 2. Mijoz ilovalar uchun foydalanuvchining grafik ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.51 KB
Ko'rishlar soni 81 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:00 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.51 KB
Ko'rishlar soni 81 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga