O'zbekiston RespublikaSI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI QARShI DAVLAT UNIVYeRSITYeTI FIZIKA -MATYeMATIKA fakultetI Amaliy matematika va informatika kafedrasi Abdimurodova Gulrux 5480100-Amaliy matematika va informatika ta'lim yo'nalishi bo'yicha bakalavr darajasini olish uchun Linux operatsion tizimini o'qitish bo'yicha multimediali o'quv materiali yaratish texnologiyasi mavzusida yozgan Ilmiy rahbar: o'q.T.N.Jo'raev Himoyaga tavsiya etilsin Fizika -matematika fakulteti dekani:prof. A.Q.Tasxatov 2015 yil QARShI -2014 yil MUNDARIJA KIRISh Zamonaviy dunyoda hayotimizni kompyuterlarsiz tassavvur qila olmaymiz. Bu texnologiya bizni hamma yerda o'rab turadi va shu bilan bir qatorda, har bir sohada ishlatiladi, lekin bazi sohalarning ajralmas qismi deb hisoblasak ham bo'ladi. Axborot texnologiyalar asrida Respublikamizda ham ushbu sohaga etibor kuchaytirildi. Respublikamiz prezidenti takidlaganidek: O'tgan davr mobaynida zamonaviy axborot-kommunikatsiya tizimidan, Internetdan keng foydalanish hisobidan ta'lim-tarbiya samarasini kuchaytirish, bolalar, ayniqsa, qiz bolalar o'rtasida jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish bo'yicha keng ko'lamdagi ishlarimiz davom ettirildi. Shu sababli kompyuterni rivojlantirish borasida ko'pgina operatsion tizimlar, dasturlar ishlab chiqarishga katta etibor berilib, jahon bo'ylab axborot texnologiyalari sohasida ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Kun sayin dastur va operatsion tizimlar murakkablashib, zamonaviylashib, qo'llanish borasida qulaylashtirish ishlari olib borilishi natijasida ularning yangi versiya (tip yoki tur)lari ishlab chiqarilmoqda[2]. Hozirda bir-biri bilan raqobatlashib kelayotgan ko'plab operatsion tizimlar mavjud bo'lib, ularga Windows, Linux, Macintosh kabi tizimlarni alohida ko'rsatib o'tish mumkin. Biz ular orasidan bugungi kunda hali ommabop bo'lmagan, lekin asta-sekinlik bilan ko'pgina foydlanuvchilarini va dasturchilarni o'ziga jalb qilib kelayotgan, hali o'rganilmagan va juda kam ishlatiladigan Linux operatsion tizimi haqida ushbu bitiruv malakaviy ishni bajarishga kirishdik. Hozirgi kunda Respublikamizda ham erkin ochiq kodli dasturiy ta'minotga etibor qaratilgan. ICTP loyihasi bilan shu sohani Respublikamizda rivojlantirishga katta sarmoya ajratilgan[1]. Erkin ochiq kodli dasturiy ta'minotning eng yaxshi mahsuloti Linux operatsion sistemasini ommalashtirish maqsadida tegishli joylarda tushintirish ishlari olib borilmoqda. O'zbekistondagi eng obro'li oliy o'quv yurtlardan Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti kompyuterlari Linux operatsion sistemasi o'rnatildi. Tizimning hamma komponentalari (hatto berilgan matnlar ham) erkin nusxa olish va chegaralanmagan sonli foydalanuvchilarga o'rnatish sharti bilan, litsenziyali tarqatiladi. Shunday qilib, Linux tizimi ko'p sonli dasturchilar va internet orqali bir-biri bilan muloqot qiluvchi UNIX tizimi fidoiylari yordamida yaratildi. Hozirigi kunda tizimning ommaviylashmayotganligining asosiy sababi dasturni komyuterga o'rnatish va ishlatish haqidagi axborotlarning kamligi hisoblanadi. Bitiruv malakaviy ishi mavzusining dolzarbligi: Hozirgi kunda Lunix operatsion tizimi keng tarqalayotganligi va tizimdan foydalanuvchilar ko'payib borishi tizimda ishlash bo'yicha multimediali o'quv materiallariga bo'gan talabni oshiradi. Lunix operatsion tizimida ishlash bo'yicha multimediali o'quv materiallari hozirda kamchilikni tashkil etganligi sababli mavzu dolzarb hisoblanadi. Bitiruv malakaviy ishiining maqsadi. O'qitish jarayonini tashkil etishga qo'yiladigan zamonaviy talablar hisobga olgan holda ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:49:44
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
1013.61 KB
Ko'rishlar soni
80 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:01
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:49 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
1013.61 KB
Ko'rishlar soni
80 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:01 ]
Arxiv ichida: doc