Loyiha yaratish, yaratish bosqichlari va muhiti

Loyiha yaratish, yaratish bosqichlari va muhiti

O'quvchilarga / Informatika va AT
Loyiha yaratish, yaratish bosqichlari va muhiti - rasmi

Material tavsifi

Loyiha yaratish yaratish bosqichlari va muhiti Reja: HTML dasturlash tili orqali web loyiha yaratish. Loyihani internet tarmog'iga joylashtirish. Web sayt ma'lumotlarini yangilash. Web-dizayn haqida internet saytlaridan biz ko'pgina ma'lumotlar olishimiz mumkin. lekin u ma'lumotlarning deyarli hammasi rus va ingliz tillarida. O'zbek tilidagi ma'lumotlar kamligi aksariyat yoshlarimizning veb-dizayn bilan erkin shug'ullanishlariga imkon bermaydi. Mana shularni hisobga olgan holda bu sahifa o'zbek tilida yaratildi va asrimiz yoshlariga albatta asqotadi deb umid qilamiz. Siz ushba saytimizdan o'zingizga kerakli ma'lumotlarni topa olsangiz va albatta bu ma'lumotlar asosida bir - biridan go'zal saytlar yaratsangiz bu mustaqil O'zbekiston yoshlarining katta yutuqlari bo'ladi deb o'ylaymiz. Sahifa bilan tanishish davomida qisqacha bo'lsada veb-saytlar yaratish uchun HTML tilida qanday ishlash bo'yicha tavsiyalar olishingiz mumkin. Buning uchun veb-saytlar yaratish uchun eng qulay bo'lgan dasturlardan biri Masromedia dreamweawer mx 2004, rasmlar ustida erkin ishlash imkonini beruvchi Photoshop 7.0 dasturlaridan xabardor bo'lishingiz lozim. HTML haqida tushincha Internetning WW xizmati asosan web-sahifalarga bog'liq ekan, ular qanday yaratiladi? degan savol tug'ulishi tabiiy. Web-sahifalar HTML (Hypertext Markup Language Gipermatnli markerlash tili) tilida yoziladi. HTML dasturlash tili hisoblanmaydi. Bu tilda hujjat (web-sahifa) tayyorlash uchun Windowsning Bloknot kabi oddiy matn muharriri yetarli. HTML tilining buyruqlari va belgilari orasiga yoziladi va deskriptor yoki teg deb ataladi. Masalan, yozuvi HTML tilidagi hujjatning boshlanishini anglatadi. Demak, HTML oddiy matn muharririda deskriptorlardan foydalanib yoziladigan til. HTML-hujjat deskriptorlar qo'llanilgan HTML matnli fayl bo'lib, u web-sahifani tashkil etadi. HTML-hujjat fayli nomining kengaytmasi html bo'ladi. HTML-hujjatni web-brouzerlar yordamida xotiraga yuklansa, u ekranga web-sahifa ko'rinishida chiqadi. HTML tili (muntazam) muttasil rivojlanib bormoqda. O'z navbatida web-brouzerlar ham yangilanib turilibdi. Hozirgi kunda web-sahifa tayyorlash uchun asosan HTML.4 tilidan foydalaniladi. Uning ba'zi buyruqlarini eski web-brouzerlar (Internet Explorer-3, Internet Explorer-4) bajara olmaydi. Bundan tashqari turli web-brouzerlar, masalan, Internet Explorer va Netscape ham bir biridan bir oz farq qiladi. Shu sababli bitta HTML-hujjat turli web-brouzerlarda bir oz farq bilan aks etishi mumkin. Quyida HTML-hujjat va unga mos web-sahifa namunasi keltirilgan. HTML da sayt yaratishda asosiy qoidalarga albatta e'tibor berish lozim. Sahifalar 2 qismga bo'linadi. Bosh qismi (HEAD) va tana qismi (BODY). HEAD qismida siz ishlayotgan sahifaning SARLAVHAsi, uning METAsi, STILlari (bu teglar haqida to'liqroq ma'lumotni sahifa davomida ko'rishingiz mumkin) ga oid teglar saqlanadi. BODY qismida esa asosiy ma'lumotlar, ya'ni siz sayt orqali ko'rsatib bermoqchi bo'lgan ma'lumotlar, rasmlar, musiqiy fayllar va shu kabi fayllarni Internet Explorer sahifasida namoyish etish uchun beriladigan buyruq teglari joylashadi. HTML teglarining yozilishini asosiy qoidasi bor ular albatta va belgilari orasiga olib yoziladi. ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 26.5 KB
Ko'rishlar soni 85 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:02 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 26.5 KB
Ko'rishlar soni 85 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga