Lokal tarmoqlar va uning komponentlari

Lokal tarmoqlar va uning komponentlari

O'quvchilarga / Informatika va AT
Lokal tarmoqlar va uning komponentlari - rasmi

Material tavsifi

Lokal tarmoqlar va uning komponentlari Reja: 1.LXT interfeyslari 2.Tarmoqni dasturiy ta'minoti 3.Tarmoq operatsion tizimi 4.Lokal tarmoq asbob -uskunalarining namunaviy tarkibi 1. LXT interfeyslari Lokal kompyuter tarmoqlari - LocalAreaNetwork (LAN) - bu bir bino yoki boshqa chegaralangan maydon doirasida joylashgan, bir yoki bir necha yuqori tezlikdagi raqamli aloqa kanallarini qo'llab quvvatlovchi, qisqa muddatli yakka foydalanuvchi kompyuterlarga ulangan kommunikatsion tizim. Kompyuterlarni tarmoqqa ulashning asosiy tarixiy maqsadi resurslarni taqsimlash bo'lgan. Tarmoqqa ulangan kompyuter foydalanuvchilari yoki kompyuterlarda bajariluvchi ilovalar tarmoqdagi qolgan kompyuterlarning turli tuman resurslarga avtomatik kirish imkoniga ega bo'ladi. Unga quyidagilar kiradi: Periferiya uskunalari: disklar, printerlar, plotterlar, skanerlarva boshqalar; Operativ xotirada yoki tashqi xotira qurilmalarida saqlanuvchi ma'lumotlar; Hisoblash quvvati («o'zgani» kompyuterlarida o'chirilgan «o'ziniki» dasturlari hisobiga). Tarmoq resurslaridan turli kompyuter foydalanuvchilari birgalikda foydalanishini ta'minlash uchun kompyuterlar qo'shimcha tarmoq vositalari bilan ta'minlanishi. Ulardagi qurilmalarning aloqasi uchun, avvalo tashqi interfeyslar ko'zda tutilgan bo'lishi kuerak. Interfeys - keng manoda - o'zaro aloqadagi mustaqil obyektlar orasidagi rasman aniqlangan mantiqiy va yoki jismoniy chegara. Interfeys obyektlar o'zaro ta'siri jarayonlari va xarakteristikalarini parametrlarini beradi. Interfeyslar ikki turga fizik va mantiqiy turlargaajratiladi. - Fizik interfeys (port deb nomlanuvchi) - elektrik aloqa va signallar xarakteristikalarni to'plami bilan aniqlanadi. Odatda u har biri malum vazifaga ega kontaktlar yig'indisidan iborat, masalan ma'lumotlar uzatish uchun ajraladigan kontaktlar guruhi, ma'lumotlarni sinxronizatsiyalash kontakti va boshqalar. Juft ajraladiganlar har biri malum kontaktlarni bog'lovchi simlar to'plamidan iborat kabellar bilan bog'lanadi. Bunday vaziyatda kanallar yoki liniyalarni yaratish, ikki uskuna orasidagi aloqa haqida gapiriladi. Mantiqiy interfeys (shuningdek protokol deb yuritiladi) - ikki qurilma yoki ikki dastur almashuvchi malum formatdagi axborot xabarlari yig'indisi, shuningdek ushbu xabarlar almashish mantiqini aniqlab beruvchi qoidalar yig'indisidir. Kompyuter-kompyuter interfeysi ikki kompyuterga ma'lumot almashinish imkonini beradi. Har bir tomondan u juft bo'lib amalga oshiriladi: tarmoq adapteri deb nomlanuvchi apparat moduli, yoki tarmoq interfeys kartasi (Network Interface Card, NIC); tarmoq interfeys kartasi drayveri - tarmoq interfeys kartasi ishini boshqaruvchi maxsus dastur. Tarmoq adapteri (Network Interface Card, NIC) - ona (materinskaya) plata slotlaridan birining tizim bloki ichiga o'rnatiluvchi maxsus plata. Asosiy funksiyasi - tarmoqda axborotlarni qabul qilish va uzatish. 1 -rasmda tarmoq adapterining Internetga ulangandagi funksiyasi, tarmoq adapterining xostning boshqa komponentlari bilan aloqasi va TCPIP protokollari o'tish funksionalligi misolida keltirilgan. 1-rasm. Internetga ulanganda tarmoq adapteri funksiyalari. Interfeys kompyuter-periferiya qurilmasi(masalan, interfeys kompyuter-printer) kompyuterga periferiya qurilmasi ishini boshqarish imkonini beradi. Bu interfeys quyidagilarni amalga oshiradi: kompyuter tomonidan - interfeys kartasi va tarmoq interfeys kartasi va uning drayverlariga xos periferiya qurilmasi drayveri(printer); periferiya qurilmasi tomonidan - periferiya qurilmasi tomonidan(printer), odatda ma'lumotlar sifatida kompyuterdan ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 412.41 KB
Ko'rishlar soni 149 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:02 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 412.41 KB
Ko'rishlar soni 149 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga