Loyihalash jarayonini formallashtirish

Loyihalash jarayonini formallashtirish

O'quvchilarga / Informatika va AT
Loyihalash jarayonini formallashtirish - rasmi

Material tavsifi

Reja: 1. Loyihalashning darajalari, aspektlari va bosqichlari 2. Loyihalash jarayoniga blokli-ierarxik yondoshuv 3. Loyihalash aspektlari 4. Loyihalash jarayonining tarkibiy qismlari 5. Pasayuvchi va ko'tariluvchi loyihalash 6. Tashqi va ichki loyihalash 7. Loyihaviy yechimlar va protseduralarni unifikatsiyalash 8. Loyihalanayotgan ob'yektlar bayonlarining turlari va ular parametrlarining klassifikatsiyasi 9. Namunaviy loyihaviy protseduralar 10. Loyihalashning namunaviy protsedura (masala, vazifa)larining klassifikatsiyasi 11. ALTda loyihalash rejimlari Loyihalashning darajalari, aspektlari va bosqichlari Texnikaviy ob'yektni loyihalash qabul qilingan shaklida ushbu ob'yekt obrazini yaratish, qayta o'zgartirish va taqdim etish bilan bog'liq. Ob'yekt obrazi yoki uning tarkibiy qismlarining obrazi ijodiy jarayon natijasida inson tasavvurida yaratilishi yoki inson va EHMlarning o'zaro ta'siri jarayonida qandaydir algoritmlar bo'yicha paydo bo'lishi mumkin. Istalgan holda, qandaydir texnikaviy buyumni olish uchun jamiyat ehtiyojini aks ettiruvchi loyihalash uchun topshiriq mavjudligida loyihalash boshlanadi. Topshiriq u yoki bu ko'rinishda taqdim etiladi. Loyihalash natijasi vazifasini, odatda, berilgan sharoitlarda ob'yektni tayyorlash uchun yetarli ma'lumotlarga ega bo'lgan hujjatlarning to'la komplekti bajaradi. Bu hujjatnoma ob'yektning natijaviy bayonini ifodalaydi. Birlamchi bayon natijaviy o'zgartirish oraliq bayonlarni tug'diradi, oraliq bayon - bu loyihalashni tugatishni yoki uni davom ettirish yo'lini tanlash maqsadida ko'riladigan narsadir. Informatsiya nuqtai nazaridan loyihalash - bu loyihalash ob'yekti, ko'rilayotgan jabhadagi bilimlarning hola ti, maqsadi (vazifasi) o'xshash bo'lgan ob'yektlarni loyihalash tajribasi haqidagi kiruvchi informatsiyani ma'lum shaklda bajarilgan va ob'yektni buyumda realizatsiya qilish uchun uning bayoni keltirilgan loyihaviy-konstruktorlik yoki texnologik hujjatnoma ko'rinishidagi chiquvchi informatsiyaga aylantirish jarayonidir. Loyihalash jarayoniga blokli-ierarxik yondoshuv. Loyihalanayotgan tizim ierarxik darajalarga bo'linadi. Yuqori darajada loyihalanayotgan tizimning faqat umumiy xislat va xususiyatlarini aks ettiruvchi kam detallashtirilgan tushunchalardan foydalaniladi. Keyingi bosqichlarda ko'rish batafsilligi darajasi ortib boradi; bunda tizim bir butunicha emas, balki alohida bloklarga bo'linib ko'riladi. Bu har bir darajada inson anglab va tushunib oladigan va mavjud loyihalash vositalari yordamida yechiladigan darajadagi murakkab masalalarni shakllantirish va yechish imkonini beradi. Bloklarga bo'lish shunday bo'lsinki, istalgan darajadagi blok hujjatnomasini bir odam ko'rsin va qabul qila olsin. Loyihalashga blokli-ierarxik yondoshuvda katta hajm murakkab masala ketma-ket yechiladigan kichik hajmli masalalar guruhlariga bo'linadi; bunda guruh ichidagi turli masalalar parallel yechilishi mumkin. Har bir darajada tizim va elementlar haqida o'zining tushunchasi bor. Yuqori i-darajada element deyilgan narsa, keyingi (i-1)-darajada tizim hisoblanadi. Ko'pincha eng quyi daraja elementlari bazaviy elementlar yoki komponentlar deb ataladi. Loyihalashda ishtirok etayotgan muhandislarning ko'pchiligi qandaydir darajadagi tizimlar va elementlar bilan ishlaydi; ular loyihalayotgan ob'yektlar doim ham murakkab tizimlar bo'lavermaydi, garchi ularning ko'pchiligi murakkab tizimlar tarkibiga kirsa ham. Murakkab tizimlarni loyihalashda ba'zan baravariga ikki ierarxik daraja, masalan i va (iҚ1), ishtirok etgan bayonnomalar bilan ishlashga to'g'ri keladi. Bu ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.21 KB
Ko'rishlar soni 94 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:02 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.21 KB
Ko'rishlar soni 94 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga