Loyihalashning va tizim tahlilining yangi texnologiyalari Reja: I Informatsion texnologiyalar; MB (BD), MBBT (SUBD), AIO' (ARM); II Informatsion texnologiyalarning roli Yangi informatsion texnologiyalar - bu yangi infologik va kompyuter vositalariga tayangan holda axborotni, bilimlarni olishning, saqlashning, faollashtishning informatsion texnologiyasidir. Yuqori texnologiyalar - bu echiladigan masalalar sifat tarkibining, xarakterining, yechish usullarining o'zgarish texnologiyasidir, ish bajarish emas, evolyutsiya texnologiyasidir. Hisoblashning odatdagi (eski) texnologiyasi masalani mumkin bo'lgan vaqtda va qiymatda yechimini topishni asosiy maqsad qilib qo'yadi. Matematik kompyuter texnologiyalaridan foydalanishning yangi texnologiyasi yechimni tez, aniq va kam sarfli qilib topish maqsadini qo'yadi. Taqsimotli, kvantli hisoblashlarning yuqori texnologiyasi odatdagi texnologiyalar bilan echilmaydigan (qiyin echiladigan) masalalarning yechimlarini topishni maqsad qilib qo'yadi. Yangi informatsion texnologiyalar qo'yidagi baza turlarida bo'ladi: kognitiv texnologiyalar ko'proq bilimlarni olish, saqlash va faollashtirishga, intellektual yechimlar qabul qilishga qaratilgan bo'ladi; instrumental texnologiyalar ko'proq boshqa texnologiyalarni qurish va ularga xizmat ko'rsatish uchun xizmat qiluvchi muhitdan asbob sifatida foydalanishga qaratilgan bo'ladi; amaliy texnologiyalar ko'proq qandaydir muammoli soha (yoki sohalar)ning masalalarini yechishga qaratilgan bo'ladi; kommunikativ texnologiyalar ko'proq aloqa, kommunikatsiya, muloqot muammolarini yechishga qaratilgan bo'ladi. ma'lumotlar bazasi (MB) va MB sini boshqarish tizimlarining texnologiyasi MB - mashina tashuvchilarida ifodalangan va umumiy hamda qulay tasnifga, foydalanuvchilarning har xil dasturlar bilan ma'lumotlardan foydalanishini ta'minlaydigan yagona tashkiliy-uslubiy, dasturiy-texnik va til vositalariga ega bo'lgan, qandaydir bir predmet sohasining tasniflashtirilgan ma'lumotlarining etarli darajadagi katta to'plami. ma'lumotlarni ifodalashning usuliga va texnologiyasiga bog'liq ravishda ma'lumotlar bazasining ierarxik, tarmoqli yoki relyatsion, jadvalli yoki sahifali turlari bo'ladi. MB sini yo'qotish texnologiyasi ma'lumotlarni uzatish tarmoqlarida muloqot rejimida foydalanuvchilarning yagona kompyuterda yoki xost-kompyuterda to'plangan axborot resurslaridan jamoa bo'lib foydalanishiga tayanadi. MB sining asosiy xususiyatlari: foydalanuvchiga faqat axborot xizmatlarini ko'rsatish; axborotning to'liqligi; axborot yangilanishining, takomillashtirilishining va o'rnini o'zgartirilishining yuqori tezligi; rivojlantirilgan dasturiy ta'minoti. MBBT (DBMS - DataBase Management System) - foydalanuvchi dasturi va MB dagi ma'lumotlar bilan muloqotni (interfeysni) taminlovchi dasturiy tizim. Bu muloqot ma'lumotlar va ma'lumotlar tasnifini mantiqiy ifodalashning maxsus noprotsedur tilida amalga oshiriladi. ma'lumotlarning o'zi ham ma'lumotlarni ifodalashning maxsus tilida bayon etiladi, bunda foydalanuvchining dasturlari dasturlash tilida yozilishi mumkin. MBBT ma'lumotlar bazasiga so'rovni (izlashni, saralashni va h.k.ni) foydalanuvchi uchun tushunarli va tabiiy tilga yaqin, ammo bir vaqtda rasmiy, EHM da amalga oshirilgan tilda bayon etishga imkon beradigan vositalarga ega bo'lishi kerak. MBBT larining asosiy vazifalari: tashqi xotirada ma'lumotlarni boshqarish - ma'lumotlarni saqlash va ular bilan ishlash uchun tashqi xotiraning zaruriy tasnifini ta'minlash; xotiraning bufer sohalarini boshqarish - tezkor xotira sohasi (buferi)da MB sining kerakli qisminining nusxalanishini ta'minlash, shuningdek buferlar bilan ishlashda malum qoidalardan foydalanish; tranzaksiyalarni boshqarish, yani ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:49:44
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
10.98 KB
Ko'rishlar soni
127 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:02
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:49 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
10.98 KB
Ko'rishlar soni
127 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:02 ]
Arxiv ichida: doc