Loyihalashning lingvistik ta'minoti kiritish tillari va dasturlash tillari

Loyihalashning lingvistik ta'minoti kiritish tillari va dasturlash tillari

O'quvchilarga / Informatika va AT
Loyihalashning lingvistik ta'minoti kiritish tillari va dasturlash tillari - rasmi

Material tavsifi

Mavzu: Loyihalashning lingvistik ta'minoti kiritish tillari va dasturlash tillari REJA: 1. Loyihalash tizimlari haqida ma'lumot. 2. Lingvistik ta'minot haqida ma'lumot. 3. Lingvistik ta'minot dasturlash tillari. Loyihalash - mo'ljallangan obyektlar (apparat va asboblar, bino va inshootlar, yo'l va ko'priklar, mashina va jihozlar, samolyot va kosmik kemalar, radiopriyomnik va televizorlar, telefon va kompyuterlar, kiyim-bosh va poyabzallar, mebellar hamda boshqa turli-tuman mahsulotlarning yangi xillari va namunalari)ni qurish va yaratish uchun ularning loyihalarini tuzish va chizish jarayoni. Fan va texnikaning barcha sohalarida qo'llaniladi. U ilmiy tadqiqot ishlari, iqtisodiy va texnikaviy hisob-kitob, smeta tuzish, chizmachilik va chizmalarni ko'paytirish amallarini o'z ichiga oladi, chizmalar asosida ko'pincha obyekt (bino, mashina va boshqalar)ning maketi tayyorlanadi. LASning lingvistik ta'minoti avtomatlashtirilgan loyihalash protseduralari va loyihalash qarorlarini tavsiflash uchun ishlatiladigan tillarning birikmasidan iborat. Lingvistik ta'minotning asosiy qismi bu kompyuterlar bilan odam gaplashadigan tillardir. YUqori darajali algoritmik tillar orasida Fortran tili eng ko'p ishlatilgan, u mavjud LASsistemalarining dasturiy ta'minotini yaratgan. Biroq, Fortran tili mantiqiy murakkab algoritmlarini tasvirlash uchun cheklangan imkoniyatlarga ega. Ushbu maqsadlar uchun PL 1, Paskal, ADA, SI tillari qo'llaniladi. Foydalanuvchini dasturlar, texnikaviy va axborotiy ta'minotlari bilan muloqotda bo'lishi uchun tillar ishlatiladi. Muqokot tillari formallashtirilgan, oddiy yoki tabiiy tillar kabi bo'lishi mumkin.Muloqot tillar to'plami, ularni formalashtirish qonun va qoidalari IAT ni lingvistik ta'minoti hisoblanadi. Lingvistik ta'minot inson va EHM muloqotini ishlab chiqarish va ta'minlash samaradorligini oshirish uchun ma'lumotlarni qayta ishlash tizimini yaratish va foydalanishning turli bosqichlarida ishlatiladigan til vositalari yig'indisini o'zida namoyon etadi. Texnikaviy, dasturiy va axborotiy ta'minotlarni o'zaro ishlashi natijasida qo'yilgan maqsadga erishish bo'yicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlar uslubiy va tashkiliy ta'minotni tashkil qiladi. Bular IAT faoliyatining texnologik jarayonini tashkil qiladi. tashkiliy ta'minot. Iqtisodiy axborot tizim, uning hamma quyi tizimlarining bir butun ishlashini ta'minlovchi o'z boshqaruv apparatiga ega. Bunday strukturali bo'linma quyidagilarni bajaradi: 1 boshqariladigan obyekt va atrof-muhit haqida yordamchi vositalar va ma'lumotlarni avtomatik qayd qiluvchi vositalar yordamida boshlang'ich ma'lumotlar yig'ish; 2 axborotni kurerga uzatish yoki uni mahalliy regional yoki boshqa tarmoqlar orqali jo'natish; 3 umumiy foydalaniladigan axborotni markaziy ma'lumotlar bazasida yoki tarmoqlar bo'yicha taqsimlangan holda saqlash; 4 markazlashgan yoki taqsimlangan texnologiyalar asosida axborotni qayta ishlash. 5 Odatda iqtisodiy axborot tizimi personali yangi dasturlarni ishlab chiqish va joriy qilish, nazorat qilish bo'limining xodimlari, keyinroq ishlab chiqarish bo'limi va ekspluatatsiya bo'limlari xodimlaridan iborat bo'ladi. Mexatron sistemalarining texnikaviy ta'minoti - avtomatlashtirilgan loyihalashni bajarish uchun mo'ljallangan o'zaro bog'langan va o'zaro ta'sir qiluvchi texnikaviy vositalar majmuidir. Mexatron sistemalarining lingvistik ta'minoti. Mexatron sistemalarining istalgan hisoblash komplektlari quyidagilarni yetarli miqdorda o'z ichiga olishi kerak: informatsiyani kiritish ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1018.44 KB
Ko'rishlar soni 102 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:02 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1018.44 KB
Ko'rishlar soni 102 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga