Ko'rsatkichlar va murojaatlar Reja: 1. Ko'rsatkichlar 2. Ko'rsatkichga boshlang'ich qiymat berish 3. Ko'rsatkich ustida amallar 4. Murojaatlar 5. Ko'rsatkichlar va murojaatlar funksiya parametiri sifatida. 6. O'zgaruvchan parametrli funksiyalar. Ko'rsatkichlar:[2(73-82), 3(74-77), 4(59-64)] Programma matnida o'zgaruvchi e'lon qilinganda, kompilyator o'zgaruvchiga xotiradan joy ajratadi. Boshqacha aytganda, programma kodi xotiraga yuklanganda berilganlar uchun, ular joylashadigan segmentning boshiga nisbatan siljishini, ya'ni nisbiy adresini aniqlaydi va obyekt kod hosil qilishda o'zgaruvchi uchragan joyga uning adresini joylashtiradi. Umuman olganda, programmadagi o'zgarmaslar, o'zgaruvchilar, funksiyalar va sinf obyektlar adreslarini xotiraning alohida joyida saqlash va ular ustidan amallar bajarish mumkin. Qiymatlari adres bo'lgan o'zgaruvchilarga ko'rsatkich o'zgaruvchilar deyiladi. Ko'rsatkich uch xil turda bo'lishi mumkin: - birorta obyektga, xususan o'zgaruvchiga ko'rsatkich; - funksiyaga ko'rsatkich; - void ko'rsatkich. Ko'rsatkichning bu xususiyatlari uning qabul qilishi mumkin bo'lgan qiymatlarida farqlanadi. Ko'rsatkich albatta birorta turga bog'langan bo'lishi kerak, ya'ni u ko'rsatgan adresda qandaydir qiymat joylanishi mumkin va bu qiymatning xotirada qancha joy egallashi oldindan ma'lum bo'lishi shart. Funksiyaga ko'rsatkich. Funksiyaga ko'rsatkich programma joylashgan xotiradagi funksiya kodining boshlang'ich adresini ko'rsatadi ya'ni funksiya chaqirilganda boshqaruv ayni shu adresga uzatiladi. Ko'rsatkich orqali funksiyani oddiy yoki vositali chaqirish amalga oshirish mumkin. Bunda funksiya uning nomi bo'yicha emas, balki funksiyaga ko'rsatuvchi o'zgaruvchi orqali chaqiriladi. Funksiyani bosh funksiyaga argument sifatida uzatish ham funksiya ko'rsatkichi orqali bajariladi. Funksiyaga ko'rsatkichning yozilish sintaksisi quyidagicha: (* ) (); Bunda - funksiya qaytaruvchi qiymat turi; * - ko'rsatkich; o'zgaruvchining nomi; -funksiya parametrlarining (yoki ularning turlarining) ro'yxati. Masalan: int (*fun)(float,float); Bu yerda butun son turida qiymat qaytaradi fun nomidagi funksiyaga ko'rsatkich e'lon qilingan va u ikkita haqiqiy turdagi parametrlarga ega. Masala. Berilgan butun n=100 va a,b- haqiqiy sonlar uchun f(x)=5sin(3x)+x, f(x)=cos(x) va f(x)=x+1 funksiyalar uchun f(x)dx integralini to'g'ri to'rtburchaklar formulasi bilan taqriban hisoblansin: h[f(x)+f(x)+…+f(x)], bu yerda h= , x=a +ih-h2, i=1n. Programma bosh funksiya, integral hisoblash funksiyasi va ikkita matematik funksiyalar - f(x) va f(x) uchun aniqlangan funksiyalardan tashkil topadi, f(x)=cos(x) funksiyaning adresi math.h sarlavha faylidan olinadi. Integral hisoblash funksiyasiga funksiyaga ko'rsatkich orqali integrali hisoblanadigan funksiya adresi, a va b -integral chegaralari qiymatlari uzatiladi. Oraliqni bo'lishlar soni -n global o'zgarmas qilib e'lon qilinadi. #include # include const int n=100; double f1(double x) return 5*sin(3*x)+x; double f3(double x) return x*x+1; double Integral (double(*f) (double), double a, double b) double x,s=0; double h=(b-a)n; x=a-h2; for(int i=1; i ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:49:44
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
34.26 KB
Ko'rishlar soni
96 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:52
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:49 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
34.26 KB
Ko'rishlar soni
96 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:52 ]
Arxiv ichida: doc