Mahalliy kompyuter tarmogida ishlash asoslari

Mahalliy kompyuter tarmogida ishlash asoslari

O'quvchilarga / Informatika va AT
Mahalliy kompyuter tarmogida ishlash asoslari - rasmi

Material tavsifi

Reja: 1. Umumiy ma'lumotlar 2. Кompyuter tarmoqlarini turkumlanishi. 3. Maxalliy tarmoqda ishlashni asosiy afzalliklari va tamoyillari. 4. Tarmoqda foydalanishni qayd etish. 5. Tarmoq muhiti. 6. Tarmoq resurslaridan foydalanishni boshqarish. Umumiy ma'lumotlar. Foydalanuvchilarni axborot almashish vositalaridan va tarmoqdagi apparat, dasturiy va axborot resurslaridan jamoa bo'lib foydalanishni ta'minlovchi, ma'lumotlarni uzatish kanallari, kompyuter va uni tashqi qurilmalarini o'zaro boglangan majmuasiga kompyuter tarmogi deyiladi. Tarmoqni asosiy masalasi foydalanuvchilarni umum tarmoq resurslariga oddiy, qulay va mustaxkam murojaatini ta'minlash va ruxsat etilmagan murojaatlardan ximoyalanganda hamda tarmoq foydalanuvchilari orasida ma'lumotlarni puxta uzatish vositalaridan birgalikda foydalanishni tashkil etishdir. Tarmoqni asosiy tarkibiy qismlari: · Server- foydalanuvchiga taqdim etilgan kompyuter bo'lib, tarmoq resurslarining asosiy manba'sidir. · Ishchi stansiyalar - tarmoqqa ulangan kompyuter. Undan foydalanuvchi tarmoq resurslariga murojat qiladi. 2. Кompyuter tarmog'ni turkumlanishi Кompyuterlarni maydonlarga taqsimlangani bo'yicha kompyuter tarmoqlari turkumlanadi. Bu holda quyidagicha farqlanadi: 1. Mahalliy kompyuter tarmog'i (LAN - local Area Network) 2. Regional (shaxar, viloyat) kompyuter tarmoqlari (MAN - Metrpolian Area Network) 3. Global kompyuter tarmoqlari. (WAN - Word Area Network) Lokal kompyuter tarmog'i LКT - bir-biriga yaqin joylashgan kompyuterlarni bog'laydi. Кompyuterlar orasidagi masofa 2,5 km gacha (ETHERNET) yoki 6 km gacha (ARCNET) bo'lsa, keltirilgan standartlar aloqani puxta ta'minlaydi. Maksimal masofa 10 km oshmaydi. Regional kompyuter tarmoi (RКT) shaxar, viloyatdagi foydalanuvchilarni birlashtiradi. Aloqa kanali sifatida telefon aloqa chiziqlari ishlatiladi. Tarmoq qurilmalari orasidagi masofa 100 km dan to 100 km gacha bo'ladi. Global kompyuter tarmog'i (GКT ) butun jaxon bo'ylab har xil davlat, har xil qit'ada joylashgan kompyuterlarni birlashtiradi. Sun'iy yo'ldosh aloqa kanallari, optik tolali kanallar, radiokanallar foydalaniladi. 3. Lokal tarmoqlarda ishlashning asosiy tamoyillari va afzalliklari. Lokal tarmoqning asosiy vazifasi EHM ning resurslari: dasturlar, ma'lumotlar, tashqi qurilmalar va xotira resurslaridan taqsimlab foydalanish. Lokal tarmoq quyidagi tamoyillarga asoslanishi lozim: · yagona uzatish muhiti, · yagona boshqarish usuli, · yagona protokollar (qaydnomalar), · modulli arxitekturaga, · axborot va dasturiy moslashuvga. Lokal tarmoqda ishlashning afzalliklari quyidagilar: · shaxsiy va umum foydalaniladigan ma'lumotlarni fayl - serverni umum foydalaniladigan diskidan foydalanishni mumkinligi, · fayl - server diskida dasturiy vositalarni ( 1-nusxada) doimiy saqlash imkoniyati, · tarmoqdagi barcha kompyuterlar bilan axborot almashish va e-mail pochta xizmatini tashkil etish, · tarmoq printerlarida bir vaqtda bosma qilish imkoniyati tarmoqni barcha foydalanuvchilari tomonidan, · LT ni istalgan kompyuteridan global tarmoqni resurslariga foydalanuvchini murojaat qilishini ta'minlanishi. 4. Tarmoq foydalanuvchilarini qayd etish Tarmoqqa kirishda foydalanuvchi maxsus muloqot oynasida ro'yxatdan o'tishi lozim. Qayd etishda nomi va parolni kiritishi kerak. Tarmoq serveri kiritilgan ma'lumotlarni tekshiradi. Agar parol noto'gri kiritilgan bo'lsa, foydalanuvchi tarmoqqa kirishga ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.04 KB
Ko'rishlar soni 96 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:05 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.04 KB
Ko'rishlar soni 96 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga