Ko'rsatkichlar (dasturlash) Reja: Ko'rsatkichlar haqida. Ko'rsatkichlarni e'lon qilish. Ko'rsatkichlar ustida amallar. Ko'rsatkichlar va massivlar. Funksiyaga ko'rsatkich. Ko'rsatkichlar. Ko'rsatkich - xotira uyasining unikal adresini saqlaydigan o'zgaruvchi. Ko'rsatkich operativ xotiradagi biron-bir o'zgaruvchi mavjud bo'lishi mumkin bo'lgan biron-bir joyni belgilaydi. Ko'rsatkichlarning qiymatlarini o'zgartirish, turli variantlarda qo'llash mumkinki, bu dasturning moslashuvchanligini oshiradi. Ko'rsatkich odatda tipga ega bo'lib quyidagicha e'lon qilinadi: *= Misol uchun: int *pr; char *alfa; Bu holda ko'rsatkichlar noaniq qiymatga ega bo'ladi. Ko'rsatkichlar ta'riflanganda ularning tiplari ko'rsatilishi shart. Ko'rsatkichlarni initsializatsiya kilish ya'ni boshlang'ich qiymatlarini kiritish mumkin. Ma'lum turdagi biron-bir o'zgaruvchi adresi yoki NULL qiymat dastlabki qiymat bo'lishi mumkin. Ko'rsatkichlarga boshlang'ich maxsus NULL qiymati berilsa bunday ko'rsatkich bo'sh ko'rsatkich deb ataladi. Biron-bir o'zgaruvchi adresini olish hamda uni ko'rsatkichga qiymat sifatida berish uchun «» operatori qo'llanadi. Misol: int I=100; int*p=I; unsigned longint *ul=NULL; Teskari operator - «*» bo'lib, ko'rsatkichda saqlanayotgan adres bo'yicha uya qiymatiga murojaat qilish imkonini beradi. Misol: int I=100; int*p=I int J=*p; Ilova tushunchasi. Ilova (ssыlka) - ilova ta'rifirda ko'rsatilgan ob'ekt nomining sinonimi. Ilovani e'lon qilish shakli tur ism =ismob'ekt; Misollar: int x; o'zgaruvchining aniqlash int sx=x; x o'zgaruvchiga iqtibosni aniqlash const char CR='n'; konstantaga iqtibosni aniqlash Ilovalar bilan ishlash qoidalari. 1) O'zgaruvchi ilova, agar u funksiya parametri bo'lmasa, extern sifatida tavsiflanmagan bo'lsa yoki sinf maydoniga ilova qilmasa, o'ziga tavsif berilayotganda ochiq-oydin nomlanishi kerak. 2) Nomlangandan so'ng, ilovaga boshqa qiymat berilishi mumkin emas. 3) Ilovalarga ko'rsatkichlar, ilovalar massivlari va ilovalarga ilovalar bo'lishi mumkin emas. 4) Ilova ustida o'tkazilgan operatsiya o'zi ilova qilayotgan qiymatning o'zgarishiga olib keladi Ko'rsatkichlar ustida o'tkaziladigan operatsiyalar. Ko'rsatkichlar ustida unar operatsiyalar bajarish mumkin: inkrement va dekrement ++ va -- operatsiyalarini bajarishda, ko'rsatkich qiymati ko'rsatkich murojaat qilgan tur uzunligiga ko'payadi yoki kamayadi. Misol: int*ptr, a[10]; ptr=a[5]; ptr++; * = a[6]* elementining adresiga ptr--; * = a[5]* elementining adresiga Qo'shish va ayirish binar operatsiyalarida ko'rsatkich va int turining qiymati ishtirok etishi mumkin. Bu operatsiya natijasida ko'rsatkich qiymati dastlabkisidan ko'rsatilgan elementlar soniga ko'proq yoki kamroq bo'ladi. Misol: int*ptr1, *ptr2, a[10]; int i=2; ptr1=a+(i+4); * = a[6]* elementining adresiga ptr2=ptr1-i; * = a[4]* elementining adresiga Ayirish operatsiyasida bitta turga mansub bo'lgan ikkita ko'rsatkich ishtirok etishi mumkin. Operatsiya natijasi int turiga ega hamda kamayuvchi va ayiruvchi o'rtasidagi dastlabki tur elementlarining soniga teng, bundan tashqari agar birinchi adres kichikroq bo'lsa, u holda natija manfiy qiymatga ega bo'ladi. Misol: int *ptr1, *ptr2, a[10]; int i; ptr1=a+4; ptr2=a+9; i=ptr1-ptr2; *=5 * i=ptr1-ptr2; *=-5 * Bir turga taalluqli bo'lgan ikkita ko'rsatkich qiymatlarini ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:49:44
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.92 KB
Ko'rishlar soni
68 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:52
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:49 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.92 KB
Ko'rishlar soni
68 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:52 ]
Arxiv ichida: doc