MacOS operatsion tizimi

MacOS operatsion tizimi

O'quvchilarga / Informatika va AT
MacOS operatsion tizimi - rasmi

Material tavsifi

SAMARQAND IQTISODIYOT VA SERVIS INSTITUTI IQTISODIYOT VA MENEJMENT FAKULTETI MARKETING YO'NALISHI 314-GURUH TALABASI AZGAROV MUTALIBNING INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FANIDAN TAYYORLAGAN Mustaqil ishi Mavzu: Mac operatsion sistemasi Reja: Kirish 1)Mac operatsion sistemasining yaratilishi 2)Mac operatsion sistemasining hozirgi kungacha bosib o'tgan yo'li 3) Mac OS X va uning yaratilishida Stiv Jobsning o'rni Xulosa KIRISH Hozirgi axborot texnologiyalari rivojlangan paytda, kompyuterlar har bir oila, korxonalarga kirib borgan paytda operatsion sistemalar orasida Macintosh degan so'zni uchratib qolamiz. Bunaqa kompyuterlarning egalarini o'z kompyuterlariga bo'g'lanib qolganlari, u bilan faxrlanishlari bizni hayratga soladi. Xo'sh, bu kompyuterlarning shunchalik o'ziga tortuvchi tomonlari nimalar? Qulay korpus, kuchli protsessorlarmi yoki tezkor xotirami? Apple firmasi tomonidan yaratilgan bu kompyuterlarda garchi sanab o'tganlarimning barchasiga katta e'tibor berilsada, Macintoshni yaratilganidan boshlab to hozirgi kungacha Macintosh qilgan asosiy komponent bu - Mac operatsion sistemasidir. Men hozir shu operatsion sistema haqida batafsil ma'lumot bermoqchiman. 1)Mac operatsion sistemasi birinchi bo'lib 1984 - yilda Apple firmasi tomonidan yaratilgan birinchi Macintosh shaxsiy kompyuteri bilan birga ommaga havola etildi. Dunyoda birinchi bo'lib grafik interfeys orqali ishlovchi bu OS o'sha paytlarda katta shov - shuvga sabab bo'ldi. Chunki o'sha paytlarda mashhur bo'lgan MS DOS operatsion sistemasi командная строка, выполнить kabi buyruqlar to'plami bilan ishlar, buning uchun esa foydalanuvchi ma'lum bilimlarga ega bo'lishi yoki doimo maxsus lug'at bilan yurishi kerak edi. Mac operatsion sistemasi yaratuvchilari esa hozir biz o'rganib qolgan darchalardan, ikonkalardan va papka (katalog)lardan iborat OS ni yaratishdi. Yana bundan tashqari Macintosh kompyeteri bilan birga hozirgi sichqonchaga o'xshash kursorni siljitish vazifasini bajaruvchi qurilma ham yaratildi. Hali o'sha paytlardanoq bu OS keyingi avlod kompyuterlari qanday bo'lishini ko'rsatib bera olgan edi. Aslida grafik interfeys haqidagi g'oya Mac OS yaratuvchilari tomonidan o'ylab topilmagan, ular Xerox firmasidagi kompyuterda ko'rib, unga qo'shimchalar kiritib o'zlarining ixtirolari sifatida dunyoga tanitishgan. Xerox kompaniyasining axborot markazida grafik interfeys bilan ishlovchi yagona kompyuter bo'lib, ishchilar undan faqat o'z maqsadlari yo'lida foydalanishgan va ommaviy foydalanish uchun tarqatishni o'ylab ko'rishmagan. Shunday qilib, Mac OS 1 atigi 216 kilobaytli floppy diskda joylashgan va uning normal holatda ishlashi uchun 128 kilobaytli (tasavvur qilyapsizmi!) operativ xotira yetarli bo'lgan. Eng qizig'i, bu operatsion sistemani boshqa kompyuterga shunchaki nusxalab, ko'chirib qo'yilsa ham u hech qanday xatosiz ishlay olgan. Bu sistema juda ham oddiy va sodda ko'rinishda bo'lgan: uning faoliyati uchun 2-3 ta fayl yetarli bo'lib, ular maxsus System folder papkasiga joylashtirilgan. Bu katalogdagi eng qiziqarli papkalar Extensions va Control panels bo'lib, birinchisida har xil sistemali kengaytmalar, bibliotekalar, qurilmalarning drayverlari joylashsa, ikkinchisida esa interfeys moduli, kerakli paytda operativ ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 115.06 KB
Ko'rishlar soni 92 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:04 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 115.06 KB
Ko'rishlar soni 92 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga