Macromedia Dreamweaver MX va uning imkoniyatlari

Macromedia Dreamweaver MX va uning imkoniyatlari

O'quvchilarga / Informatika va AT
Macromedia Dreamweaver MX va uning imkoniyatlari - rasmi

Material tavsifi

Masromedia Dreamweaver MX Masromedia Dreamweaver MX ning imkoniyatlari Reja: 1. Masromedia Dreamweaver MX ni ishga tushirish 2. Masromedia Dreamweaver MX oynasining tashkil etuvchilari 3. Dreamweaver MX da shablon asosida veb-hujjat yaratish 4. Umumiy holda veb-hujjat bilan ishlash 5. Masromedia Flash MX obyektlaridan foydalanish 6. Hujjatda tayyor sayt bo'laklaridan foydalanish 7.HTML hujjat tuzilishi 8.HTML tili operatorlari va ularning to'liq tasnifi. Masromedia Dreamweaver MX programma vositasi Masromedia kompaniyasining programma mahsulotlaridan biridir. Uning grafik interfeysi Windows operatsion sistemasi interfeysi bilan deyarli bir xil tuzilgan. Shuning uchun Windows operatsion sistemasi foydalanuvchilari uchun Masromedia Dreamweaver MX ni o'zlashtirishda qiyinchilik tudirmaydi. Biz oldingi bobda ko'rgan Masromedia Flash MX programmasida asosiy vosita sifatida vektorli grafika qo'llanilib, multimedianing hamma elementlari, yani ovoz, harakat, obyektlar bilan muloqotni amalga oshirish imkoniyatiga ega bo'lgan va tasvirlarni animatsiya qilishda eng yaxshi programma vositalardan biridir. Masromedia Dreamweaver MX programma vositasining asosiy vazifasi veb-sahifalar yaratish, oldin yaratilgan veb-sahifalarni tahrirlash va qayta ishlashdan iborat. Dreamweaver MX juda ko'p veb-tahrirlagichlarda yaratilgan veb-hujjatlarni o'zida qayta ishlash imkoniyatini yaratadi. Umuman olganda Masromedia Dreamweaver MX vositasiga Masromedia Flash MX va MS Front Page programmalarining umumlashgani deb qarash mumkin. U deyarli MS Front Page bilan bir hil tuzilmaga ega va shu bilan birga hujjat oynasida Masromedia Flash MX vositalaridan foydalanish imkoniyatini yaratadi. Lekin ushbu programma vositalarining hammasining ham o'ziga yarasha ustun tomonlari mavjud. 2. Masromedia Dreamweaver MX ni ishga tushirish Masromedia Dreamweaver MX ni ishga tushirish ham standart holda bajariladi, yani: Pusk→ Programmo'→ Masromedia→ Masromedia Dreamweaver MX tanlanadi. 1-rasm. Masromedia Dreamweaver MX ishga tushirish jarayoni. 3. Masromedia Dreamweaver MX oynasining tashkil etuvchilari Bosh qismi (sarlavha) satri: Menyu satri: Amallarni tez bajarish uchun o'ziga xos 12 ta menyu bo'limdan iborat asboblar paneli: Hujjat oynasi bilan ishlash uchun uskunalar paneli: Tahrir oynasi:Uning pastida joriy satrning vazifasiga qarab HTML kodi ko'rinib turadi. 2-rasm. Masromedia Dreamweaver MX tahrir oynasi. Joriy obyekt xususiyatlarini o'zgartirish maydoni: Xuddi Masromedia Flash MX dagi kabi muloqotli ko'rinishdagi ushbu maydon (Property Inspector) odatda oyna pastida joylashgan bo'lib, u yordamida joriy obyekt xususiyatlarini o'zgartirish va qayta ishlash, gipermurojaat o'rnatish va boshqa amallarni bajarish mumkin. Joriy (tanlangan) obyektning xususiyatlariga qarab vazifalari o'zgarib turadi. 3-rasm. Joriy obyekt xususiyatlarini o'zgartirish maydoni. Tahrir oynasining ishchi holatlari: Tahrir oynasida HTML tili teglari asosida ishlash uchun uskunalar panelidan tugma tanlanadi; Oddiy holda sahifada tahrirlash uchun tugma tanlanadi; Bir vaqtning o'zida HTML tili teglari asosida va Oddiy tahrirlash oynasida ishalsh uchun esa tugma tanlanadi. Natijani brouzerda ko'rish uchun tugma tanlanadi. 4. Dreamweaver MX da shablon asosida veb-hujjat yaratish ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 351.37 KB
Ko'rishlar soni 80 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:05 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 351.37 KB
Ko'rishlar soni 80 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga