Kriptosistema kalitlarini foydalanuvchilarga taqsimlashning tartib va qoidalari (protokoli) Reja: 1. RSA algoritmi bo'yicha kalitlarni taqsimlash protokoliga izohlar. 2. Gammalashtirish. 3. El Gamal kriptosistemasi. 4. Elliptik tenglamalar asosida kriptosistemalar. Maxfiy uslubli bir tomonli funksiyaga asoslangan ochiq kalitli kriptosistemalar o'z mohiyatiga ko'ra undan foydalanishning alohida tartib va qoidalarini (protokolini) talab etadi. Bu alohida tartib va qoidalarga ko'ra sistemaning foydalanuvchilari va sistema foydalanuvchilarigagina ochiq bo'lgan ochiq ma'lumotlar kitobini saqlovchisi birgalikda shu kriptosistema tizimida uzatiladigan ma'lumotlarning maxfiyligini ta'minlaydilar. Ochiq, kalitli kriptosistemalarning bardoshliligiga to'la ishonch bildirmay ishonchsizlik va ikkilanish bilan qaraydigan ba'zi kriptolog mutaxassislar, foydalanuvchilarga muhofazalangan uslubda ochiq, kalitlarni taqsimlash va maxfiy kalitlarni uzatish masalalarini, ya'ni kalitlar bilan bog'liq jarayonlarni maqsadli boshqarishni kriptografiyaning bosh amaliy masalasi, deb biladilar. Misol uchun, agarda kriptosistema foydalanuvchilarining soni S ta bo'lsa va har bir mumkin bo'lgan aloqa juftlari uchun alohida maxfiy kalit talab etilsa, ularning soni bo'lib, foydalanuvchilar soni ko'p bo'lgan sistemalar uchun bunday holat ba'zida maqsadga muvofiq bo'lmasligi mumkin. Biror foydalanuvchining boshqa barcha foydalanuvchilarga maxfiy bo'lgan ma'lumotni yuborishi maxfiy aloqa mohiyatiga zid jarayon. Bundan tashqari maxfiy aloqa tizimida qaysi foydalanuvchining boshqa qaysi bir foydalanuvchi bilan maxfiy aloqa qilishni hohlashi oldindan ma'lum emas. Mana shunday holatlar foydalanuvchilarga kalitlarni taqsimlash tartib va qoidalari masalalarini keltirib chiqaradi. Bunday masalalarning yechilishi esa axborotlar tizimida ma'lumotlarning maxfiyligi muhofazasini ta'minlovchi kritisistemada kalitlar taqsimotining ishonchli markazini (KTIM) tashkil etishni taqazo etadi. Kalitlarni taqsimlash tartib va qoidalari (protokoli) quyidagicha: KTIM muhofazalangan aloqa tarmog'i orqali barcha iq1,2,,S foydalanuvchilarga maxfiy Zi kalitlarni taqdim etadi. Foydalanuvchi i-foydalanuvchi j bilan maxfiy aloqa o'rnatmoqchi bo'lsa, u umumiy aloqa tarmog'i orqali (ochiq tekst bilan bo'lishi mumkin) KTIMga murojaat qilib, foydalanuvchi j - bilan maxfiy aloqa qilish kalitini so'raydi. KTIM maxfiy aloqa uchun ochiq matnning biror qismini tashkil etuvchi Zij maxfiy kalitni tanlab oladi. Qolgan qismini i va j foydalanuvchilar ko'satilgan bosh qism (zagolovka) yoki nomlanish qismi deb ataluvchi bo'lak tashkil etadi. KTIM bu ochiq matnni kriptosistemada qabul qilingan shifrlash algoritmiga ko'ra Zi va Zj kalitlar bilan shifrlab, umumiy aloqa tarmog'i orqali Zi kalit bilan shifrlangan kriptogrammani j foydalanuvchiga va Zj kalit bilan shifrlangan kriptogrammani j foydalanuvchiga jo'natadi. Olingan kriptogrammalarni i va j foydalanuvchilar deshifrlab, keyingi olingan ma'lumotlarni deshifrlashning maxfiy kalitiga ega bo'ladilar. Kalitlarni taqsimlashning bunday tartib va qoidasi (protokoli) oddiy bo'lib, uning bardoshliligi shifrlash algoritmining bardoshliligi bilan belgilanadi. Haqiqatan ham, 3-bandda (qadamda) keltirilganidek, kriptoanalitikka har xil kalitlar bilan shifrlangan bir xil ochiq tekstning kriptogrammasi ma'lum bo'lib, bunday holat unga kriptotahlil qilishda qo'l keladi. Shunday qilib, ochiq tekst shifrlash algoritmi kriptotahlilga bardoshli bo'lsa, ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:49:44
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
59.45 KB
Ko'rishlar soni
70 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:01
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:49 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
59.45 KB
Ko'rishlar soni
70 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:01 ]
Arxiv ichida: doc