Makroprotsessorlar Reja: Assemblerda arifmetik amallar. Makroaniqlovlar va makrokengaymalar. Assembler uchun MasrO va MEND deriktivalari. Makroprotsessor. Assemblerda arifmetik amallar Ko'paytirish buyrug'lari. MUL va IMUL ko'paytirish buyruqlari. MUL buyrug'i ishorasiz sonlarni, IMUL bo'lsa butun ishorali sonlarni ko'paytiradi.Buyruqlar baytlarni va sonlarni ko'paytirishi mumkin. Ko'rinishi: MUL uzatuvchi IMUL uzatuvchi Bu yerda uzatuvchi-xotiraning bayt yoki so'z o'lchamidagi yacheykasi. Ikkinchi operand sifatida AL (agar amal baytlarda bo'lsa) yoki AX (agar amal so'zlarda bo'lsa) registorlari ishlatiladi.Baytlarni ko'paytirganda 16 bitli ko'paytma AH (katta baytlar) va AL (kichik baytlar) registorlarida hosil bo'ladi. So'zlarni ko'paytirganda 32 bitli ko'paytma DX (katta so'zlar) AX (kichik so'zlar) registorlarida hosil bo'ladi. MUL buyrug'i bajarilganda CF va OF bayroqlari 0 bo'ladi, agar ko'paytmaning katta qismi 0 bo'lsa, aks holda CFq1 va OFq1. IMUL buyrug'i bajarilganda CFq0 va OFq0 bo'ladi, agar ko'paytmaning katta qismi kichik qismining ishorasini kengayganini tashkil etsa, aks holda CFq1 va OFq1. AAM-ASCII kodida beriganlarni ko'paytirish natijasini tuzatish buyrug'i.Bu buyrug' ko'paytuvchi va ko'paytiriluvchilarda turgan to'g'ri joylanmagan baytlarni ko'paytirishdan chiqqan natijani ikkita to'g'ri joylanmagan o'nli operanda ko'rinishiga keltiriladi. Bunda ko'paytma AN va AL registerlarida turadi deb hisoblanadi. Buyruq bajarilganda AL ning qiymati 10 ga bo'linib, butun va qoldiq mos ravishda AH va AL da saqlanadi. Bundan tashqari AL dagi natijaga ko'ra PF , ZF va SF bayroqlarning qiymati o'zgaradi. Misol: AL da 9 (00 1001V), BL da 7 (00 011V), turgan bo'lsin. MUL BL bajarilganda AL ning qiymati BL ning qiymatiga ko'paytiriladi va 16 bitli natija AH va AL registorlarida hosil bo'ladi. Bizning holimizda AN da 0, AL da 0011 11 B (o'nli 63) hosil bo'ladi. Undan keyingi AAM buyrug'i AL ning qiymatini 10 ga bo'lib, butunni 00 0110V AN registriga qaytaradi, qoldiq 00 0011 Vni AL registriga qaytaradi. Demak biz joylanmagan 63 VSD sonni hosil qilamiz. 8088 MP da o'nli joylangan sonlarni ko'paytirish yo'q, buning uchun avval sonlar joylanmagan ko'rinishga keltiriladi, so'ngra ko'paytiriladi, hosil bo'lgan natija qaytadan joylanadi. Bo'lish buyruqlari. DIV ikkita ishorasiz sonni, IDIV ishorali butun sonlarni bo'lishda ishlatiladi.Ularning ko'rinishi : DIV uzatuvchi IDIV uzatuvchi. Bu yerda uzatuvchi -bo'luvchi yoki bayt yoki so'z bo'lib, xotiranining bir yacheykasida yoki ishchi umumiy registridan birida bo'ladi. Bo'linuvchi ikkilangan o'lchamli bo'lishi kerak., chunki u AH va AL (8 bitli sonlarni bo'lish), DX va AX (16 bitli sonlarni bo'lish) registrlaridan olinadi. Avvalda uzatuvchi operand bayt bo'lsa, qoldiq AN da, butun qismi AL registrida hosil bo'ladi. Agarda uzatuvchi operand so'z bo'lsa, qoldiq DX da, butun qismi AX da hosil bo'ladi. Ikkala buyruq ham bayroqlarga ta'sir ko'rsatmaydi, lekin AL ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:49:44
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
25.95 KB
Ko'rishlar soni
74 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:05
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:49 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
25.95 KB
Ko'rishlar soni
74 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:05 ]
Arxiv ichida: doc