Lokal hisoblash tarmoqlariga kirish

Lokal hisoblash tarmoqlariga kirish

O'quvchilarga / Informatika va AT
Lokal hisoblash tarmoqlariga kirish - rasmi

Material tavsifi

Lokal hisoblash tarmoqlariga kirish Reja: 1.Lokal hisoblash tarmoqlariga kirish A)tarmoqlar klassifikatsiyasi B)tarmoq turlari S)Lokal tarmoq 2.Lokal hisoblash tarmoqlarini tashkil qilish A)Kompyuterlar orasidagi o'zaro bog'liqlik B)tarmoq tashkil qilish S)Lokal tarmoqda ishlashning afzalligi 3.Lokal hisoblash tarmoqlari topologiyasi A)tarmoq topologiyasi B)WINDOWS - 95 operatsion tizimining tarmoqdagi operatsiyasi 4.Lokal hisoblash tarmoqlarini birlashtirish A)Lokal tarmoq afzalliklari B)tarmoq operatsion sistemalari hozirda kompyuterlarni qo'llashda kupgina foydalanuvchilar uchun yagona axborot makonini ta'riflovchi tarmoqlarni tashkil etish muhim ahamiyatga ega. Buni butun dunyo kompyuter tarmogi hisoblanmish Internet misolida yakkol ko'rish mumkin. Uzatish kanallari orqali o'zaro boglangan kompyuterlar majmuiga kompyuterlar tarmogi deyiladi. Bu tarmoq undan foydalanuvchilarni axborot almashuv vositasi va apparat, dastur hamda axborot tarmogi resurslaridan jamoa bo'lib foydalanishni ta'minlaydi. Kompyuterlarning tarmoqka birlashishi kimmatbaho asbob-uskunalar - katta xajmli disk, printerlar, asosiy xotiradan birgalikda foydalanish, umumiy dasturli vositaga va ma'lumotga ega bo'lish imkonini beradi. Global tarmoqlar tufayli olisdagi kompyuterlarning apparat resurslaridan foydalanish mumkin. Bunday tarmoqlar millionlab kishilarni kamrab olib, axborot tarkatish va kabul qilish jarayonini butunlay uzgartirib yubordi, xizmat ko'rsatishning eng keng tarkalgan tarmogi - elektron pochta orqali axborot almashuvni amalga oshirishdir. tarmoqning asosiy vazifasi foydalanuvchining taksimlangan umumtarmoq resurslariga oddiy, kulay va ishonchli himoyalangan holda axborotdan jamoa bo'lib foydalanishni tashkil etish. Shuningdek, foydalanuvchilar tarmoqlari o'rtasida ma'lumotlarni uzatishning kulay va ishonchli vositasini ta'minlash. Umumiy axborotlash davrida katta xajmdagi axborotlar lokal va global kompyuter tarmoqlarida saqlanadi, qayta ishlanadi va uzatiladi. Lokal tarmoqlarda foydalanuvchilar ishlashi uchun ma'lumotlarning umumiy bazasi tashkil etiladi. Global tarmoqlarda yagona ilmiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy axborot makoni shakllantiriladi. ma'lumotlar bazasiga uzoq masofadan turib kirishda, umumiy ma'lumotlarni markazlashtirishda, ma'lumotlarni malum masofaga uzatishda va ularni taksimlab qayta ishlash borasida kupgina vazifalar mavjud. Bularga bir kancha misollar keltirish mumkin: bank va boshqa moliyaviy tuzilmalar; bozorning ahvolini aks ettiruvchi tijorat tizimi (talab-taklif); ijtimoiy ta'minot tizimi; solik xizmati; oralik masofadan turib kompyuter ta'limi; avia chiptalarni zaxira qilib kuyish tizimi; uzoqdan turib tibbiy tashxislash; saylov tizimi. ko'rsatilgan ushbu barcha qo'shimcha ma'lumotlar tuplanishi, saqlanishi va undan foydalana olish (kirish) noto'g'ri ma'lumotlar bo'lishidan va ruxsat berilmagan kirishdan himoyalangan bo'lish kerak. Ilmiy, xizmat, ta'lim, ijtimoiy va madaniy hayot sohasidan global tarmoq millionlab kishilar uchun yangi xil dam olish mashg'ulotini yaratdi. tarmoq kundalik ishni va turli sohadagi kishilarning dam olishini tashkil etish quroliga aylandi. tarmoqlar tasnifi Kompyuter tarmoqlarini kupgina belgilar, xususan hududiy ta'minlanishi jihatidan tasniflash mumkin. Bunga ko'ra global, mintaqaviy va lokal (mahalliy) tarmoqlar farqlanadi. Global tarmoqlar butun dunyo bo'yicha tarmoqdan foydalanuvchilarni kamrab oladi va kupincha bir-biridan 10-15 ming km uzoqlikdagi EXM va aloqa tarmoqlari uzellarini birlashtiruvchi yuldosh orqali aloqa kanallaridan ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.11 KB
Ko'rishlar soni 81 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:01 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.11 KB
Ko'rishlar soni 81 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga