Kriptologiya masalalari

Kriptologiya masalalari

O'quvchilarga / Informatika va AT
Kriptologiya masalalari - rasmi

Material tavsifi

Kriptologiya masalalari Reja: Kriptologiya. Asosiy tushunchalar. Simmetrik va asimmetrik kriptosistemalar. Dasturiy ta'minotning yaxlitligini ta'minlash. Kriptografiya - axborotlarni aslidan o'zgartirilgan holatga o'tkazishlarning matematik uslublarini topish va takomillashtirish bilan shug'ullanadi. Dastlabki sisitemalashgan kriptografik uslublar eramiz boshida, yo'liy Tsezarning ish yuritish yozishmalarida uchraydi. U biror ma'lumotni mahfiy holda biror kishiga etkazmoqchi bo'lsa, alfavitning birinchi harfini alfavitning to'rtinchi harfi bilan, ikkinchisi beshinchisi bilan va hokazo shu tartibda almashtirib matnning asli holatidan shifrlangan matn holatiga o'tkazgan. Kriptografik sistemalar yo'nashidagi izlanishlar ayniqsa, birinchi va ikkinchi jahon urushi yillari davrida muhim ahamiyat kasb etdi va jadal rivojlandi. Urushdan keyingi yillarda hisoblash texnikalarining yaratilishi va takomillashib, insoniyat faoliyatining barcha sohalariga chuqur va keng manoda kirib borishi, kriptografik uslublarni tabiiy ravishda rrivojlanib va takomillashib borishini taqozo etmoqda. Kriptografik uslublarning axborotlar tizimi muhofazasi masalalarida qo'llanishi, ayniqsa, hozirgi kunda muhimdir. Haqiqatan ham, bir tomondan kompyuter tizimlarining INTYeRNYeT tarmoqlari bilan bog'liq ravishda katta hajmdagi davlat va harbiy ahamiyatga ega bo'lgan axborotlarni hamda shu kabi: iqtisodiy, shaxsiy va boshqa turdagi axborotlarni tez va sifatli uzatish va qabul qilishdagi roli ortib bormoqda. Ikkiichi tomondan esa bunday axborotlarning keng manodagi muhofazasini ta'minlash masalalari muhimlashib bormoqda. Axborotlarning muhofazasi masalal ari bilan kriptologiya (kryptos-maxfiy, 1ogos-ilm) shug'ullanadi. Kriptologiya maqsadalari o'zaro qarama-qarshi bo'lgan ikki yo'nalishga ega - kriptografiya va kriptoanaliz. Kriptografiyaning ochiq matnlarni shifrlash masalalarining matematik uslublari bilan shugullanishi to'g'risida yuqorida aytib o'tildi. Kriptoanaliz esa shifrlash uslubini (kalitini yoki algoritmini) bilmagan holda shifrlangan matnniig asli holatini topish uslublari masalalari bilan shug'ullanadi. Hozirgi zamon kriptografiyasi quyidagi to'rtta bo'limni o'z ichiga oladi: 1) Simmetrik kriptosistemalar. 2) Ochiq uslubga (kalitga) yoki yana boshqacha aytganda ochiq algoritmga asoslangan kriptosistemalar. 3) Elektron imzo sistemalari. 4) Kriptosistemalarda kalitlardan foydalanish uslublarini boshqarish. Kriptografik uslublardan foydalanishning asosiy yo'nalishlari: maxfiy ma'lumotlarni aloqa kanali (masalan, elektron pochta) bo'yicha uzatish, uzatilgan ma'lumotlarning haqiqiyligini ta'minlash, axborotlarni (hujjatlarni, ma'lumotlar jamg'armasini) kompyuterlar tizimi xotiralarida shifrlangan holda saqlash va shular kabi masalalarni o'z ichiga oladi. Kriptografiya. Asosiy tushunchalar Shunday qilib, kriptografik uslublar axborotlar matnini asli holidan o'zgartirib, faqat kalitni bilgan holdagina uni asli holatini olish imkoniyatini beradi. Shifrlangan va deshifrlangan masalalariga tegishli bo'lgan, malum bir alfavitda tuzilgan ma'lumotlar matnlarni tashkil etadi. Alfavit - axborotlarni kodlashtirish uchun foydalaniladigan chekli sondagi belgilar to'plami. Misollar sifatida: - o'ttiz oltita belgidan (harfdan) iborat o'zbek tili alfaviti; - o'ttiz ikkita belgidan (harfdan) iborat rus tili alfaviti; - yigirma sakkizta belgidan (harfdan) iborat lotin alfaviti; - ikki yuz elik oltita belgidan iborat ASSII va KOI-8 standart kompyuter kodlarining alfaviti; - binar alfavit, yani 0 va 1 belgilardan iborat bo'lgan alfavit; ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 26.65 KB
Ko'rishlar soni 79 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:01 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 26.65 KB
Ko'rishlar soni 79 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga