Mahalliy telefon tarmoqlarida qo'llanuvchi kabellar montaji

Mahalliy telefon tarmoqlarida qo'llanuvchi kabellar montaji

O'quvchilarga / Informatika va AT
Mahalliy telefon tarmoqlarida qo'llanuvchi kabellar montaji - rasmi

Material tavsifi

Mahalliy telefon tarmoqlarida qo'llanuvchi kabellar montaji Reja: Montaj ishlarni bajarish bo'yicha asosiy talablar. Qo'rg'oshin qobiqli kabellar bilan ish bajarish tartibi Kabel massasi yordamida simlarni obdon quritish Simlarni ulanish ketma-ketligi. Montaj ishlarni bajarish bo'yicha asosiy talablar. Mahalliy telefon tarmoqlarining kabelli liniyalarida bajariladigan montaj ishlariga quyidagilar kiradi: qurilish uzunligidagi kabellarni bir-biri bilan ulash; kabellarni oxirgi uskunalarga (taqsimlash qutichalari, kabel yashiklari, bokslarga) ulash; kabellarni simmetriyalashtirish; kabellarni korroziyadan va yuqori kuchlanishli elektr uskunalar ta'siridan muhofazalash; kabellarni o'zgarmas havo bosimi ostiga qo'yish. Kavsharlab ulash ishlarini bajarishda quyidagi ishlar bajarilishi lozim: kabelning ulangan joyidagi mexanik mustahkamligi zavodda ishlab chiqarilgan kabelning mustahkamligidan bir muncha kichik bo'lishi; kabel qobig'ini qayta tiklash chog'ida ulangan joylar to'liq ravishda germetik holda bo'lishiga erishish kerak; kabel tok o'tkazgich simlarini bir-biri bilan ulashda va kabel tok o'tkazgich simlarini oxirgi abonent qurilmasiga kiritib ulashda iloji boricha tok o'tkazgich simlarning qarshilik qiymati oshib ketmasligi kerak; kabel tok o'tkazgich sim uchlarini izolyatsiyaga qo'yishda izolyatsiya qarshilik qiymati va elektr mustahkamlik miqdori kamayib ketmasligi kerak; muftalar montaji va kabel oxirgi qurilmalar montajidan so'ng kabelning o'zaro o'tish so'nish qiymatlari kamayib ketmasligi kerak. Yuqorida qayd etib o'tilgan talablarni montaj jarayonida bajarish uchun quyidagi asosiy momentlarni hisobga olish kerak: tok o'tkazgich simlarni bir-biri bilan ulashda ulanuvchi kabellarning qatlamiga to'g'ri kelgan holda va o'sha tartibda bajarish; bitta kabel uchidagi nazoratlovchi juftlikni boshqa kabelning nazoratlovchi juftligi bilan ulanishi lozim; juftlikdagi tok o'tkazgich simlarni izolyatsiyalovchi qog'oz rangi bo'yicha ulanishi kerak; Qo'rg'oshin qobiqli kabellar bilan ish bajarish tartibi. Qo'rg'oshin qobiqni ochish. Montaj qilinuvchi kabel bo'laklarini tirgak qisqichlari orasiga joylashtiriladi. Joylashtirilgan kabel bo'laklarining bir tomonidagi uchi ikkinchi bo'lak kabel ustiga 200250 mm uzunlikda qo'yiladi va qisqich bilan qisib siqiladi. Undan so'ngra bir-biri bilan ulanuvchi kabellarning ikkala uchlari tomonida montaj qilib qo'yiladigan mufta joyi belgilanadi, shuningdek mufta payvandlab ulanadigan joy hamda kabel qobig'i kesiladigan joy ham belgilanib olinadi. Oddiy oraliq (to'g'ri) kavsharlab ulanadigan kabel uchlari 7.1-rasmda keltirilgan o'lchamlar asosida belgilanadi. 7.1-rasm. Kabel uchlarini belgilash. a -o'lchami mufta uzunligi bo'yicha aniqlanadi, b-o'lchami esa mufta uzunligidan kichikroq holda, yani qobiq kesiladigan uchlari mufta ichida qoladigan holda hisoblangan bo'lishi kerak. v o'lchami TG va TPV kabellari uchun 1015 mm ni takil etsa, TPP kabeli uchun bu o'lcham 50100 mm ni tashkil etadi. Kabel uchidagi qobiqni g-o'lcham uzunligida echib, u mufta uzunligidan 100…150 mm oshiq bo'lishi kerak. Bir necha turdagi kabellar uchun kabel oxir uchlari uchun o'lchamlar 7.1-jadvalda keltirilgan. Mufta kavsharlab ulanadigan kabelning qo'rg'oshin qobiqli joyi obdon yaxshilab kabel pichog'i yordamida a-o'lchamining ikkala tomoni bo'ylab tozalanadi, undan so'ngra esa aylanma ravishda ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 1.2 MB
Ko'rishlar soni 84 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:05 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 1.2 MB
Ko'rishlar soni 84 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga